Система Orphus
Pul-ishlash.ru - Bizdan uzoqlashib, bekorchilikka yaqinlashmang!
Bitcoin hamyon ochish. Qaysi Bitcoin hamyon yaxshi

Bitcoin hamyon ochish. Qaysi Bitcoin hamyon yaxshi?

Bugungi maqolamiz talabingizga binoan Bitcoin hamyon ochish haqida. Raqamli texnologiya, odamlar, hamda pul birliklari rivojlanib borayotgan zamonaviy hayotimizda, dunyoning istagan nuqtasidan, istagan vaqtda, deyarli barchamizda bor eng oddiy gadjetlar: smartfon, planshet yoki noutbuk orqali ishlatish mumkin bo’lgan, butun dunyo uchun yagona valyuta tizimi dolzarb mavzuga aylanib kelmoqda.

Lekin mutaxassislar buning yechimi BITCOIN deb bong urishmoqda. Uning ishlashda oddiyligi, mobillik va havfsizligi millionlab odamlarni unga jalb etmoqda.

Bitcoin hamyon ochish.

Bu maqola orqali har bir Bitcoin hamyon haqida alohida to’xtalib, ko’pchilikka shundoq ham tushunarsiz bo’layotgan bu mavzuni yanada qiyinlashtirmoqchi emasmiz. Masalan, biz Blockchain hamyonidan foydalanamiz. U juda ham qulay va o’rganish uchun oson. Unga brauzerimiz yoki mobil dastur (android va ios uchun) orqali kirish mumkin. Bitcoindan tashqari, blockchain dunyoga mashxur kriptovalyuta – Etherium va Bitcoin Cash bilan ham ishlaydi. Demak bitta ro’yxatdan o’tish orqali 3 ta kriptovalyuta hamyonga ega bo’lamiz. Bitcoin hamyon ochish uchun ro’yxatdan o’tishni boshlaymiz.

Ro'yxatdan o'tish tugmasi

Ochilgan sahifada elektron pochta manzilimiz, parol va qayta parol kiritamiz. Pasdagi maydonga barcha shartlarga roziman deb, продолжить tugmasini bosamiz

bitcoin hamyon ochish

Barcha ma’lumot to’g’ri kiritilgan bo’lsa, bizni bitcoin asosiy sahifasiga, ya’ni bizni shaxsiy kabinetimizga yuborishadi. Shaxsiy kabinet bilan tanishamiz

Blockchain Bitcoin shaxsiy kabinet

  1. Sozlamalar, valyutani almashtirish, yordam olish menyusi
  2. Bitcoin jo’natish
  3. Bitcoin qabul qilish
  4. Balansingizdagi pul

Ro’yxatdan o’tayotganda kiritgan email manzilingizga kirib, uni tasdiqlash esingizdan chiqmasin. Iloji bo’lsa bu xatni saqlab qo’ying, chunki u yerda Sizni Bitcoin ID bor. U Sizga saytga kirishda kerak bo’ladi.

Bitcoinda royxatdan otish emailni tasdiqlash

Qanday qilib BTC Bitcoin jo’natish mumkin?

O’z bitcoin hamyoningizdan boshqa bir Bitcoinga pul jo’natish uchun Siz uning hamyon raqamini bilishingiz kerak bo’ladi. Masalan, webmoneyda wmz hamyon deyiladi, QIWIda qiwi hamyon deyiladi. Bitcoinda esa hamyon boshqacha nomlanadi – bu Bitcoin manzil (bitcoin address). Demak qabul qiluvchini manzilini bilsangiz Siz unga bemalol Bitcoin yuborish imkoniga egasi. Buning uchun shaxsiy kabinetda Отправить tugmasiga bosamiz va mana bu oyna ochiladi

Bitcoin yuborish boshqa hamyonga jonatish

  1. Kriptovalyutani tanlaymiz
  2. Kimga jo’natmoqchi bo’lsak uni manzilini kiritamiz
  3. Kerakli summa. Istasangiz bitcoinda yoki USD da.
  4. Eslatma. Bu yerga o’zingiz uchun nimadir ma’lumot yozib qo’ysangiz bo’ladi. Masalan “qarzimni qaytardim” deb. Qachondir nimaga pul to’lagan edim demaslik uchun.
  5. Bitcoin yetib borish tezligi. Regular qolgani maqul

Yodda tuting! BTC boshqa bir hamyonga yetib borishidan avval u bir necha bor tasdiqlanishi kerak. Eng kamida 3 marotaba. Demak BTC jo’natgandan so’ng, nega hali yetib bormadi yoki nega jo’natmading deb janjal qilishdan foyda yo’q, shunchaki kutish kerak. Tasdiqlarni ko’rish uchun mana bu sahifaga kerakli bitcoin manzilni kiritamiz.

Qanday qilib BTC Bitcoin qabul qilish mumkin?

Ko’pchilikda savol tug’iladi: Bitcoinni qayerdan olamiz? Qanday ishlab topsa bo’ladi? Uni bizga qanday yuborishadi?

Bu savollaringizga, ya’ni bitcoinni qayerdan olish va qanday ishlab topishga keyingi maqolamizda albatta javob beramiz. Hozir esa Siz Bitcoin qabul qilishingiz uchun o’z Bitcoin manzilingizni topishni o’rgatamiz. Buning uchun Получить tugmasini bosamiz va ushbu oynaga ro’baro’ kelamiz

Bitcoin qabul qilish manzilni aniqlash

  1. Kerakli kriptovalyutani tanlaymiz
  2. Bu yerda turgan tushunarsiz harflar va raqamlar – bu bizni bitcoin manzil. Agar biror kimga o’zimizni manzilni yubormoqchi bo’lsak Копировать tugmasini bosamiz.
  3.  4. Bu maydonlarni o’tkazib yuborsak ham bo’ladi. Ularni web-masterlar ishlatishadi

Bitcoin va boshqa kriptovalyutalarni qayerda sotib olish yoki sotish mumkin?

Bunday xizmat ko’rsatadigan saytlar hozirda juda ko’p. Oxirgi paytlarda elektron pul sotib firibgarlik qiladiganlar juda ko’payib ketgan. Shuni inobatga olib, elektron pullar bilan savdo qiladigan saytlar orasidan qaysi biri ishonchli degan savolga javob topdik. Chunki hech kimga ortiqcha muammolar kerak emas. Biz o’zimiz ham ko’pincha shu sayt orqali webmoney yoki qiwi dagi pullarimizni sotib turamiz, ularda Bitcoin bo’limi ham bor. Sizga ham ushbu saytni taklif qilamiz – Bitcoin va boshqa elektron pullarni xarid qilish 

Bugungi darsligimiz orqali bitcoin hamyon ochish haqida ma’lumot oldingiz. Keyingi darslarimizda Bitcoinda pul ishlash, mayning qilish va boshqa ko’plab ma’lumotlarni beramiz. Bizdan uzoqlashmang, buning uchun Telegram kanalimizga hoziroq obuna bo’ling. Tag’in yangiliklardan quruq qolmang!

 

Bitcoinga oid bilib qo’yish kerak bo’lgan ba’zi bir ma’lumotlar

Bitcoin hamyon ochishdan va u bilan biror ish boshlashdan avval, o’zingiz uchun kriptovalyutani asl maqsadini bilib qo’yishingiz kerak: pul deganda bu hayotimizdagi pullar va tangalar emas, shunchaki maxfiy virtual kalitlar birlashmasi (ma’lum bir maxfiy fayl), u orqali bitcoin-manzilga ega bo’lishingiz va ular o’rtasida operatsiyalar bajarishingiz mumkin. Bitcoin ham huddi shunday virtual hamyon, lekin, ularsiz o’z pullaringizdan erkin foydalanish imkonidan mahrum bo’lasiz.

Bitcoin hamyonlar, ular qayerda joylashganiga qarab, 4 toifaga bo’linadi.  Bu qo’llanmaga ko’ra, hamyonlar lokal (yoki PK – personal kompyuter), mobil, onlayn va apparatli toifalarga bo’linadi. Har bir hamyon o’zining oson ro’yxatdan o’tish, ishlatishga qulay, Internetga bog’liqlik va havfsizlik tomonlari bilan ajralib turadi.

Lokal yoki PK-hamyonlar sizning kompyuteringizda saqlanadi (faqatgina HD walletdan tashqari). Kalitlar fayli bunday holatda sizni kompyuterda saqlanadi, va havfsizlik tomonini o’zingiz taqdim etasiz. PK-hamyonlarni “To’liq” deb ham atashadi (mobil hamyonlar esa aksincha “bo’liq”). “To’liqlar” bloklarni doim yangilab turadi. Shuningdek, “to’liq” lokal hamyonni havfsizlik borasida ideal desa bo’ladi, faylni bekap (rezervlab qo’yish) qilish esa kutilmagan ko’ngilsizliklarni oldini oladi, bunday hamyonlarni faqatgina juda ham kuchli kompyuterlarda, katta joyni band etish evaziga ishlatish mumkin. Va bunday hamyon uy kompyuteriga ulangan bo’ladi, shuning uchun ham uy sharoitida ishlatishda qulay hisoblanadi.

Maqola Sizga yoqdimi? Do'stlaringiz bilan baham ko'ring:

Izohlar soni: 7ta

  1. O‘zbekistonda telegram ommalashib borayabdi shu sababli telegramda kanalni qanday ochish va obunachi(istemolchi)lqrdan kelgan daromadni qayerga tushurish va uni qanday naqt pulga aylantirish mumkin

  2. Telegramda qanday qilib (pullik) qanal ochishim mumkin va daromadini qanday olaman

  3. Oka hormela iwilaga omad oxirgi payt maqolela orasi uzayip ketvotti man kopro narsa bliwwi hohliman uwanga erkali bomasa maining mavzuilani tezroq maqola qlila uzur yana

    • Ulug’bek shunday izohlarni o’qisam juda hursand bo’laman. Chunki kimdir bizni maqolalarimizni kutayotgani – yana qanday baxt kerak admin uchun :)
      Rahmat!

  4. Tezrok mani qilishni oʻrgating juda qiziqtirib qoʻydingiz

Sizga maqola yoqmadimi? Bu ma'lumot eskirganmi? Savollaringiz bormi? - barchasini izoh orqali qoldiring.

Izoh qoldirish

Sizning email manzilingizni hech kim ko'rmaydi.

*