Система Orphus
Pul-ishlash.ru - Bizdan uzoqlashib, bekorchilikka yaqinlashmang!
bitcoin kriptovalyutasi

Bitcoin haqida. Kriptovalyuta nima o’zi?

Butun dunyo valyutaning yangi avlodi – Internetda keng tarqalib ulgurgan va narxi tezlik bilan oshib borayotgan bitcoin haqida gapirmoqda. Bugungi maqolamizda bitcoinlar qanday paydo bo’lgan va hozirda ularning holati haqida gaplashamiz. Internet orqali bitcoin haqida rus tili va o’zbek tilida juda ko’p ma’lumotlar topishingiz mumkin, lekin biz uni eng sodda tilda tushuntirishga bel bog’ladik. O’ylaymiz-ki, maqolamiz orqali Siz bitcoin haqida ko’p narsa bilib olasiz.

bitcoin haqida

Bitcoin ishlab topish, qaysi bitcoin hamyondan foydalanish, bitcoinni qayerdan sotib olish yoki sotish mumkin va shunga o’xshash savollarga javobni tez kunlarda telegram kanalimizda olasiz.  Telegram kanalga obuna bo’lish

Bitcoin haqida – kriptovalyutaning dunyoga kelishi

Internet rivojlangani sayin odamlar “uzoqdan turib” pul to’lashiga to’g’ri kela boshladi. Pulni qo’ldan qo’lga berishni esa umuman iloji yo’q. Shuning uchun o’rtakashlarga, ya’ni elektron to’lov tizimlari, bank yoki kuryerga murojaat etish kerak.

Har qanday o’rtakash bajarayotgan operatsiyasi uchun soliq olib qoladi, chunki tekinga ishlashni hech kim hohlamaydi. O’tkazilayotgan pul qancha ko’p bo’lsa, soliqlardagi yo’qotish ham shunchalik ko’p. Axborot texnologiyalari rivojlangani sayin odamlar o’ylanib qolishdi, qanday qilib xarajatlarni kamaytirish va FIKni (foydali ish koefitsienti) 100%ga oshirgan xolda biznes yuritish mumkin?

Takliflar juda ko’p edi, lekin hammasi rad etildi, ahir oldi-berdidagi soliqlarni olib tashlaganda ham, moshenniklardan qanday himoyalanish – pulni aynan Siz o’tkazganingiz yoki uni olganingizni qanday isbotlash mumkin?

Buning yechimi 2009-yil Satoshi Nikamoto matematik xisob-kitoblar natijasida ishlaydigan, yangi to’lov tizimini ommaga taqdim etganda topildi. To’lovni amalga oshirishda ishlatiladigan pul birligi bitkoinlar bo’ldi. Ular maxsus hamyonlarda saqlanib, hamyonlarga pul tushirish va ishlatish mumkin.

Bir bitcoin-hamyon xisobidan pul ketgan yoki unga kelganini aniqlash uchun, mutaxassislar barchaga ochiq xolda, bir hamyondan yoki boshqa adresdan qancha bitkoinlar ketgani va kelganini ko’rsatishni taklif etishdi. Ya’ni, Siz kriptovalyuta tarmog’iga ulanganingizda, barcha bitcoinlar oldi-sotdisini ko’rishingiz mumkin bo’ladi. Shuningdek barcha hamyonlar anonimdirlar (egasi kim ekanligi aytilmaydi), shuning uchun Sizni tanishingiz qaysi hamyon uniki ekanini aytmagan bo’lsa, Siz hech qachon bu haqida bila olmaysiz.

Xisob-kitoblarni muntazam amalga oshirib borishi kerakligi tufayli, bitcoinga, ma’lumotlar bazasi ishlashi uchun kuchli kompyuterlar kerak. Bunday kuchni olish uchun minglab kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, kerakli quvvatni olish mumkin. Bu kompyuterlar foydalanuvchilar kompyuterlari. Ulardan biri Siz bo’lishingiz ham mumkin, albatta o’zingiz rozi bo’lsangiz. Agarda foydalanuvchi, o’z kompyuteri videokartasi quvvatini bitcoin tizimini qo’llab-quvvatlash uchun taqdim etsa, bu yordami uchun unga o’sha bitcoin valyutasining o’zida mukofot berishadi. Bunday pul topish usuli “Mayning” deya nom olgan, u haqida keyinroq gaplashamiz.

bitcoin logotipi

Bitcoin afzallik va kamchiliklari

Bitcoin va uning tarixi haqida yuqorida tushuncha oldingiz, endi uni afzallik va kamchiliklari haqida gaplashamiz. Yana shuni aytib o’tish joizki, hozirgi vaqtda bitcoin valyutasi kursi juda baland ekani tufayli, xisob-kitoblar bitkoinning kichik bir ulushida olib boriladi, oldi berdilarda ko’pincha “satoshi” ishlatiladi, uning qiymati esa 0.00000001 Bitcoinga teng.

Kriptovalyutaning afzallik/kamchiliklarini keltirib, izoh beramiz.

  1. Chegaralangan. Kriptovalyuta yaratilgan algoritmga asosan, ja’mi 21 000 000 gacha bitcoin topish mumkin, bundan so’ng esa yetishtirish toxtatiladi. Buni oqibatida nima bo’lishini hech kim bilmaydi, agarda moliyaviy portlash bo’lmasa, kriptovalyuta muomalada qoladi va har zamon kursini o’zgaritirib turaveradi.
  2. To’liq maxfiylik. Bitcoin-hamyonni raqamlari orqali uning egasi kim ekanligini bilib bo’lmaydi, buning oqibatida noqonuniy pul aylantirish va firibgarlikka yo’l ochiladi.
  3. Ta’minlanmagan. Kriptovalyuta, real pullarga o’xshab, doimiy rezerv bilan ta’minlanmagan va boshqa sabablarga ko’ra bitcoin kursi kutilmaganda to’liq nolga tushib ketishi hech gap emas.
  4. Rasmiy ishlamaydi. Bitcoin moliya tizimiga yomon ta’sir etishi mumkin, shu sababli ko’p davlatlar kriptovalyutaga ishonchsizlik bilan qaraydi. Rossiyada bitcoin yetishtirish bilan shug’illanganlarni javobgarlikka tortish bo’yicha qonun tayyorlashgan, lekin hali yo’lga qo’yilmagan. Balki bitcoinlar hech qachon rasmiy ishlamasa ham kerak, chunki uni qonunlashtirishsa, bitkoin real valyutani o’rnini egallashi ham mumkin.
  5. Uncha mashxur emas. Hozircha ko’pgina moliyaviy muassassalar, Internet-do’konlar va boshqa servislar bitcoinga ishonishmaydi va kriptovalyuta evaziga maxsulot sotmaydilar. Mashxurlashishi chegaralangani boyis Bitkoin to’liq ishlatilmayapti.

Bitkoin dunyoga kelgandan beri uni kursi oshib kelmoqda. Bitcoin bugungi kurs:
Курс Bitcoin к USD

Bitcoin narxi

Hozircha kurs yana oshishini, aniq aytish qiyin: ko’pgina mayning fermalari yopilib ketayapti, chunki kriptovalyuta avvalgidek daromad bermayapti. Shuningdek, bitcoin yetishtirishga qancha ko’p odam qiziqsa, shunchalik tez oshayotgan kurs tushib ketishi mumkin.

Bitcoin nega kerak?

Bitcoin nima o'ziUshbu maqola orqali biz Sizga bitcoin nima ekanligi, u nimani evaziga yashab kelayotgani, qanday kamchilik va afzalliklari bor ekanini sodda qilib tushuntirishga harakat qildik. Agarda Sizga bu maqola qiziq bo’lsa, bitcoin kursi o’zgarishini aniqlash, mayning va boshqa qiziqarli mavzular – bitcoin sotib olish, bitcoin hamyon ochish, unda pul saqlash, bitcoin krandan satoshi olish va ularni real pulga almashtirish  haqida keyingi maqolalarimizda yozamiz.

Bitcoin va boshqa kriptovalyutalarni qayerda sotib olish yoki sotish mumkin?
Bunday xizmat ko’rsatadigan saytlar hozirda juda ko’p. Oxirgi paytlarda elektron pul sotib firibgarlik qiladiganlar juda ko’payib ketgan. Shuni inobatga olib, elektron pullar bilan savdo qiladigan saytlar orasidan qaysi biri ishonchli degan savolga javob topdik. Chunki hech kimga ortiqcha muammolar kerak emas. Biz o’zimiz ham ko’pincha shu sayt orqali webmoney yoki qiwi dagi pullarimizni sotib turamiz, ularda Bitcoin bo’limi ham bor. Sizga ham ushbu saytni taklif qilamiz

Yangiliklarga obuna bo’ling. Pastdagi maydonga e-mail manzilingizni kiriting va yangi maqolalardan xabardor bo’ling!

Maqola Sizga yoqdimi? Do'stlaringiz bilan baham ko'ring:

Izohlar soni: 29ta

  1. sal tuwunganday boldm :)

  2. Теперь осталось рассказать, как зарабатывать эти биткоины. Они очень дорогие, но рисковые, а также очень странные. К примеру, я их вообще не использую, предпочитаю WebMoney, Qiwi, Payeer и Perfect Money.

  3. Assalomu alaykum! Admin siz bilab qanday bog‘lansam bo‘ladi? Savollarim bor edi. Iltimos lekin

  4. gap bulishi mumkin emas

  5. Ishonchli pul ishlash saytlari haqida malumot bersangiz

  6. Assalomu alaykum. Navro’z bayrami bilan!

    Yaxshimisiz?! Charchamang ishlar bilan!

    Meni tanidingizmi? Men doimiy referalingiz CoderM bo’laman! (Menda hammasi zo’r ketyabdi.)

    Men yaqinda yangi sayt ochdim. Faqat bitta yo’nalishda (kichik-kichik bo’limlari bor. (Sayt ingliz tilida.) {Google Adsense bilan yaxshigina daromad qilyapman. Bunda NeoBux va Clixsense larning ham ahamiyati bor :) }) Ya’ni sizning saytingiz orqali shu darajaga chiqdim desam ham bo’ladi!

    NeoBux va Clixsense larda vaqtinchalik ishlarni to’xtatib qo’ygandim. (Vaqt bo’lmagani sababli?) Xozirda har kuni aktivman desam ham bo’ladi.

    Sizga kattakon rahmat!

    Sizdan iltimos, saytga yana qiziqarli maqolalar yoki video darslar qo’sing!

    Yana bir bor katta rahmat!

  7. Assalomu alaykum! Yaxshimisiz? Internet orqali qanday pul ishlash mumkin? Real pul ishlashning iloji bormi? Maslahat bersangiz, rahmat!

  8. Salom admin, invest proektlardan ham maqola tayyorlay olasizmi ishonchlilaridan

  9. Salom admin. Menga pul ishlaydigan saytlarni yuborsangiz. Bitcoinda qaysi sayt yaxshi

  10. Afsus bu saytning UMRI TUGAGANGA O’XSHAYDI BULDI ENDI KERAGI YOQ BU SAYTNI

  11. Salom men yaqinda bu bitcoin haqida malumot oldim lekin bir muammo bor bitcoin ni simkartaga tashlasa boladimi?

  12. Assalom hurmatli admin. Men saytingizda juda ko’p foydali ma’lumotlarni uchratdim. Siz xalqimizga astoydil yordam berishga bel bog’lagan ko’rinasiz. Lekin, bilasizmi saytingizda imlo xatolar uchratib ko’pchilik foydalanuvchilarning kayfiyati tushib ketayapti. Shuning uchun va saytingiz rivojiga hissa qo’shish maqsadida sizga xabar yozayotgan edim toki yetkazayotgan yangiliklaringiz ba’zi yurtdoshlarimiz savodiga noto’g’ri ta’sir qilmasin. Shunday ekan hozirda o’zim Koreya Respublikasida ekanligimni hisobga olib O’zbekiston ahlining dunyoqarashining kengayishiga men ham o’z yordamimni bermoqchiman.

  13. Qanday satuwini real pulga aylantirse bulafi

  14. Bitcoin ishlap topadigan sayt nomi bormi, ishonchli

  15. Assalom admin sizdan iltimos yordam bersangiz qanday qilib oson haqiqiy pul topsa bo’ladi

  16. bitcoinga qanday mablaģ kiritsam bo’ladi

Sizga maqola yoqmadimi? Bu ma'lumot eskirganmi? Savollaringiz bormi? - barchasini izoh orqali qoldiring.

Izoh qoldirish

Sizning email manzilingizni hech kim ko'rmaydi.

*