Система Orphus
Pul-ishlash.ru - Bizdan uzoqlashib, bekorchilikka yaqinlashmang!
Payza, PayPal, Neteller, Payza va boshqa elektron hamyonlardan qanday pulni yechib olsa bo'ladi? Payza, PayPal, Neteller, Payza va boshqa elektron hamyonlardan qanday pulni yechib olsa bo'ladi?

Webmoney, QIWI, Yandex Money, Payza, PayPal, Neteller va boshqa elektron hamyonlaridan  pul yechish

Faraz qiling, Siz bu yerda olgan bilimingiz orqali internetda birinchi $10 pulingizni ishladingiz. Endi bu pulni yechishni niyat qildingiz. Albatta barcha saytda pul yechish jarayoni bir xil emas, lekin ular bir-biriga juda o’xshash. Birinchi navbatda Siz pul ishlab topgan saytingizga pul yechish uchun so’rov yuborasiz. So’ngra sayt Sizga pulni elektron hamyonlardan qay biriga yechib olishingizni so’raydi. Saytlar har xil elektron to’lov tizimlari bilan ishlashadi. Masalan, webmoney, qiwi, yandex деньги (yandex money), payza, paypal va boshqa elektron hamyonlardan birini taklif qilishi mumkin. Shuning uchun albatta bu hamyonlardan birortasida (iloji bo’lsa hammasida) ro’yhatdan o’tgan bo’lishingiz kerak. Biz esa bu haqida avvalgi maqolalarimizda yozganmiz, hozirgi maqsadimiz esa pullarni elektron hamyondan qanday yechib, naqd pulga aylantirish haqida.

O’rta Osiyoda ko’proq webmoney, yandex va qiwi tizimlaridan foydalanishadi. To’g’ri, bazi odamlar paypal, payza tizimlarini ham ishlatishadi. Lekin bu tizimlarda Sizning yurtingiz rasmiy ravishda ro’yhatdan o’tmagan bo’lishi mumkin. Shuning uchun bizda ishlatishga eng qulay va eng ommabop tizimlar bu webmoney, qiwi va yandex. Endi sizda savol tug’iladi, agar men ishlab turgan sayt faqatgina payza to’lov tizimi bilan ishlasachi? Yoki faqat neteller va paypal tizimlari bilan?

Payza, PayPal, Neteller, Payza va boshqa elektron hamyonlardan qanday pulni yechib olsa bo'ladi? pul yechish

Buning ham iloji bor. So’z boshida biz faraz qilgan $10 pulni payza to’lov tizimiga tushirib, yechib oldik – deylik. Zo’r! Endi sizda Payza tizimida  $10 pul bor. Lekin bizda Payzaga talab uncha katta emas, shuning uchun uni sotguncha ancha qiynalmaslik uchun, tinchgina uni Webmoney tizimiga, ya’ni Z – hamyonga o’tkazishimiz kerak. Qanday qilib?

Birinchi navbatda sizda Webmoney tizimida o’zingizni akkauntingiz va hamyonlaringiz bo’lishi kerak. R hamyon – rubl, Z hamyon – dollar, E hamyon – evro, G hamyon – oltin va hokazo. Bizga asosiysi ya’ni Z hamyon kerak, lekin R hamyondan ham ko’p foydalanishadi. Qaysi biri Siz uchun afzal ekanini amaliyotda o’zingiz bilib olasiz.

Ho’sh, Siz Z hamyon ochdingiz deylik. Endi o’sha hamyonga $10 pulni o’tkazish kerak. Sizni qo’rqitishi mumkin bo’lgan bir tomoni, pul $10 ligicha tushirib olishingizni iloji yo’q. Masalan $10 Payzadagi pulingiz Webmoneyga Z hamyonga, ya’ni WMZga $9.5 bo’lib tushishi mumkin. Menimcha bu kichik miqdordagi soliq, unchalik ham Sizni ranjitmaydi.

Bunday operatsiyalar bilan shug’illanadigan maxsus saytlar mavjud bo’lib, ular orqali Siz har xil pul tizimlaridagi pullarni almashish imkoniga egasiz. Masalan, webmoneydan Yandexga, yoki Qiwi dan Payzaga… Bu saytlar ro’yxatini Sizga taqdim etamiz.

Misol sifatida bestchange.ru saytini olaylik. Saytga kirgach, chap tomondagi bo’limdan bizga kerakli va bizda bor valyutani tanlaymiz. Bizga barcha almashish mumkin bo’lgan kurslarni ro’yxatini ko’rsatishadi (o’ng tarafdagi jadvalda). O’zimizga maqul kursni tanlab, davom etamiz. So’ngra bizni valyuta almashish saytiga yuborishadi. U sahifada barcha ma’lumotlarni kiritamiz, email manzilimiz, pul qabul qiladigan hamyon raqamimiz va pulimiz turgan payza akkauntimiz raqami. Operatsiyani bajarish muvafaqqiyatli o’tgach, 5-10 daqiqa kutishni aytishadi, so’ngra emailingizga Sizga pullar omadli tarzda o’tkanligi haqida xatni yuborishadi.

Endi bemalol wmztashkent.com sayti orqali pul yechish mumkin. Pul yechish uchun (ya’ni Webmoney, QIWI va boshqa) saytlar hozirda juda ham ko’p. Buning uchun Sizga Google yoki Yandex yahshi yordam beradi. E’tibor uchun rahmat. Bizdan uzoqlashib – bekorchilikka yaqinlashmang.

Yangiliklarga obuna bo’ling. Pastdagi maydonga e-mail manzilingizni kiriting va yangi maqolalardan xabardor bo’ling!

Maqola Sizga yoqdimi? Do'stlaringiz bilan baham ko'ring:

Izohlar soni: 27ta

  1. Wmztashkentdan qanday sumga aylantiramiz etdagilar pulli olib pawol demasligiga kim kafil?

    • Assalomu alaykum! wmztashkent.com saytini biz misol sifatida yozgan edik, xozirda bunday saytlar juda ko’p. Siz sotmoqchi bo’lgan odam Siz aytgandek “poshel” demasligiga hech kim kafil emas. Lekin pulni haridorni o’zini ko’rmasdan sotmasangiz yuzma-yuz gaplashib turib yuzingizga “poshel” deya olishmasa kerak :-) Shuning uchun havotir olmang

  2. wmr yoki wmz dan websumga pul o’tkazsa bo’ladimi?

  3. webmoneydan pulni qanday qilib qulimizga naxt olsak buladi

  4. Webmoneydan qiwiga tashlashni iloji bormi?

    • Afsuski bunday imkoniyat faqatgina Rossiya fuqarolari uchun mavjud. O’zingiz birorta QIWIda puli bor odam bilan kelishib o’tkazsangiz bo’ladi, faqat bu jarayon sayt orqali bo’lmaydi, faqat sizlarni o’rtangizda.

  5. Admin rublni ham o’sha yerdan olsa bo’ladimi hozirgi paytda hech kimga ishonch yo’q shota muamo ma n200rublchakerak edi

  6. formalniy atestatga qanday qilib o’tsa bo’ladi webmoneyda

  7. rahmat muzikani nomini etvorin

  8. Siz qiwidan pul otkazib bera olasizmi paynet evaziga javpbingizni kutaman

  9. Бегдулла // 23.09.2016 at 20:13 // Ответить

    Салом админ. Интернетта пул олмаштириш оркали пул ишласа буладими?

  10. elektron pullarni tugridan tugri bankdagi hisob raqamimga utkarsam buladimi

  11. Salom Perfectmoneyda qanday registratsiyadan utamiz

  12. assalom alekum… menda sizlarga bitta savol bor edi. qiwi yoki uzcardga pul tashlamoqchi bolsam cartani kodini sorayapti masalan r 1212324354656 shunga oxshash uzun raqamlar . men buning uchun qaysi kodimni kiritaman . oldinda rahmat .

  13. men isckhgdascfxhgfjdcb kdj kfdngsdbgd

  14. manga juda yoqdi bu sayt

  15. Salom. Men internetda pul ishladim deylik u pulni men qanday olaman u meni qolimga qanday tushadi

  16. Salom. Vktarget va vk serfing saytida qanday qilib ko‘proq pul ishalasa bo‘ladi

Sizga maqola yoqmadimi? Bu ma'lumot eskirganmi? Savollaringiz bormi? - barchasini izoh orqali qoldiring.

Izoh qoldirish

Sizning email manzilingizni hech kim ko'rmaydi.

*