Система Orphus
Pul-ishlash.ru - Bizdan uzoqlashib, bekorchilikka yaqinlashmang!
E'lonlar shaxobchasi orqali pul ishlash

E’lonlar shaxobchasi orqali pul ishlash

Biz bu “E’lonlar shaxobchasi orqali pul ishlash” maqolasi orqali Sizga keraksiz narsalaringizni sotib pul ishlashni emas, aksincha, kimdir keraksiz deb hisoblagan yoki sotishni niyat qilgan molini sotib olib, keyin sotishingiz orqali mo’maygina pul topishingiz mumkin ekanligini ko’rsatib bermoqchimiz. Bu pul topish uslubi eng ishonchlilardan xisoblanadi, chunki ko’pgina odamlar qo’llaridagi maxsulotni real narxini bilmaydilar yoki tezroq usha buyumdan qutilish uchun arzonga pullaydilar. Masalan, olx.uz yoki bepul.uz e’lon shaxobchalarida ko’pgina arzon narxda sotilayogan buyumlarni topish mumkin. Siz shunchaki uni sotib olasiz va qimmatroq sotasiz, narxdagi farq esa sizning foydangiz bo’ladi. Albatta ishlash uchun hech qanday qonun – qoidani buzmasligingiz kerak.

Bu usul qandaydir mukammal bilim yoki kompyuter savodxonligini talab qilmaydi. Qiziq tomoni – barcha jarayon real hayotimizda bo’ladi, ya’ni Siz nimadir sotib olish uchun sotuvchi bilan uchrashib molni sotib olishingiz kerak. O’zbekistonda e’lonlar shaxobchasi orqali ish topish yoki pul ishlash uchun Sizga birinchi navbatda Internet, kompyuter yoki telefon va sarmoya kerak bo’ladi. Agarda sarmoya bo’lmasa molni qaysi pulga sotib olasiz? Boshlanishiga arzonroq narsalarni olib-sotishdan boshlash mumkin. Masalan, fleshka, naushnik, mikrofon, arzon telefonlar, televizor va boshqalar. Keyinchalik yahshi moslashib olsangiz, sarmoyangiz ko’payganida qimmatroq narsalar sotishingiz mumkin. Misol tariqasida faqat Elektronika bo’limini ko’rsatdik. E’lonlar shaxobchasi hali boshqa ko’p bo’limlarga boy. Masalan, olx.uz saytida quyidagi bo’limlar bor:

  • Bolalar dunyosi;
  • Ko’chmas mulk;
  • Transport;
  • Uy hayvonlari;
  • Uy va bog’ uchun;
  • Biznes va xizmatlar;
  • Moda va stil;
  • Xobbi, xordiq va sport

Bulardan o’zingiz tushunadigan birorta bo’limni tanlab doimiy ravishda usha bo’limga oid mollarni sotib, pul ishlashingiz mumkin. Lekin, eng ommabop va e’lonlar ko’p bo’lim Elektronika bo’limi xisoblanadi. Chunki biz texnika asrida yashamoqdamiz, kuniga, balki soatiga yangi texnologiyalar ishlab chiqarishmoqda. Yana bir narsani xisobga olish kerak, Sizga o’xshab pul ishlayman degan va hozirda pul ishlayotgan odamlar bu saytlarda yo’q emas. Ular juda chaqqon ishlashadi, masalan, kerakli bo’limga obuna bo’lishadi. Ularning aksariyati Toshkentda pul ishlash’adi. Kerakli bo’limda yangi e’lon joylansa, ularga darxol xabar boradi va Sizdan birinchi mol egasiga qo’ng’iroq qilib, molni olib qo’yishlari mumkin. Shuning uchun e’lonlar shaxobchasida pul ishlamoqchi ekansiz, Sizga tezlik ham kerak bo’ladi.

E’lonlar shaxobchasida qanday pul ishlash mumkin?

Ushbu saytlarda qanday ro’yxatdan o’tish haqida yozib o’tirmadim. O’ylaymanki, bu Sizga qiyinchilik tug’dirmaydi. Sizga o’zim boshimdan o’tkazgan bir voqea haqida gapirib beray.

Yaqinda men televizor olmoqchi edim. Do’konlarni qaradim, yangi Artel televizori Mediapark savdo majmuasida 1 730 000 so’m narxda edi. Olx.uz saytiga kirib, huddi shu televizorni 1 200 000 so’mga ko’rdim, to’g’ri sal ishlatilgan edi, lekin huddi yangidak. Meni narx qoniqtirdi, chunki arzon edi. Ammo o’ylanib qoldim, balki boshqa televizor olarman? O’zbekistonda emas, hech bo’lmasa Xitoyda chiqqan televizor olmoqchi edim. Olx.uzda 1-2 soatlarcha takliflarni ko’rib o’tirdim. Qancha ko’p televizor ko’rganim sari fikrim o’zgaraverdi, boshida Artel olmoqchi bo’lgan bo’lsam, keyinchalik Samsung olishni niyat qila boshladim. Bir payt yangi e’longa ko’zim tushdi, qo’yilganiga 10-20 daqiqa bo’lgan edi. Taklif ham juda zo’r edi, 1 150 000 so’m evaziga Samsung 32 dyuymli LED televizori, 1 yillik kafolati bilan sotilayotgan edi. Tezda qo’ng’iroq qildim, lekin liniya band edi. Taxminan 10 martalar qo’ng’iroq qildim, baribir tusha olmadim. Yarim soatlardan keyin yana qo’ng’iroq qilib ko’rdim, go’shakni ko’tarishdi va hozirgina sotib yuborishganini aytishdi… Endi aytingchi, kim bu televizorni mendan avval olib qo’ydi? Ha bu chaqqon olib-sotarlar edi. O’sha televizorni olib-sotar kamida 1 300 000 so’m, yahshi ketsa 1 500 000 so’mga pullaydi. 350 000 so’m daromad kimga halaqit qiladi ahir?

Bir tanishim hayotidan ham misol keltirmoqchiman, ahir men sinalgan usul haqida yozayapman.

E'lonlar shaxobchasi orqali mol olib sotib pul ishlang

Bir kuni men, tasodifan kiyik shoxini qanchaga sotilayotganini ko’rib qoldim, o’rtacha narx 500 000 so’m edi. Keyinchalik esa  olx.uz da qidirib, 300 000 so’mga  topdim va sotib oldim. 4-5 kundan so’ng, mendan uni 500 000 so’mga shu  olx.uz saytining o’zida sotib olishdi. Meni qilgan ishim, maxsulotga yahshiroq tarif berish va chiroyli rasm tanlash bo’ldi. 5 kun ichida 200 000 so’m sof foyda. To’g’ri, kim uchundir bu pullar kam, lekin bu ish bilan muntazam shug’illanilsa, ancha ko’proq pul ishlash mumkin.

Nimalarga e’tibor berish kerak. Kerakli maslahatlar

Yuqorida bo’limga obuna bo’lish haqida yozgan edim. Sizda “qanday obuna bo’lish mumkin” -degan savol paydo bo’lgan bo’lsa, javobi quyidagicha:

E'lonlar shaxobchasi orqali pul ishlash

Kerakli bo’limga bosasiz, masalan “Bolalar dunyosi-bolalar kiyimi” (Продажа детской одежды). Obuna bo’lish uchun e’lonlar tepasida turgan “Добавить в избранное” tugmasiga bosamiz va yangi e’lonlar biz ro’yxatdan o’tgan email manzilga kela boshlaydi.

Bu soxani ichiga kirib, yahshilab joylashib olsangiz – doimiy daromad kelib turadigan kasb egasi bo’lishingiz mumkin. Albatta siz xoziroq kirib mol olib-sotmassiz, lekin bo’limlardan o’zingizga ma’qul va odamlarga kerak bo’lgan arzon buyumni albatta topasiz. Maxsulotni sotayotganda shu narsaga e’tibor bering, Sizning e’lon hammanikidan qandaydir ajralib, ko’zga tashlanib tursin va albatta pullik xizmatlardan foydalaning. Masalan, top-e’lon, e’lonni sariq rangga bo’yash, asosiy sahifada e’lonni chiqarish va boshqa xizmatlar.

E'lonlar shaxobchasi orqali pul ishlash top-e'lon

Ko’pchilik bu xizmatlardan foydalanishmaydi, pullarini ayashadi. Lekin shu narsa aniqki, bu xizmatlarga tikilgan pul ko’p hollarda o’zini qoplagan. Hulosa shuki – e’lonlar shaxobchasi orqali pul ishlash mumkin va oson. Faqatgina chaqqonlik va tirishqoqlik jihatlarini rivojlantirsangiz bas. E’tibor uchun rahmat

Yangiliklarga obuna bo’ling. Pastdagi maydonga e-mail manzilingizni kiriting va yangi maqolalardan xabardor bo’ling!

Maqola Sizga yoqdimi? Do'stlaringiz bilan baham ko'ring:

Izohlar soni: 14ta

  1. Salom,ismim Zarina!Savolim shundan iboratki,manam foyda olsam pulni qanday olaman?Birorta elektron hamyonga to’lashadimi? Masalan Webmoneyga? Javobingizni kutaman.Oldindan Rahmat!

    • Salom, savol uchun rahmat. Biz ham Sizga savol bersak: “manam foyda olsam” – deb qaysi usul orqali ishlashni nazarda tutmoqdasiz ?

      • qoyil qolish kerak. mavzularni xech qaysi saytdan o’g’irlamay o’zingiz topib yozyapsiz. Asosiysi juda kerakli ma’lumotlar yozilib boryapti saytingizda. saytingiz rivojlanishdan to’xtamasin. Omad:)

      • Salom!
        Zarina, siz foyda olgan bo’lsangiz, birinchi navbatda elektron visa kartangiz bo’lishi kerak. Keyin Yandex koshelek, Qivvi yoki Webmoney koshelek bo’lishi kerak. Elektron visa karta pul o’tirasiz, yoki koshelekdan elektron kartaga o’tirasiz! Koshelekga ko’pi bn 2000-3000$ tashashingiz mumkin statusingizga qarab! Lekin qonuniy ro’yxatdan o’tmasangiz! Kosheleklarga katta miqdorda pul tashay olmaysiz!
        Men sizga HamkorBank Visa plastik kartochkalarini tavsiya qilaman chunki Sizni visa kartangizdagi $ pulni so’mga, so’mni $ ga tranzaksiyani Hamkorbank mobil ilovasida qilishingiz mumkin!

  2. Admin maqola uchun katta rahmat. Juda ham zo’r chiqibdi!!!

  3. Salom admin yaxshimisiz men bugun clixsense.com dan royhatdan otdim endi ishlayman feb view advirse kirsam shunaqa yozuv chiqdi

    Access to this page has been denied. Access via a Proxy/VPN/VPS or from a country not on your profile is not permitted. Bu nima sababdan

    • Iltimos savolni kerakli joyga yozishni o’rganing

      • Salom admin bu sayit torisid bizlarga ham malumot berin kirib korsam kop miqdordagi pular sonini kordim ular kopayib borvotganini kordim clixsense.com
        Iltmos
        Bu qanday sayit javobbizni kutaman oldindan rahmat

  4. Канака одамсанлар каерда эшитгансан оддий одамлар интерентдан пул ишлаши мумкин деб булар хаммаси лохатронку интренетдан факат хаккерлар ишлайди

  5. Salom admin ishlarizga Omad bitcoin xaqidagi maqolaga gap yo’q,lekin saytga juda kam maqola yozyapsiz ko’pincha kirsam o’sha o’sha eski maqolalar…

Sizga maqola yoqmadimi? Bu ma'lumot eskirganmi? Savollaringiz bormi? - barchasini izoh orqali qoldiring.

Izoh qoldirish

Sizning email manzilingizni hech kim ko'rmaydi.

*