Система Orphus
Pul-ishlash.ru - Bizdan uzoqlashib, bekorchilikka yaqinlashmang!
Frilans bo'lib ishlashning afzalliklari

Frilans bo’lib ishlashning afzalliklari

Deylik, siz “frilans” va “frilanser” degan tushunchalardan bohabarsiz. Deylik, ular bilan tanishgach, Siz masofadan turib ishlashni niyat qildingiz (удалённая работа). Albatta bu niyatingiz yahshi, lekin Sizning bu ish haqida tasavvuringiz hali to’liq emas, va uni to’ldirishda biz  yordam beramiz. Huddi boshqa ishlar kabi, erkin ishlashning afzalliklari va noqulayliklari bor. Maqolani oxirigacha o’qimasdan qochib qolmasligingiz uchun, yahshi tomonlaridan boshlaymiz. Keling, afzalliklarni birma-bir sanab o’tamiz:
 Frilans bo'lib ishlashning afzalliklari
O’ziga maqul bo’lgan ish vaqtini tanlash. Qanday grafik bo’yicha ishlash, buni faqat o’zingiz hal qilasiz. Tushlik va tanaffus vaqti – bularni vaqtini ham o’zingiz belgilaysiz. Ish planini bajarilgan yoki bajarilmagani haqida hisobot topshirish ham talab etilmaydi. Bundan tashqari, ish vaqtini qaytadan bo’lib chiqish mumkin.
Masalan, kechasi bilan birorta kinoni ko’rib chiqdingiz, bildingizki umuman uxlamagansiz, ertasi kuni esa bir dunyo ishingiz bor. Endi aytingchi, ertasi kuni ishni har kunga vaqtda emas, to’yib uxlavolib boshlasangiz, kim sizni uxlab qolganingiz uchun koyishi mumkin? Hech kim, faqatgina o’zingizni vijdoningiz. Ta’tilga ham yilning hohlagan vaqtida chiqib ketish mumkin. Bunday tartibda ishlash uchun kundalik tutish qoidalari bilan mana bu maqola orqali tanishib qo’yganingiz yahshi yordam beradi.
Siz hech kimni qo’l ostida ishlamaysiz. Har bir qilgan ishingizni nazorat yoki bekor o’tiqizgan, chekishga yoki kofe ichishga ketgan vaqtingizni hisoblaydigan odam bo’lmaydi. Frilanser istagan vaqti o’z hojatlarini qondirib kelishi, uy ishlariga sho’ng’ib ishni tashlab qo’yishi, keyin qaytib kelib yana ishni davom ettirishi mumkin – asosiysi bu uchun hech kim tergamaydi.
Asablar doim joyida. Hech qaysi birimizga sir emaski, ishdagi munosabatlar har doim ham yahshi bo’lavermaydi, ayniqsa, hozirgi ish o’rni uchun raqobat juda kuchli zamonda. Frilans ishchini bular bezovta qilmaydi, unga yoqimsiz bo’lgan odamlar bilan gaplashishi shart emas. Har xil g’iybat, ayb topish, ishlamagani uchun chaqib berishlar, bular frilanser uchun yiroqda. Albatta bir o’zi ishlaydigan odam ko’pincha zerikib ketadi, lekin siz o’yin-kulgu uchun ishlayotganingiz yo’qku.
Cho’ntak uchun sezilarli foyda. Ekspertlarning izlanishlari shuni ko’rsatdiki, davlat korxonasi yoki firmalardagi ishchilarning o’rtacha oyligi, frilans ishchilarining daromadidan ancha kamroq ekan.
Buning sababi shundaki, “erkin ijodkor” o’z foydasini birovlar bo’lishishi shart emas. Menedjerlar, marketologlar, xatto buxgalterlar bilan ham… Hech kim bilan! Siz o’z mexnatingiz bilan ishlab topgan pulingiz, Siznikiligicha qoladi, ularga yana kimdir sherik chiqa olmaydi.
Ko’p soxalar bo’yicha ishlash. Ish beruvchi Sizdan hech qachon diplom so’ramaydi, attestat yoki har xil qog’ozbozliklar – unga faqat Sizning bilimingiz va maxoratingiz kerak. Shuning uchun bir soxadan ikkinchisiga o’tib ishlab ketish, ko’p vaqt talab etmaydi. Bugun Siz yahshi dizaynersiz, lekin bu ishda bezor bo’ldingizmi? Muammo yo’q – marketolog bo’lib ishlashingiz mumkin. Ish o’rganishni boshlang, buyurtmalardan o’z ishlaringizni jamlang, vaqt o’tgan sayin Sizga jiddiyroq mijozlar murojaat eta boshlaydilar.
Vaqtni va pulni tejash. Bir o’ylab ko’ringa, har kuni uyingizdan ishgacha borish uchun qancha pul va vaqt sarflaysiz? Bir qarashda avtobus, metro, taksi va boshqalarga ishlatadigan yo’lkirangiz arzimagan pul bo’lib ko’rinishi mumkin, lekin vaqt o’tgan sari ular yig’ilib ancha pulni tashkil etishi, bu pulga esa birorta davlatga borib dam olib kelishingiz mumkin.
Lekin yo’q, u pullar semiz konduktor opani cho’ntagiga ketti. Frilans ishchilarda hammasi aksincha – ish joyi doim qo’l ostida va har kuni ishga kiyib borish uchun kostyum-shim va galstuk harid qilib boshini og’ritib yurishi shart emas. Uning stilini o’zi belgilaydi, hohlasa uy kiyimida, hohlasa o’sha kiyimda ishlashi mumkin.
 Frilans bo'lib ishlashning afzalliklari
Katta daromadlar olish imkoniyati. Yakka tartibda ishlash Sizni ko’p narsalarga undashi mumkin, Sizga yangi yo’llarni ochishi, yangi bilimlar berishi, yana avvalgidek bilim olishga qiziqish uyg’otishi (agar qiziqish yo’qolib ketgan bo’lsa), olingan bilimni esa darxol yangi proektda ishlatib ko’rish va amaliyot o’tash mumkin. Qiziq tomoni, bu amaliyot uchun pul to’lashsa zo’rku! Bu imkoniyatni Sizdan olib qo’yish esa hech bir odamni qo’lidan kelmaydi.
Ommalashib borayotgan yo’nalishlarda ishlash va ularni o’rganish Sizning harakatlaringiz ila amalga oshadi. Hech qanday korxona Sizga bunday imkoniyat bermasa kerak. Agar Sizga ish beruvchini mo’maygina puli bo’lsa, keyinchalik undan o’rnak olib, Siz ham buyurtmachiga aylanib ketishingiz mumkin, uning buyurtmalarini esa arzonroq ishchilarga berib, o’zingiz ishlamay daromad olishingiz mumkin. Ha buning iloji bor, lekin u darajaga yetishga ozgina bor.
O’z oilangiz bilan ko’proq vaqt o’tkazish imkoniyati. Hech qayerga borish shart emas, ish vaqtingiz doim uydasiz, albatta tabiat qo’ynida noutbukingiz bilan o’tirishni yahshi ko’rmasangiz. Istagan vaqtingiz uydagilarga ko’maklashishingiz, kinoga tushishingiz yoki bolalarni parkga olib borishingiz mumkin. Eng muximi Sizga jim-jit ish o’rni va hayollaringiz jamlangan bo’lib ishlashga sharoit yaratib berishsa bo’lgani.
Sizni har qanday savol yuzasidan bezovta qilaverishmaydi. Frilans tufayli dikretdagi ayollar uchun ham yahshi imkoniyat paydo bo’lgan, ular yahshigina pul topishlari va farzandlarini ko’zdan qochirmasliklari mumkin.
Bu yerda frilanser bo’lishning asosiy afzalliklari haqida yoritib o’tildi. Aslini olganda ular juda ham ko’p. Agarda Siz hozir juda katta qiziqish bilan frilans bo’lishdek ajoyib ishni mo’ljal qilayotgan bo’lsangiz, Sizga sal shoshmaslikni maslahat beramiz. Ishdan bo’shash haqidagi masalada shoshilmasdan qaror chiqargan maqul. Hammasini tarozga qo’ying, afzalliklar va kamchiliklarni solishtirib, keyin bir qarorga keling.

Yangiliklarga obuna bo’ling. Pastdagi maydonga e-mail manzilingizni kiriting va yangi maqolalardan xabardor bo’ling!

Maqola Sizga yoqdimi? Do'stlaringiz bilan baham ko'ring:

Izohlar soni: 5ta

  1. Oka, sizga savollarim bor edi:
    1. Saytizga freelancerlar uchun zakazlar ham qo’yasizmi?
    2. O’zingiz ham freelancerlik qilganmisiz?
    3. Man hayotimda o’zi bir marta freelancerlik qilganman, shundayam pulini haligacha ololmaganman. Bunday xolatda nima qilish kerak?

  2. admin, mani savollarimga qachon javob berasiz?

  3. Shu maqoladagi va boshqa shunga o’xshash maqolalardagi rasmlarni nima orqali chizasizlar? Iloji bo’lsa, ayting!

Sizga maqola yoqmadimi? Bu ma'lumot eskirganmi? Savollaringiz bormi? - barchasini izoh orqali qoldiring.

Izoh qoldirish

Sizning email manzilingizni hech kim ko'rmaydi.

*