Система Orphus
Pul-ishlash.ru - Bizdan uzoqlashib, bekorchilikka yaqinlashmang!

Moshennik, loxotron, qalbaki va firibgar saytlar haqida. Ehtiyot choralari

Uzoq vaqtlik tanaffusdan so’ng Sizlar uchun bugungi “Firibgar, yolg’on, qalbaki va moshennik saytlar haqida Ehtiyot choralari” – nomli maqolamizni taqdim etmoqdamiz. Internetdan muntazam ravishda foydalanuvchilar, hamda endigina bu o’rgimchak to’riga kirib kelganlar bu maqolani albatta o’qishlari kerak. Maqoladagi har bir ma’lumot Sizga kelajakda juda as qotadi. Internet tarmog’i barcha uchun mavjud bo’lib, foydalanuvchilar ko’payib borayotgani sayin firibgarlar soni ham proporsional ravishda, kun sayin emas, balki soat sayin desak adashmagan bo’lamiz, ortib bormoqda, buni sabablari esa quyidagilar:

  1. Internetdan butun dunyo aholisi foydalanadi;
  2. Foydalanuvchilar ko’p xolatda bir-birlarini ko’rmaydilar;
  3. Firibgar istagan ma’lumotini o’zgartirib, ishonchli ko’rinishda yozib qo’yishi mumkin. Bu ma’lumotni tekshirish imkoni esa deyarli yo’q;
  4. Internetda soniyalar ichida to’lovni amalga oshirish mumkin va bunday elektron to’lov tizimlari juda ko’p;
  5. Foydalanuvchilarni aldash, e’tiborini tortish juda oson bo’lib qolgan.

Bularning barchasiga sabab – foydalanuvchilarni tajribasizligi. Chunki tajribasi yo’q odam Internetga kirdi degani – shoirni qo’liga qalam o’rniga KETMON berib qo’yish deganday gapda.

Agarda Siz ham yaqinda Internetdan foydalanishni boshlagan bo’lsangiz yoki O’zingizni butunlay tajribasiz deb o’ylasangiz, unda bu maqola Siz uchun yozilgan. O’qishda davom eting. Shunchaki ko’z yugurtirib chiqmang, e’tibor bilan, tushunib, iloji bo’lsa yon daftarga izohlar yozib o’qing.

 

Internet-moshennikni qanday aniqlash mumkin?

Bir qancha sinalgan usullar

Internet-moshennikni aniqlash haqida juda ko’p gapirilgan. Lekin takrorlab turish – doim foydali

Moshenniklar hamma joyda bir xil – Internet ularga shunchaki yangi imkoniyatlar beradi. Moshenniklar ishlash tizimi doim bir xil – odamlarni aldash, yolg’on xabarlar taqdim etish yoki bajarib bo’lmas va’dalar berish.

Internetdagi moshennikni aniqlashni eng oson yo’li – ushbu holatni offlineda (kundalik hayotimizda) tasavvur etib ko’rish, ishonchli va ishonchsiz gapirayotgan odamni ajratish qo’lingizdan kelsa kerak.

Internetdagi moshenniklarni ikki toifaga bo’lish mumkin.  Birinchi holatda moshennik qurboni o’ziga tegmaydigan narsasiga, yemagan somsaga pul to’laydi. Ikkinchi – moshennik qurboni nimagadir ega bo’lishni rejalashtirmay pul to’laydi, lekin bu pullar so’ralgan narsa uchun ishlatilmaydi, aksincha uni so’ragan odamni cho’ntagida qoladi.

moshennik odamlarOddiy misol: Siz nimadir izlayotganingizda – kitob, dastur, kino, musiqa, birorta ma’lumot, Sizga qandaydir qiyshiq yasalgan, reklamaga to’la, hamda SMS yubormasdan ko’rib bo’lmaydigan porno video joylashgan saytni ko’rsatishadi. Qanchadir xarajat qilganingizdan so’ng kerakli narsani qo’lga kiritishingiz extimoli kam. Agarda kerakli videoni oldim deb o’ylasangiz ham, yuklab olgan video o’rnida Sizga shpion yoki virus dasturni berishgan bo’ladi. Siz esa video yoki kerakli mp3 yuklab oldim deb o’ylab virus yuqtirib olganingizni bilmay qolasiz. Shuning uchun biror narsa yuklab olayotganda, faylni formatini yahshilab ko’ring. Yuklab olayotganda, brauzeringiz albatta fayl formatini ko’rsatadi, musiqa bo’lsa MP3, video bo’lsa MP4 va boshqa. Agarda Siz MP3 yuklab olmoqchisizu, Sizga esa APK formatini ko’rsatmoqdami, bilingki Sizga virus yuklab olishni taklif qilishyapti.

Firibgarlikning bir turi – tez pul ishlab topish uchun har qanday usulni taklif etish. Qaytaraman – HAR QANDAY usulni. Bu doim – Sizga Yandex hamyoningizni qachondir to’ldirishni va’dalar berib aldaydigan moliyaviy piramida (taxi-money, golden-birds, ferma-sosedi va juda ko’p saytlar; Ahmadboy), yoki virtual xisob ochib pul ishlab ko’rishni taklif qiladigan Forex, Binarniy optsionlar va shunga o’xshash birjalar. Bu birjalarda pul ishlash uchun esa bu mavzuni chuqur tushunadigan 5-6 yillik tajribaga ega mutaxassislar ham gohida adashib pullarini yutqazib qo’yishadi. Umuman tajribaga ega bo’lmagan Siz va bizdek odamlar qanday qilib u yerlarda pul ishlasin? Bizni saytimiz foydalanuvchilar eng ko’p so’raydigan saytlari ham- bu moliyaviy piramidalar va forex birjalari. Bu usullardan uzoqroq yurishni maslahat beramiz. Internetda oson va tez pul topishning iloji yo’q – pulni faqat tez yo’qotish mumkin.

Yana offlayndagidek – ko’chada kimdir Sizdan pul so’rasa, keyinchalik esa uni ko’paytirib berishini aytganda, uni qayerlarga “yuborgan” bo’lar edingiz? Internetda tez pul topishni taklif qilgan firibgarlarni ham usha joylarga yuboring.

Moshennik saytlar

Moshennik odam sayti doimo Sizga yolg’on ma’lumotlar berib aldaydi va nimadir sotishga urinadi. Masalan, Sizga ochiqchasiga “Super jang qilish sirlari” nomli videodarslikni, atigi 350 rublga sotishlari mumkin. U darslikni ko’rgach, Siz bemalol Artur Taymazovni yer tishlatishingiz yoki olimpiya chempioni Hasanboy Do’stmatov bilan 3 raund jang qilishingiz, agar u charchab qolsa yana boshqa chempionlarni jangga chaqirishingiz mumkin. Yashirin reklama esa “oson pul ishlash” ko’rinishda bo’lib, Sizga kazinoni aldab yutish metodini sotib, millionlar ishlashni va’da qilishadi, aslida esa Sizga usha metodni sotib chuv tushirish – bu ularning maqsadlari. O’zingiz o’ylang, kimdir kazino aldab yutib kuniga $500-1000 ishlayotgan bo’lsa, bu usulni Sizga o’rgatib, atigi $50-60 pulingizni olib unga nima foyda? Bunday firibgarlar Sizga totalizatorlarda (bukmeker, sprotga pul tikish) oson pul yutishni, o’yinlar (futbol, tennis, hokkey va boshqa) natijasini oldindan bashorat qilishini aytib, aldab pul ishlamoqchi ham bo’lishadi. Yana o’sha savol: Nega firibgar o’zi yahshi pul topayotgan usulini boshqa odam bilan baham ko’rishi kerak? Unga bundan nima foyda? To’g’ri! Sizni chuv tushirib, aldab pulingizni olish. Oson pul topish metodi esa umuman yo’q va bo’lmagan ham!

moshennik-qarmogiga-ilinib-qolmang-qolmangAfsuski, so’ngi paytlarda bir narsaga guvoh bo’lmoqdamiz, moshenniklar sayti dizayni boshqa ishonchli saytlarnikidan ancha yahshiroq va bu sodda odamlarni e’tiborini tortmoqda! Shuning uchun saytni chiroyli ekaniga uchib qolmang. Bu Siz uchun birinchi o’rinda turmasin.

Brauzerni URL adres yoziladigan maydonida sayt nomi to’g’ri yozilganini doim tekshirib turing. Moshenniklar mashxur saytlarni nomlariga yaqin nomlarni olishadi va Sizni ishonchingizga kirmoqchi bo’lishadi, masalan:

  • Qiwi to’lov tizimining rasmiy web-sayti: https://qiwi.ru
  • Moshenniklar yaratgan Qiwi soxta sayti: http://qiwirus.ru
  • Odnoklassniki ijtimoiy tarmog’ining rasmiy web-sayti: https://odnoklassniki.ru
  • Moshenniklar yaratgan Odnoklassniki soxta sayti: http://odnoclassniki.ru

Maxfiy ma’lumotlarni (login, parol, ism-sharif va boshqa) Sizdan so’raydigan barcha ishonchli saytlar havfsizlik protokoli https dan foydalanishadi. Bu protokoldan foydalanilganda, Siz kiritgan login-parol o’rtadagi odam tomonidan o’g’irlab, yomon yo’llarda ishlatishini deyarli iloji yo’q.

Shuning uchun bunday saytlardan foydalanganda, login parolni kiritishdan avval brauzerni tepa qismida, sayt nomi yonida “Qulf” belgisiga e’tibor bering.  Yashil qulf- ishonchli. Qizil qulf – ishonchsiz (ustidan chizib qo’yilgan bo’ladi).

Misol.

Ishonchli saytlar quyidagicha ko’rinishda bo’ladi

moshennik-saytlar-https-protokoli

Agarda brauzer saytning sertifikati (https protokol) ishonchsiz (Ваше подключение не защищено)ekanini aytsa, darxol bu saytni tark eting.

Misol.

Bu saytning protokoli eskirgan, muddati tugagan yoki moshennik tomonidan qo’lbola qilib yaratilgan. Ya’ni bu sayt ishonchsiz sayt (misol sifatida o’zimizni saytni qo’ydik, lekin bu bizni sayt ishonchlimas degani emas :))

moshenniklar-sayti-eskirgan-https

Tajribasi yo’q odamlar ko’pincha saytning bunday jihatlariga e’tibor berishmaydi va soxta saytlar qurboniga aylanishadi.

Eng havflisi ijtimoiy tarmoqlar, bank va moliya sohasiga oid bo’lgan soxta saytlar. Ko’pgina banklar, mashxur fayl almashish tizimlari, ijtimoiy tarmoqlarni soxta nusxalari aniqlangan. Chunki bunday saytlarda asosan parolni, plastik karta va boshqa maxfiy ma’lumotlarni kiritish talab etiladi. O’zingiz o’ylab ko’ring, moshennik sayt qurboniga aylanib, ushbu maxfiy ma’lumotlarni ularga o’g’irlatib qo’ysangiz nima bo’ladi?!

moshennik-saytlardan-qochishSayyoramizda birorta sayt ham firibgarlardan sug’urtalanmagan. Hamda, original sayt qanchalik mashxur, odam ko’p kiradigan va himoyalangan bo’lsin, uni qalbaki nusxasini yaratishlari ehtimoli shunchalik katta bo’ladi. Internet tarmog’ida Odnoklassniki, Vkontakte, Feysbuk, Webmoney va shunga o’xshash mashxur va uncha mashxur bo’lmagan saytlarning soxta nusxalari yashab kelmoqda. Runetning o’zida (oxiri .ru bilan tugaydigan saytlar), xisob-kitoblarga qaraganda 1 milliondan ortiq qalbaki saytlar mavjud.
Saytga tashrif buyurib,  uni HTTPS protokoliga e’tibor bering. Hozirgi kunda deyarli barcha ishonchli saytlar HTTPS-protokolidan foydalanadilar. HTTPSni tekshirish bilan esa yuqorida tanishdik. Lekin bu degani sayt HTTPS protokolidan foydalanmasa, u ishonchsiz degani emas. Bazi bir jihatlar borki, ularga e’tibor qaratib, saytni ishonchli yoki qalbaki ekanligini farqlab olishingiz mumkin. Pastda ular haqida yozamiz

  1. Eng asosiysi – saytning URL manzili. Moshenniklar bu yerda har xil chalg’itish yo’llaridan foydalanadi. Misol uchun, mashxur “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog’inin rasmiy web saytini olaylik. Saytning asl manzili quyidagicha: www.odnoklassniki.ru. Aferistlar, foydalanuvchini chalg’itish uchun, asl saytga yaqinroq domenlarni (saytning nomi) tanlaydilar, masalan:
    • odnoklasniki.ru
    • odnoclassniki.ru
    • odnoklassnlki.ru va shunga o’xshash boshqacha domenlar. Ko’rib turganingizdek. qalbaki sayt nomlarida 1-2 ta harflari o’zgartirilgan holos. Ya’ni, bir qarashda sayt manzili ishonchli ko’rinishi mumkin.

    Keyin bu manzillarga asl “odnoklassniki” saytning aniq va ajratib bo’lmaydigan nusxalari joylashtiriladi va firibgarlik boshlanadi.

    Saytlarni manziliga e’tibor bering! Agarda saytni asl yoki soxta ekanligiga shubxa tug’ilsa – birorta poiskovikda “Официальный сайт Одноклассники” deb qidiring. Birinchi o’rinda doim asl saytni ko’rsatishadi. Bundan so’ng usha ssilka bo’yicha saytga o’tishingiz yoki o’zingiz yozgan manzil bilan solishtirishingiz mumkin.

  2. Saytdagi ma’lumotlarni e’tibor bilan kuzating – verstkadagi xatoliklar (bloklar va rasmlar qiyshiq joylashgan, bir-birini berkitib qo’ygan matn va boshqa kamchiliklar) va imloviy xatolar bu saytda bir gap bor – degan belgidir. Bu sayt yoki qalbaki sayt yoki saytni yurgazishga pul ayab, unga e’tibor bermay qo’ygan odamniki. Ikkala holatda ham, Sizga bu saytlarga kirmaslikni maslahat beramiz.
  3. Yangiliklar bloki, izohlar va boshqa ma’lumotlar ostidagi san’aga e’tibor bering – qalbaki saytlarda san’alar eskirgan bo’ladi. Buni tushuntirish oddiy – moshenniklar uchun bu qiziq emas, chunki saytdagi san’alarni yangilab qo’yish ular uchun erish tuyiladi, ahir sahifa kodlarini qayta yozish kerakda. Saytdagi asosiy funksiyalar ishlamaydi, faqatgina asosiy sahifaning rasmi joylashtirilgan bo’ladi.
  4. Qalbaki sayt menyulari, ssilkalar, sarlavhalar ustiga sichqonchani olib boring (bosmang). Deyarli barcha brauzerda ssilkalarni translyatsiya qilish funksiyasi bor – brauzer pastki chap yoki o’ng tomonida sichqoncha olib borilgan ssilka adresi ko’rsatiladi. Aktiv ssilkalarning barchasi har xil URL manzilga olib borishi kerak! Agarda barchasida yagona URL manzil ko’rsatilgan bo’lsa, asosan, URL manzil oxirida “=” va “#” belgilari bo’lsa – Siz kirib turgan sayt qalbaki. Bir xil URL manzilga eltuvchi saytlarda qayerga bossangiz ham – yagona, ya’ni moshennik Sizni eltishni istagan sahifa borib qolaverasiz (masalan, u yerda Sizdan nomeringizni so’rashlari yoki SMS yuborishni talab qilishadi, yoki hech nima bo’lmaydi (“o’lik” ssilka).
  5. Moshenniklar saytida deyarli hech qachon kontakt ma’lumotlar, bog’lanish formasi bo’lmaydi yoki shunchaki ishlamaydi, xatto aloqa bog’lash ma’lumotlariga kirsangiz, u yer bo’m-bo’sh bo’lishi mumkin.
  6. Moshennik saytlarda izohlar daftari va forum bo’lmaydi, bo’lgan taqdirda ham barchasi eskirgan yoki faqat saytni maqtab yozilgan mavzular bo’ladi. So’ngi paytlar o’ta savodli yaratilgan soxta saytlar ko’payib ketgan. Saytda izoh daftari, forum va hattoki chat ham bor. Siz izoh qoldirasiz va shu zaxoti Sizgan yozgan izoh saytda paydo bo’ladi. Aslida esa, bu haqiqiy firibgarlik – Sizning izoh faqat Sizni brauzerdagina ko’rinadi, saytda esa hech nima yozilmaydi. Buni tekshirishni oson yo’li – boshqa brauzerdan huddi o’sha saytga kirib izohingizni tekshirib ko’rish. Shuningdek chatlar o’rnatilgan bo’ladi. Foydalanuvchi saytga kirib, chatda rosa gurung avjida ekanku deb o’yladi, har bir odam yozgan xabar bir-birinikini yopib ketaveradi. Foydalanuvchi o’zi ham xabar qoldirishi mumkin va shu zaxoti yozilgan xabar paydo bo’ladi. Lekin bu ham bir fitna. Siz yozgan xabar faqat Sizga ko’rinadi, chatdagi boshqa xabarlar esa – har doim bir narsani qaytarib yozaveradigan robotlar. Bu yerda hech qanday tirik suhbat haqida gap bo’lishi mumkin emas, avvaldan tayyorlab qo’yilgan gaplarni maxsus dastur yozib turaveradi. Saytda ko’proq o’tirib ko’ring, xabarlar qayta-qayta yozilayotganiga amin bo’lasiz.
  7. Haqiqiy saytlar hech qachon Sizdan qisqa raqamlarga SMS yuborishni so’ramaydilar! Nari borsa – Sizdan SMSni qabul qilishinigz uchun telefon raqamni so’rashlari mumkin. Lekin hech ham buning aksini emas! Sizni odam yoki robot ekanligingizni tekshirish uchun mo’ljallangan, Sizga simvol yoki raqamlarni, matematik misollarni beradigan (masalan, 3+4=?) – Kapcha xavfsizlik tizimi allaqachon o’ylab topilgan. SMS yuborishingizni so’rab, Sizni odam ekanligingizni tekshiramiz deyishlari – bu haqiqiy yolg’on. Pul undirish uchun bir firibgarlik…
  8. Qisqa raqamlar servisiga SMS yuborishni so’raydigan haqiqiy saytlar hech qachon SMSni nima uchun yuborishlarini rostini aytadilar (alday olmaydilar). Masalan, film ko’rish uchun status olish, sovg’a, saytga kirish uchun kod va boshqalar bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, doim sms narxi va uni narxini aniqlaydigan saytga ssilka ham turadi.
  9. Izoh qoldirish. Moshennik saytlar’da izoh qoldirishni iloji yo’q, yoki izoh moderatsiyadan o’tgach e’lon qilinadi (aniqrog’i qilinmaydi).
  10. Aloqa bog’lash. Moshennik saytda na sayt administratori, na sayt ishtirokchilarini telefon raqami, webmoney tizimi attestati yoki boshqa kontaktlar birortasi bo’lmaydi.
  11. Saytning poiskdagi (google, yandex va boshqa) reytingi nolga teng yoki umuman ban qilingan (bloklangan) bo’ladi. Buni tekshirish uchun maxsus servislardan foydalanish mumkin.

moshennik-saytlar

Xulosa: Kerakli saytga o’tayotganda juda ehtiyot bo’ling! Bu sayt orqali servisga bir SMS yuborish narxini bilib olishingiz mumkin. Bizni saytni keyingi safar qidirib yurmaslik uchun ИЗБРАННОЕ (Добавить в Закладки yoki brauzerni tepasida yulduzchaga bosasiz) ga qo’shib qo’yishni unutmang. 

Pul-ishlash.ru sayti raxbariyati moshennik saytlarga qurbon bo’lganlar, firibgarlarga duch kelganlar va Internetda chuv tushganlardan o’sha saytlar nomini yozib qoldirishlarini iltimos qiladi. Toki boshqa foydalanuvchilar ham ogoh bo’lsinlar. Shuningdek Элементы.Яндекса kengaytmasini brauzeringizga o’rnatishni maslahat beramiz. Bu servis Siz qalbaki saytlarga o’tsangiz signal berib turadi.

So’ngi so’z o’rnida shuni aytib o’tish joizki, bu maqolani e’tiborsiz qoldirmang va uni ijtimoiy tarmoqlarda, yaqinlaringiz bilan bo’lishing. Buning uchun shunchaki maqola tagida, o’zingizga kerakli ijtimoiy tarmoq tugmasiga bossangiz kifoya. Shunda biz moshenniklar qarmog’iga ilinmasdan bir-birimizga yordam bera olamiz! E’tibor uchun rahmat!

Maqola Sizga yoqdimi? Do'stlaringiz bilan baham ko'ring:

Izohlar soni: 10ta

  1. Vanihoyat!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! YANA YANGI MAQOLALARNI KUTIB QOLAMIZZZZ OMAADDDD

  2. zur chiqipti maqola,) feyk saytlarga juda kop kirib qolaman login parol orniga bir ikta yaxwigina soz yozib chiqaman :D

  3. Western unionga qaysi kashilokdan pul chursa boladi. Òzi iloji bomi?

  4. Сани узингга нима фойда бунча маьлумот беришдан ?

  5. auto-monis.ru saytiga shubxam bor Siz aytgandek tekshirib kurdim Siz xam tekshirib bering iltimos

  6. Nimaga endi forexdan uzoq yurishimiz kerek.Forex haqida yaxshi malumotga eGa emassan shekilli

    • Adminni sansirama ey it! U seni otang bilmagan narsalaniyam biladi shunchaki forex bilan qimorga aralashmagan maqul deydi. sen ozi kimsanki forex haqida gapirasan? Qanca pul topgansan u yerda? 10 dollarmi kerilib qoldingmi ozingcha/

Sizga maqola yoqmadimi? Bu ma'lumot eskirganmi? Savollaringiz bormi? - barchasini izoh orqali qoldiring.

Izoh qoldirish

Sizning email manzilingizni hech kim ko'rmaydi.

*