Система Orphus
Pul-ishlash.ru - Bizdan uzoqlashib, bekorchilikka yaqinlashmang!
Neobux orqali ko'proq daromad olish. AdPrize va NeoPoint haqida

Neobux orqali ko’proq daromad olish. AdPrize va NeoPoint haqida

Neobux orqali pul topish usuli juda eskirgan va u orqali pul topishni Sizga endilikda tavsiya qilmaymiz. Saytimizdagi eng yangi va eng zo’r pul topish metodlari:Ijtimoiy tarmoqlar orqali pul ishlash – eng yaxshi va muntazam daromad olish usuli.Rasmdagi kodni (captcha) kiritgan holda pul topish – klaviaturani kerakli mashg’ulotga ishlating

Bu maqolamiz Neobux orqali daromad olishni boshlaganlarga bag’ishlanadi. Agar Sizda Neobux akkaunti hali ham bo’lmasa – bu maqolani o’qing. Neobux orqali ko’p pul ishlash uchun nima qilish kerak? Ushbu maqolada batafsil ma’lumot olasiz.

Neobux orqali click qilib ko’rgan bo’lsangiz, bir narsaga e’tibor bergan bo’lishingiz kerak. Reklamaga bosib, so’ngra qizil shaklga bosishingizdan oldin barcha ko’radigan reklamangiz Sizga $0.001 dan tashqari yana bir qancha bonuslarni (Bonus pack) berishini aytishgan bo’lsa kerak. Balkim Siz bu xabarga e’tibor bermagandirsiz. Mana o’sha xabar:

Neobux orqali ko'proq daromad olish. AdPrize va NeoPoint haqida

Bonus packda nimalar bor?

Rasmdagi misolda aytilmoqda-ki “Ushbu reklamani ko’rish Sizga $0.001 va quyidagilarni beradi:

  • 1 dona Point (ilgari NeoPoint edi)
  • 3 marotaba AdPrize o’yinida ishtirok etish imkoniyati (ilgari 2 marotaba edi)
  • har soatda o’ynaladigan 120 ta $0.50 yutuqdan birini yutib olish imkoniyati

Demak, Siz Neobux orqali 1ta klik uchun oladigan daromad, o’ylaganingizdek $0.001 emas, balki ko’proq ekan. Buni matematik formulaga qo’yib, hisoblab berishimiz mumkin, lekin boshingizni og’ritish niyatimiz yo’q. Bu maqolada barchasi sodda qilib tushuntiriladi.

NeoPoint nima? Uni qanday ishlatish mumkin?

NeoPoint  – bu Neobuxning ichki valyutasi, uni quyidagilarga ishlatishingiz mumkin:

  • Golden statusini olish uchun: 30 000 Point = 1 yillik Golden statusi (Pointni Golden olish uchun yig’ish eng foydalisi)
  • Ijaraga olingan referal muddatini uzaytirish( 1ta referal = 93 Point)
  • Taklif qilish uchun referallar limitini oshirish: 500 Point = Referal limitini bittaga oshirish

Agarda 3 ta jarayonni ham pulga chaqib, hisoblab chiqsak, bizga eng foydalisi bu 30 000 Point to’plash va Golden statusini olish. Qolganlariga ishlatishni maslahat bermagan bo’lar edik. 30 000 Point – bu 30 000 marta klik qilish degani. “Buncha to’plash uchun qancha umrimni sarf qilaman ahir” deb o’ylayotgan bo’lsangiz, Sizni hursand qilmoqchimiz, AdPrize o’yini orqali 10tadan 10 000tagacha Point yutib olishingiz mumkin.

AdPrize o’zi nima?

Neobux sayti admini o’z foydalanuvchilariga sovg’a sifatida har kuni yutuqlar taqdim etadi. Bunga o’xshash o’yinni Siz ClixSense orqali ClixGrid o’yinida ko’rgan bo’lishingiz mumkin.

Neobux AdPrize o’yinida yutish uchun Sizda barcha imkoniyatlar mavjud. AdPrize taqdim etgan yutuqlarni yutish chegaralanmagan – bu degani har kuni o’ynab, yutishingiz mumkin. Shuning uchun AdPrize reklamalarini bitta ham qoldirmay ko’rishni tavsiya etamiz. Eslatib o’tamiz, AdPrize – bu bonus o’yini bo’lib, har kuni Siz ko’radigan reklamaga qo’shimcha sifatida AdPrize o’yinida ishtirok etish uchun 3ta imkoniyat taqdim etiladi. Bu degani, Siz bir kunda 20ta reklama ko’rsangiz, 60 marotaba AdPrize o’yinida ishtirok etib, daromad olish imkoniga egasiz. E’tiboringizni shunga qaratmoqchimizki, AdPrize o’yinidagi imkoniyatlarni ishlatish vaqti chegaralangan. Agarda Siz ularni 90 daqiqa mobaynida ishlatmas ekansiz, ular yo’q bo’lib qoladi.

Neobux forumiga tashrif buyursangiz, u yerda foydalanuvchilar o’zlariga tushgan yutuqlarni rasmga olib, joylashtirishgan. Xatto shunday holatlar ham bo’lganki, bir foydalanuvchi ikki marotaba Golden akkaunt sohibi bo’lgan.

AdPrizeda yutish uchun nima qilish kerak?

Yuqorida aytganimizdek, Sizda 20ta reklama ko’rganingiz uchun, 60 marotaba Adprize o’yinida ishtirok etish imkoni tug’ildi deylik. AdPrize o’yinini o’ynash – deganda, reklamalarni bepul tomosha qilish, lekin nimadir yutish imkoni tushuniladi. O’yinni o’ynash uchun Sizda 90 daqiqa vaqt bo’ladi. Demak, har kungi ssilkalarga bosib chiqqan bo’lsangiz, darxol AdPrize o’yinini o’ynab imkoniyatlaringizdan foydalaning.

Yutuqlarni tutish uchun – reklamalar joylashgan sahifaning pastki qismidagi yashil kvadratga bosishimiz kerak:

Neobux orqali ko'proq daromad olish. AdPrize va NeoPoint haqida

Birorta ssilkaga bosib reklama ko’ramiz

Neobux orqali ko'proq daromad olish. AdPrize va NeoPoint haqida

Bizga $0.001 pul va 1ta bonus pack berilgani haqida xabarni ko’rsatishadi. Bonus packda esa bizga kerakli bo’lgan, 3ta AdPrize o’yinida ishtirok etish imkoniyati bor. Bir dona reklama ko’rgandan keyingi xolat:

Neobux orqali ko'proq daromad olish. AdPrize va NeoPoint haqida

Kvadratga bosgach, yangi sahifa ochilib, Sizga oddiy klik qilib ko’rganingiz kabi reklamalar namoyish etiladi.

Neobux orqali ko'proq daromad olish. AdPrize va NeoPoint haqida

Faqat bu yerda Sizga $0.001 pul berishmaydi. Yutganingiz yoki yutmaganingiz haqida xabar ko’rsatiladi. Close tugmasini bosib, reklamani yopib yubormaymiz. Imkoniyatimiz nechta bo’lsa, Sizga shuncha reklama ko’rsatiladi. Reklama namoyishi tugagach, tepada,  Neobux logotipi yonida, ko’k rangda next tugmasi paydo bo’ladi. Yutmaguningizcha next tugmasini bosaverasiz. Imkoniyatlar tugagach, faqatgina close tugmasini o’zini qoladi. Shundagina oynani yopish mumkin.

Neobux orqali ko'proq daromad olish. AdPrize va NeoPoint haqida

Yutuq chiqqanda Sizga quyidagicha xabar ko’rsatiladi:

2dollar
100-points

Agarda imkoniyatlardan foydalanmasangiz, ular qancha vaqtda yo’q bo’lishini bilasiz. Vaqt tugashiga 60 daqiqa qolganda, AdPrize belgisi tepasida quyidagicha taymerni ko’rish mumkin

Neobux orqali ko'proq daromad olish. AdPrize va NeoPoint haqida

24ta imkoniyat bor. Tugash vaqti: 20 daqiqayu 25 soniya

Yodda tuting: Neobuxda klik qilib, ancha vaqt bitta sahifaga tikilib o’tirish joningizga tegib ketishi mumkin. Sizga bir sirni ochamiz. Brauzerni ikki marta oching (vkladkani emas!),  birinchi oynada neobuxni ochib qo’ying, ikkinchisida esa o’zingiz hohlagan ishni qilavering. Muhimi ALT+TAB tugmasini bosib, birinchi oynaga qaytib next tugmasini bosib turishni unutmang. Neobuxdagi boshqa kliklarni ham shu tartibda qilsa bo’ladi. Yoki yana bir variant, bir oynani chap tomonga, ikkinchisini o’ng tomonga bog’lab qo’yish. Yahshisi rasm orqali ko’rsatamiz :)

Neobux orqali ko'proq daromad olish. AdPrize va NeoPoint haqida

Neobuxda daromad olish va o’z ishini ham bitirish

AdPrizeda daromad olishninig eng muhim jihati shuki – bu qimor o’yin emas. Hech kim o’yinda ishtirok etish uchun pul to’lamaydi. Bu bazi bir foydalanuvchilarimiz uchun juda muxim bo’lishi mumkin. Bu o’yinda barcha ishtirok eta oladi va hech kim yutqazmaydi!

 Qanday yutuqlar o’ynaladi?

Gold-akkauntlar (baxosi $1080 bo’lgan 12ta Gold-akkaunti)

  • 12 x Gold-akkaunt = $1080

Pullik yutuqlar ($1300 pul 1209ta yutuqqa ajratilgan)

  • 600 х $0.25 = $150
  • 300 х $0.50 = $150
  • 150 х $1.00 = $150
  • 100 х $2.00 = $200
  • 30 х $5.00 = $150
  • 20 х $10.00 = $200
  • 6 х $25.00 = $150
  • 3 х $ 50.00 = $150

Pointlar (65 000 Point 2216 yutuqqa ajratilgan)

  • 2000 x 10 Points = 20000 Points
  • 200 x 100 Points = 20000 Points
  • 15 x 1000  Points = 15000 Points
  • 1 x 10000 Points = 10000 Points

Hozirgi vaqtda yutuqlar katta emas, o’ylaymizki, kelajakda bizga va Sizga ham omad kulib boqadi!

Neobux orqali ko'proq daromad olish. AdPrize va NeoPoint haqida

AdPrize o’yini orqali bugun hech narsa yuta olmagan bo’lsangiz, aslo tushkunlikka tushmang. Bugun yutmagan bo’lsangiz, ertaga yutasiz, ertaga yutmasangiz, indiniga yutasiz. Unutmang, Neobux sizning tirishqoqligingizni albatta baxolaydi.

Yangiliklarga obuna bo’ling. Pastdagi maydonga e-mail manzilingizni kiriting va yangi maqolalardan xabardor bo’ling!

Maqola Sizga yoqdimi? Do'stlaringiz bilan baham ko'ring:

Izohlar soni: 15ta

  1. Maqola ajoyib rahmat. Pointlarni REferallarga yoki gold accountga almashtiradigan joyni topa olmayamman yordam berib yuboring

    • Pointni referalga almashtirishga emas, referallar muddatini uzaytirishga ishlating. Buning uchun avval referal ijaraga olish kerak

  2. xop_ularni_muddatini_uzaytiriw_uchun_qaysi_joyiga_kirib_nimalar_qilaman

  3. qandayrdir maqolada referallarni 240 kungacha chozdiriw deb yozib qoyipti. meni referallarim hozircha yaxshi klik qiliwmoqda. ularni tugap qomasidan chozdirsam boladimi va qanday qilib

  4. iltimos yuqoridagi savolimga javob bersangiz. rahmat

  5. neobux da clicklar qachon server vaqtiga togri kelishini tushunmadm iltimos toliqroq malumot bersangiz

    • Bundanda aniq ma’lumot berolmaymiz. Siz eng muximi reklamalar joylashgan sahifani eng tepasini o’qing. U yerda “You didn’t click today at server time” degan yozuv bo’lmasa bas :)

  6. keyinmicro advertisement ni chiqishiga click keremi men qimodm ochib ketdi birozdan sobg

  7. men qachon click qsam server vaqtiga togri keladi?
    shuni tushunmayapman

  8. Har kuni bir vaqtda qiling, bo’ldi boshqa hech nimaga boshingizni og’ritmang. Server vaqti degan tushunchani ham unuting

  9. Standart exposure dagi reklama puli ko’rsatilgan joy yonida globuschani rasmiham bor bu nma belgi? oldin bunaqasi chiqmagan Javob u-n oldindan raxmat !!!

  10. Man bugun registratsiya qildim lekin addprize blokked deyapti nia qilishim k.k

  11. Salom, referal togrisida tshuncha bera olasizmi?neobuxda faqat reklama korib pul ishlanadimi ?

Sizga maqola yoqmadimi? Bu ma'lumot eskirganmi? Savollaringiz bormi? - barchasini izoh orqali qoldiring.

Izoh qoldirish

Sizning email manzilingizni hech kim ko'rmaydi.

*