Система Orphus
Pul-ishlash.ru - Bizdan uzoqlashib, bekorchilikka yaqinlashmang!
Neobux saytida click qilib pul ishlash

Neobux saytida click qilib pul ishlash

Neobux orqali pul topish usuli juda eskirgan va u orqali pul topishni Sizga endilikda tavsiya qilmaymiz. Saytimizdagi eng yangi va eng zo’r pul topish metodlari:Ijtimoiy tarmoqlar orqali pul ishlash – eng yaxshi va muntazam daromad olish usuli.Rasmdagi kodni (captcha) kiritgan holda pul topish – klaviaturani kerakli mashg’ulotga ishlating

Sarlavhani o’qib darxol hayolingizga click nima degan savol kelgan bo’lsa, click  – bu sichqoncha tugmasini bosganingizda chiqadigan ovoz :). Ya’ni sichqonchani shunchaki birorta ssilkaga (reklamaga) bosib, uni tomosha qilganingiz uchun pul ishlash. Ushbu maqolani o’qishdan avval click qilib pul ishlash uchun atalgan maxsus maqolamizni  o’qib chiqishni maslahat beramiz.

Agarda Siz saytimizni anchadan beri kuzatib borayotgan bo’lsangiz, pul topish usullarini ko’pi bilan tanishgansiz. Saytimiz orqali taqdim etilgan pul ishlash usullari ichidan birortasini alohida ajratib ko’rsata olmaymiz, chunki barchasini o’ziga yarasha kamchiliklari va afzalliklari bor. Demak ularni ichidan o’zingizga maqulini tanlash – bu Sizga havola. Lekin, bu maqolamizda keltiriladigan usul – Neobux ularni ichida eng osoni desa bo’ladi. Chunki bu turdagi PTC saytlari uzoq yashamaydilar, nari borsa 5-6 oy ishlashadi, o’zlariga kerakli daromadni yig’ib olgach qochib qolishadi. Ancha pul ishlab qo’ygan foydalanuvchilar esa qolib ketaverishadi. Neobux esa o’z faoliyatini 7 yildan beri yuritib kelmoqda va hali beri to’htab qolish niyatida emas. Saytda kuniga o’rtacha hisobda foydalanuvchilarga $90.000 pul to’lanadi, 13.000-14.000 ta odam ro’yhatdan o’tadi va 19.000.000-20.000.000 ta reklama tomosha qilinadiDemak shularni ichida Sizning ham rizqingiz bo’lishi mumkin. Shu faktlarga asoslangan holda Neobuxni eng zo’r PTC deya olamiz. Sayt orqali yechilgan pul chekini taqdim etamiz:

neobux saytidan pul yechish

Neobux saytidan yechilgan pul $105.78

Neobuxda pul ishlash osonmi? Qancha pul topsa bo’ladi?

Sizdan ko’p narsa talab etilmaydi, faqatgina click qilish va evaziga arzimagan 1-2 cent pul ishlash. “Kuniga 1-2 cent pul? Bu nimasi? Ustimizdan kulyapsizmi?” – va yana shunga o’xshash savollar Sizda paydo bo’lgan bo’lsa hayron bo’lmaymiz, chunki o’zimiz ham shunday degan bo’lardik. Gap shundaki, agar Sizda sabr qilish kuchli rivojlangan bo’lsa, bu daromadni 7-8 oydan so’ng kuniga $10-$20 dollarga bemalol yetkazishingiz mumkin. Bu oyiga $300-$600pul ishlash degani. “Nima bizni ahmoq deb o’ylayaptimi? Har baloni yozaverar ekanda? Unda hamma Internet orqali boyib ketmaydimi?” – degan savollar ham kelishi aniq. Shunisi aniqki, Sizdan oldin qanchadan qancha odam bu usulni qo’llab ko’rishgan, to’g’ri, hammasi ham boyib ketmagan, kimdir oxirigacha yetkazmay tashlab ketgan, yana kimdir yahshi ishlamagan va hokazo. Yahshilab harakat qilganlar va hamma aytilgan qoidalarga amal qilib ishlaganlar mo’maygina daromad olishgan, olishmoqda ham.

Eslatma! Saytdagi har bir reklamani ochish uchun albatta bizdan Internet talab qilinadi. Internet tekinga ishlamaydi va bizga trafik (megabayt) kerak bo’ladi. Neobuxda aktiv ishlashni boshlashangiz, Sizga kuniga o’rtacha 10-15 mb trafik kerak bo’ladi. Buni ham hisobga olishni unutmang. Kimdadir uyida yoki ishxonasida unlim(cheksiz Internet) ulangan bo’lsa, bu ayni muddao.

royxatdan_otish

Neobuxda qanday pul ishlanadi? Asosiy yo’l-yo’riqlar.

Demak, qanday qilib kunlik daromadni $10-$20 dollarga yetkazish mumkin degan savol Sizni qiziqtirayotgan bo’lsa, biz ham iloji boricha tezroq unga javob bermoqchimiz. Bu juda ham oddiy! Neobuxga kuniga 30 daqiqadan ko’p vaqt ajratmaysiz (masalan, bizda bu 10 daqiqadan ko’p vaqtni olmaydi). Ro’yhatdan o’tgach, Sizga reklamalar ro’yxati beriladi, Sizning vazifa – ularni tomosha qilish. Bu o’rtacha 3-5 soniya (bir xillarida super reklama tushsa – 30 soniya). 3-5 soniya vaqtingizni olishgani evaziga har bir reklama uchun $0.001 (super reklama tushib qolsa – $0.01) pul to’lashadi. Reklamalar ro’yxatida o’rtacha 20-40 ta reklama bo’ladi. Agar Siz ularni barchasini ko’rib chiqsangiz, bu $0.02 – $0.05 pul topish degani. Demak, ishlashni boshlaganingiz zahoti kuniga $0.02 – $0.05 pul topish imkoniyatingiz bor. “Vaxaxaxa! Telefonimda gaplashishga bundan ko’p pul ishlatamanku!”ga o’xshash gaplarni hayolingizdan o’tkazishga shoshilmang. Neobuxda boshqa PTC saytlarda mavjud bo’lmagan xizmatlar bor va ular orqali daromadingizni ancha-muncha oshirishingiz mumkin. Ulardan biri – referal sotib olish xizmati. Referal – bu Siz orqali saytga tashrif buyurgan odam, ya’ni Siz saytga kimnidir olib kelganingiz uchun pul olasiz. Neobux referalingiz click qilib topgan foydaning 50 foizini Sizga to’laydi. Lekin bu degani referalingizdan 50 foiz tortib olinadi degani emas, bu foizni sayt o’z yonidan to’laydi. Masalan, Siz saytga 10ta referal boshlab keldingiz va ular kuniga o’rtacha 20ta click qilmoqdalar. Keling buni hisoblab chiqamiz:

  • Referallar soni: 10ta
  • Clicklar soni: 20ta
  • Click narxi: $0.001
  • Bir kunlik foyda: $0.1  (10 * 20 * 0.001 = 0.2 * 50% = $0.1)
  • Bir oylik foyda: $3 ($0.1 * 30kun = $3)

Demak, agarda Siz saytga 10ta referal boshlab kelsangiz, referallarning o’zidan kuniga $0.1 foyda olar ekansiz, o’zingiz oladigan foyda bilan birga bu $0.12 – $0.15 tashkil etishi mumkin. Lekin, hammada ham taklif qiladigan odami bo’lavermaydi. Siz hech kimni taklif qila olmayman deb o’ylasangiz, unda referal taklif qilish borasida o’ylab boshingizni og’ritmang. Sizga Neobux referal sotib olish xizmati orqali yordam beradi. Neobux  sayti referallar paketini taqdim etadi:

  • $0.6 = 3ta referal
  • $1 = 5ta referal
  • $2 = 10ta referal
  • $5 = 25ta referal
  • $10 = 50ta referal

Bu tarifda eng arzon paket $0.6 ni tashkil etadi, bu pul evaziga Siz 3ta referalni bir oy muddatga sotib olishingiz mumkin. Har qanday paketda (hatto $10) referallar narxi doim bir xil, $0.2 = bitta referal. Siz eng arzon paket orqali 3 ta referal sotib olishingiz uchun, $0.6 pul ishlashingiz kerak bo’lar ekan. Keling bunga qancha vaqt ketishini hisoblab chiqamiz:

  • Kunlik clicklar soni: 40ta (kun bo’yi aktiv bo’lsangiz)
  • Clicklar narxi o’rtacha: $0.002 ($0.01 lik clicklar chiqib qolishini inobatga olib)
  • Bir kunlik daromad: $0.002 * 40 = $0.08
  • Kerakli summa: $0.6

0.6 / 0.08 = 8 kun

Demak, Siz 8 kun to’xtovsiz ishladingiz va topilgan summaga ($0.6) referal sotib oldingiz. Endi Siz bir o’zingiz emassiz, Sizning 3ta referalingiz bor va ular Sizga qo’shimcha daromad olib keladilar. Sizning foyda ham shunga yarasha oshib boradi. Lekin, shunday referallar ham bo’ladiki, ular kam click qiladilar yoki qilmaydilar ularni inobatga olmay ilojimiz yo’q. 3ta referal bilan birgalikda Sizning kunlik daromad $0.1 dan oshiqroq bo’ladi. Endigi maqsad esa referallar sonini yanada oshirish va $10 lik paketni sotib olib, referallaringiz sonini 300ta yetkazish bo’ladi. Nega 300ta? Ko’proq emas? – deysizmi? Gap shundaki Neobux da Sizga ro’yxatdan o’tayotganingizda standart akkaunt beriladi. Bu akkauntning esa imkoniyatlari chegaralangan, ya’ni eng ko’pi 300 ta referal sotib olish mumkin. Yanada ko’proq referal olmoqchi bo’lsangiz, Sizga golden akkaunt kerak bo’ladi. Mana bu yerda akkauntlar tarifi yoritilgan:

 Standard
 Golden
 Emerald
 Platinum
 Sapphire
 Diamond
 Ultimate 
300 2000 2000 2000 2500 3000 4000

Golden akkauntning yana bir afzalligi shundaki, undagi har bir click Sizga avvalgidek $0.001 emas, $0.01 daromad olib keladi, referallaringiz qilgan click esa har bir click uchun $0.005 pul keltiradi. Bu dahshat! Faqat, Golden akkaunt  ham arzon emas, bor yo’g’i $80. Bu pulni Neobuxda ishlab topishgiz yoki o’zingiz yoningizdan tushirishingiz mumkin. Lekin, biz birinchi navbatda sayt bilan yahshilab tanishib chiqishni, o’zingiz daromadingizni $90 olib chiqqach, Golden akkaunt sotib olishni maslahat beramiz. $80 to’plash uchun qancha vaqt ketadi? Buni hisoblaymiz:

1-hafta

  • Referallar soni: yo’q
  • Bir kunlik foyda: $0.002 * 40 = $0.08 (referalsiz)
  • Umumiy foyda: $0.56 (7kun * 0.08 = 0.56)

2-hafta

  • Referallar soni: yo’q
  • Bir kunlik foyda: $0.002 * 40 = $0.08 (referalsiz)
  • Umumiy foyda: $0.56 + $0.56 = $1.12 (o’tkan haftadagi $0.56 bilan)

3-hafta

  • Referallar soni: 3ta (-$0.6)
  • Bir kunlik foyda: ($0.002 * 40) + (3 * $0.001 * 30) = $0.17  (referal bilan)
  • Umumiy foyda: $0.17  *  7kun=  $1.19 + $0.52 (qoldiq) = $1.71

4-hafta

  • Referallar soni:  3 + 8 = 11ta (-$1.6)
  • Bir kunlik foyda: ($0.002 * 40) + (11 * $0.001 * 30) = $0.41  (referal bilan)
  • Umumiy foyda: $0.41  *  7kun=  $2.87 + $0.11 qoldiq = $2.98

4-hafta

  • Referallar soni:  11 + 14 = 25ta (-$2.8)
  • Bir kunlik foyda: ($0.002 * 40) + (25 * $0.001 * 30) = $0.83  (referal bilan)
  • Umumiy foyda: $0.83  *  7kun=  $5.81 + $0.18 qoldiq = $6

5-hafta

  • Referallar soni:  25 + 30 = 55ta (-$6)
  • Bir kunlik foyda: ($0.002 * 40) + (55 * $0.001 * 30) = $1.73  (referal bilan)
  • Umumiy foyda: $1.73  *  7kun=  $12.11 (qoldiq yo’q)

6-hafta

  • Referallar soni:  55 + 60 – 3 = 112ta (-$12 va  1 oyga olingani tufayli 3 ta referal ayiramiz)
  • Bir kunlik foyda: ($0.002 * 40) + (112 * $0.001 * 30) = $3.44 (referal bilan)
  • Umumiy foyda: $3.44 *  7kun=  $24.08

7-hafta

  • Referallar soni:  112 + 120 – 8= 224ta (-$24 va 1 oyga olingani tufayli 8 ta referal ayiramiz)
  • Bir kunlik foyda: ($0.002 * 40) + (224 * $0.001 * 30) = $6.72 (referal bilan)
  • Umumiy foyda: $6.72 *  7kun=  $47.04

8-hafta

  • Referallar soni:  224 +  90 – 14= 300ta (-$18 va 1 oyga olingani tufayli 14 ta referal ayiramiz)
  • Bir kunlik foyda: ($0.002 * 40) + (300 * $0.001 * 30) = $9 (referal bilan)
  • Umumiy foyda: $9 *  7kun=  $63 + $29 qoldiq = $92

Ko’rib turganingizdek yuqoridagi hisob-kitoblarga ko’ra $80 topib Golden akkaunt sotib olish uchun 8 hafta vaqt yetar ekan. Albatta hammasi biz kutgandek bo’lmasligi mumkin va hisoblaganimizdan ancha kamroq foyda olishimiz va hattoki 8 haftamiz 20-30 haftaga cho’zilishi mumkin. Shuning uchun har qanday vaziyatga tayyor turishimiz va sabr bilan ishlashimiz kerak bo’ladi. Masalan, bizning misolda referallar o’rtacha 30ta klik qiladi deb oldik. Shunday vaziyatlar ham bo’ladiki referallar umuman klik qilmaydilar.

Ho’sh, Golden akkaunt va 2000ta referal  bilan qancha daromad olish mumkin? Hisoblab ko’ramiz:

  • Referallar soni:   2000ta
  • Bir kunlik foyda: $0.005 * 10 * 2000  = $100

“Ertaklar – yahshilikka yetaklar”- degan gap yodingizga tushib ketkandir balki :-). Lekin, saytda ro’yxatdan o’tib shuni guvohi bo’lishingiz mumkinki, u yerda kuniga nafaqat $100, balki $300-$400 topadigan odamlar ishlaydi. Bu darajaga erishish uchun albatta qunt qilib ishlashimiz va birinchi navbatda sabrli bo’lishimiz kerak!

Sizga har bir clickingiz ko’proq daromad keltirishini tilab qoluvchi pul-ishlash sayti. Fikrlaringizni kutamiz.

Keyingi maqolamiz: Neobuxda ro’yxatdan o’tish va click qilishni boshlash

Yangiliklarga obuna bo’ling. Pastdagi maydonga e-mail manzilingizni kiriting va yangi maqolalardan xabardor bo’ling!

Maqola Sizga yoqdimi? Do'stlaringiz bilan baham ko'ring:

Izohlar soni: 38ta

  1. Iwlangan pulli qaysi yöl bilan olinadi shuni yozmapsilayu

  2. men saytdan bir necha marotaba ro’yxatdan o’tib, o’zimga o’zim referer bo’lsam bo’lmaydi-mi?

  3. payzadagi pulni webmoneyga utkazsa bo`ladimi qayerda ishlatsa bo`ladi payzadagi pulni

  4. neobuxda_bir_oy_faol_bolib_56_sent_yegdim_ishlashda_davom_etsam_natija_boladimi

  5. KAtta_rahmat_saytingizga_va_ishlaringizga_omad

  6. Neobuxda_referal_sotib_oldim_lekin_referal_degan_joyga_kirmayapti_endi_bir_oygacha_referal_sotib_ololmaymanmi_referalla_klik_qiliwmayapti_umuman

  7. 7 kundan keyin yana sotib olishingiz mumkin, referalni har bittasini 7 sentga almashtirsangiz bo`ladi

  8. siz_ham_ishlaysizmi_shu_saytda_yaxshi_daromad_olsa_boladimi

  9. neobuxdagi_adprize_nima_vazifani_bajaradi_har_kuni_har_xil_sonda_chiqmoqda_bossam_xlose_va_next_sozlari_chiqvotti

  10. Golden yoki Ultimate ga o`tib olmasangiz foyda sizni umuman qoniqtirmasligi mumkin, Asosan Aktiv referal yig`ish kerak

  11. AdPrize bu o`yin ko`rsatilgan joyga bosasiz Omadingiz kelsa yutasiz kelmasa yutmadingiz keyingi reklamaga o`ting deb aytadi

  12. neobuxda iwlaganmga 1 oych boldi direct referallarin bor lekn ulardan manga pul tushmayapti . referallarim har kuni 22 -24 ta klik qilishadi . direct referallardan pul tushiri haaida ularni qosh olsh haqida yozsela .

  13. neobuxda iwlaganmga 1 oych boldi direct referallarin bor lekn ulardan manga pul tushmayapti . referallarim har kuni 22 -24 ta klik qilishadi . direct referallardan pul tushiri haaida ularni qosh olsh haqida yozsela .

  14. Salom! Neobux da masalan bugun man 0.0025 ishladim bu to’gridan to’g’ri PAYZAga tushadimi ? Tushmayaptiku ? Aldamayapsilami?

  15. Manimcha neobux haqidagi bu maqolalar naport.ru saytidan olingan

  16. Shunaqa foydali maqolalarni o’zbek tiliga o’girayotganingizga rahmat demoqchiman.

  17. maqola uchun raxmat saytdan ruyxatga utganimga 4kun buldi 0.08 sent ishladim referal sotib olish qande bulishini urgatib yuborasiz digan umiddaman aytgan siznig referalingizman

  18. Menga kim 100rubl tashlab bera oladi Albatta qaytaraman

  19. Akkaunt blok bolgan bolsa uni blokdan chiqarib boladmi

  20. Salom Maqolalarizni O’qib Ancha Malumotga Ega Bo’ldim Faqat Referal Xaqda Tushunmadim Uni Qayerdan Sotib Oladi Shu Xaqda Tuliq Malumot Bersangiz Jovob Uchun Oldindan Rahmat

  21. reklama korib bomayapyi wunaqa deyapti

    Another user using your IP address already
    viewed this advertisement in the last 24 hours…

  22. Undan ko’ra golden akkaunt bilan 300ta referali sotib osa bo’midimi? Ya’ni 80$ (golden account) + 60$ (300ta referal)=140$. A siz bir kunlik foyda 100$ divosiz to’g’rimi?

  23. Web monney ga pul yechib olib bo’lmaydimi bu saytdan

  24. neobuxda gamesdan topilgan pulni main balansga otqazib boladimi

  25. Neobuxda login parolimni unutib qoydim, boshqattan royxatga otmayapti nima qilsam boladi ?

  26. Assalomu alaykum. Manga Yordam k.k Admin iltimos man sizga referalman chota hisob siz aytganday emas bir hafta deganda 0.098$ buldi. Iltimos tel nomerizni bering kup vaqtizni olmayman. E’tibor berganiz u.n oldindan raxmat!

Sizga maqola yoqmadimi? Bu ma'lumot eskirganmi? Savollaringiz bormi? - barchasini izoh orqali qoldiring.

Izoh qoldirish

Sizning email manzilingizni hech kim ko'rmaydi.

*