Система Orphus
Pul-ishlash.ru - Bizdan uzoqlashib, bekorchilikka yaqinlashmang!
Neobuxda ko'p pul topish strategiyasi: Ijaraga referal olish

Neobuxda ko’p pul topish strategiyasi: Ijaraga referal olish

Neobux orqali pul topish usuli juda eskirgan va u orqali pul topishni Sizga endilikda tavsiya qilmaymiz. Saytimizdagi eng yangi va eng zo’r pul topish metodlari:Ijtimoiy tarmoqlar orqali pul ishlash – eng yaxshi va muntazam daromad olish usuli.Rasmdagi kodni (captcha) kiritgan holda pul topish – klaviaturani kerakli mashg’ulotga ishlating

Gapni ijaraga referal olib ko’proq foyda topishdan emas, click saytlardagi tajribam haqida Sizga qiziqarli ma’lumot berib, boshlamoqchiman. Neobux – click orqali pul topishga bag’ishlangan chet el sayti. U haqida avvalgi maqolalarimizda ancha-muncha ma’lumot berganmiz. Bu maqolada Sizga neobuxda yanada ko’proq pul topishni sirlarini va biz tomondan sinalgan usulni o’rgatishga qaror qildik.

Bundan 5-6 yilcha avval talabalik yillarim, Internetda pul topish endi avj olayotgan paytlari Neobuxga duch kelgandim. U payti barcha clicklar narxi $0.01 bo’lar, ya’ni 100ta click = $1 edi.  Esimda qolgan shuki, clickdan pul to’plab, Alertpaydagi (hozirda Payza) akkauntimga $2 sal ko’proq pul yechgandim. U pulni esa Webmoneyga o’tkazib, sotgandim (O’zbekistonda Alertpay hech kim sotib olmas edi). Ha, bu meni Internetda topgan birinchi pulim edi. Birinchi ishlab topilgan pul naqadar totli. U paytlar juda erinchoq bo’lganmanmi yoki click qilish mayda ish bo’lib ko’ringanmi, $0.01 meni qoniqtirmay, click qilishni butunlay tashlab qo’ygandim…

Oradan ancha vaqt o’tib men Internetdan Neobuxda referal tarmoq qurish, ularni ijaraga olish va boshqa bir qancha qiziqarli ma’lumotlarni va sirlarini topdim. Ularga amal qilgan holda ishlash juda katta foyda berishiga amin bo’ldim. Bugun esa Siz bilan ularni o’rtoqlashmoqchiman. Zero ularni o’rganib Siz ham ko’proq pul topishni boshlasangiz.

Bu maqolada referallarni ijaraga olish, ularni boshqarish tizimi, avtomatik referal olish va boshqa qiziqarli ma’lumotlarni beraman.

Neobux orqali qanday qilib daromad olsa bo’ladi?

Daromad olishning uch xil yo’li bor:

  • Sizning saytdagi amallaringiz orqali (reklama tomosha qilish, topshiriqlar bajarish va xokazo).
  • IORlardan (ijaraga olingan referallar) kelgan daromad foizi – ushbu maqolada batafsil ma’lumot beramiz.
  • TQRlardan (taklif qilingan referallar, ya’ni Sizni do’stingiz bo’lishi mumkin. U siz bergan ssilka orqali ro’yxatdan o’tadi) kelgan daromad foizi – kelasi maqolada batafsil ma’lumot beramiz.

Shuni ham bilamizki Siz hozirda faqat o’zingiz ishlab, daromad olayabsiz. Referallaringiz yo’q, balki ular nima ekanligi haqida umuman bilmassiz ham? Bu maqolada referallar haqida va ular orqali qanday pul ishlash haqida batafsil bilib olasiz.

Boshlaymiz – ilk ikki hafta

Ilk ikki hafta

Ko’pgina holatlarda, tizim qanday ishlashini bilmaydigan foydalanuvchi proyektni bir necha kundan keyin tark etadi va mo’maygina pul topish imkonini qo’ldan boy beradi. Bizning analizlar shuni ko’rsatdiki, pul-ishlash.ru foydalanuvchilari ichida ham bundaylar yo’q emas. Kimdir ro’yxatdan o’tiboq, clicklar narxini ko’rgach hafsalasi pir bo’ladi, hattoki click qilib ham ko’rmaydi va boshqa qaytib kirmaydi. Kimdir esa 2-3 hafta yahshigina click qiladi, keyin huddi muallifga o’xshab birinchi $2 pulni yechib oladi va qorasini ko’rsatmaydi va bu katta xato.

Avvalambor birinchi $0.60 pulni ishlab topishingiz kerak, o’shandagina Siz neobuxdan referallarni ijaraga olishingiz mumkin.

Referallarni jalb qilish yoki ularni ijaraga olish uchun, Siz ro’yxatdan o’tganingizga 15 kun to’lishi va 100ta click qilgan bo’lishingiz kerak. Ushbu 15 kun ichida aktiv bo’lish, Sizga taqdim etilgan barcha reklamalarni ko’rib chiqishingiz qattiq talab etiladi, shundagina Siz referal jalb qilish imkoniga ega bo’lasiz.

Yangi reklamalardan boxabar bo’lib turish uchun, akkaunt sozlamalari ichida ovozli xabar xizmatini yoqib qo’yish mumkin (yangi reklamalar va vazifalar paydo bo’lib qolsa Sizga habar keladi va bu juda qulay). Buning uchun sozlamar paneliga o’tib, personal bo’limini tanlaymiz va o’zimizga yoqgan ovozli xabarni tanlaymiz (1 dan 7 gacha). Xabar kelishi uchun Neobux ochilgan oynani yopmaysiz. Yangi reklama paydo bo’lsa, Sizga ovozli xabar eshitiladi.

Neobuxda ko'p pul topish strategiyasi: Ijaraga referal olish

Ovozni tanlab, Primary Passwordga parolni kiritamiz va save changes tugmasini bosamiz.

Ilk ikki haftada Siz ko’p pul ishlay olmaysiz – bu fakt! Oddiy hisoblaymiz – 15 kun * $0.04 = $0.60

Demak, vazifa №1 – $0.60 pul ishlash!

Eslatma: Bu jarayonni Siz clickdan tashqari vazifalar bajarib,  3-4 kunga qisqartirishingiz mumkin! Hamda, o’z yoningizdan pul tikib (masalan Payza orqali), tezroq ijaraga referal olishni boshlasangiz ham bo’ladi.

Lekin nima bo’lganda ham, referal jalb etish uchun 15 kun aktiv bo’lishingiz shart.

Server vaqti va hududiy vaqt

Sizning asosiy daromadingiz Sizning qilgan clicklardan emas, referallaringiz qilgan clicklardan keladi.

Neobuxdan foydalanish bitimi 3.7 bandida shunday deyilgan: “Referallaringizdan oladigan daromadingiz, Siz qilgan clicklar soniga uzluksiz bog’liq”.

Demak, referallaringiz qilgan clicklaridan Sizga ham daromad kelishi uchun o’zingiz ham click qilishingiz talab etiladi. Ya’ni, har kuni beriladigan 4ta Fixed Advertisements (eng tagidagisi) nomli reklamarni ko’rish. Sizda hali referallar bo’lmasa ham, hamma clicklarni ko’rish kerak – shunda Sizda kelajakda ko’proq pul ishlashga yordam beradigan foydali odat paydo bo’ladi.

Neobuxdan foydalanish bitimi 6.2 bandida shunday deyilgan: “Siz, oddiy foydalanuvchi, har bir reklamani 24 soat ichida faqat bir marotaba ko’rib, foyda olishingiz mumkin”.  3.7 bandidan qo’shimcha: “Referallar kliki, Siz bir kun avval qilgan kliklarga asoslanib, hisoblanadi. Bu server vaqtiga qarab o’lchanadi, server vaqtini View Advertisements sahifasida ko’rish mumkin”.

Neobuxda ko'p pul topish strategiyasi: Ijaraga referal olish

Xulosa – Siz har kuni o’zingizni vaqtingiz (hududiy vaqt) bo’yicha emas, server vaqti bo’yicha klik qilishingiz kerak. Agar bu qoidaga rioya etmasangiz, bir kunda ikki marta reklama ko’rib qo’yasiz (server vaqti bo’yicha), ertasi kuni esa – ko’rgan hisoblanmaysiz. Ko’pchilik buni bilmaydilar va hayron bo’ladilar – nega ularning referallari foyda keltirmayabdi ekan?

Misol: Sizning vaqt 20:40, serverniki esa 10:40. Siz 20:40 bitta click qildingiz va soat 24:00 dan o’tgach, soat 00:20 larda “kel ertangi kliklarni ham qilib qo’yay” deb hayoldan o’tkazdingiz va yana click qildingiz. Ertangi kliklarni ham qilib qo’ydim desangiz, adashasiz! Chunki Siz server vaqti bo’yicha 10:40da 1-klikni, 14:20da esa 2-klikni qildingiz. Buni zinhor unutmang.

E’tibor bering! Siz qilgan kliklar server vaqti bilan to’g’ri kelishi kerak. Buni tekshirish uchun personal bo’limidan grafikni ko’rishingiz mumkin. Mana bunday ko’rinishda bo’lishi kerak:

Neobuxda ko'p pul topish strategiyasi: Ijaraga referal olish

Ikkala chiqiz ham tutashgan yoki juda yaqin bo’lishi kerak. 4 dan pasda bo’lishi mumkin emas

Ijaraga referal olish

Ilk ikki haftadan eson-omon o’tib olgan bo’lsangiz, Siz uchun juda hursandmiz! Siz endi bir pog’ona tepaga ko’tarildingiz. Ko’pgina qatnashchilar shu yerga yetgach proektni tark etadi… ahir eng qizig’i endi boshlanadiku!

Agar hisobingizda $0.60 pul yig’ilgan bo’lsa, 3 ta referal sotib olishingiz mumkin.

  • Referal sotib olish uchun tepada turgan loginimiz ustiga bosamiz. Ochilgan sahifada referalls degan tugmaga bosamiz
    Neobuxda ko'p pul topish strategiyasi: Ijaraga referal olish
  • Referal sotib olish uchun maxsus hisob mavjud. U Rental Balance deb nomlanadi. Bizga esa Rental Balance da pulimiz $0.00 ekanligini ko’rsatishadi. Pul tashlash uchun Add funds ni bosamiz
    Neobuxda ko'p pul topish strategiyasi: Ijaraga referal olish
  • Bizga pul tashlash usullari berilgan sahifa ko’rsatiladi. Agarda Payza yoki boshqa to’lov tizimlari orqali pul tashlamoqchi bo’lmasangiz, Main balance‘ga (neobuxdagi pulimiz) bosing
    Neobuxda ko'p pul topish strategiyasi: Ijaraga referal olish
  • Agarda hisobingizda yetarli mablag’, aniqrog’i $0.60 pul bo’lsa, ko’rsatkichlarga bosib, summani $0.60 ga olib keling va transfer from your main balance ga bosing
    Neobuxda ko'p pul topish strategiyasi: Ijaraga referal olish
  • Agarda barchasi to’g’ri bajarilgan bo’lsa, Sizga pul omadli o’tkani haqida xabar ko’rsatiladi. Biz misol sifatida $0.30 tashladik
    Neobuxda ko'p pul topish strategiyasi: Ijaraga referal olish
  • Endi referal paketlari orasidan 3lik paketni sotib olishimiz mumkin. Buning uchun birinchida turgan paketga bosamiz, sichqonchani olib borganimizda $0.60 paket narxini ko’rsatishadi
    Neobuxda ko'p pul topish strategiyasi: Ijaraga referal olish
  • Sizni pulingiz qaysi paketga yetsa, o’sha tugma rangi ko’k rangda bo’ladi. $0.60 pulimizni Rental Balance‘ga to’g’ri o’tkazgan bo’lsak, bizga 3lik referal paket ko’k rangda ko’rinadi
    Neobuxda ko'p pul topish strategiyasi Ijaraga referal olish fund
  • 3lik referal paketni ustiga bosamiz. Bizdan $0.60 narxga 3ta referal olishga ishonchingiz komilmi deb so’rashadi, biz esa Yes tugmasini bosamiz.
    Neobuxda ko'p pul topish strategiyasi Ijaraga referal olish buy
  • Hammasini aytganimizdak qilgan bo’lsangiz, Siz 3lik referalni sotib olganingiz bilan qutlovchi quyidagi sahifani ko’rasiz. Sizda endi 3ta IOR bor. Tabriklaymiz! 
    Neobuxda ko'p pul topish strategiyasi Ijaraga referal olish buy 2
  • Rented referals yoki IOR larni ko’rish uchun yuqorida nikimizning o’ng tarafida joylashgan kalla rasmiga bosishimiz yoki Personal sahifasining Rented bo’limiga kirishimiz kerak
    Neobuxda ko'p pul topish strategiyasi Ijaraga referal olish rented

Bu bo’limda biz uchun notanish bo’lgan funksiyalar juda ham ko’p, ularga yahshisi tegmay turganingiz maqul. Keyingi maqolamiz bu haqida batafsil ma’lumot beramiz.

Kerakli ma’lumot (e’tibor bilan o’qing)

Qoidaga ko’ra: “Agarda Siz 4ta Fixed Advertisements ko’rsangiz, referallaringizdan foyda olishingiz mumkin”. Agarda Siz bir kun avval 4ta Fixed Advertisements ko’rmagan bo’lsangiz, usha kun uchun referallardan foyda olmaysiz!

Yodda tutamiz: «Micro Exposure» reklamasi [yashil] rangda va «Fixed Advertisements» esa [olov] rangda – bu reklamalarni nima bo’lganda ham ko’rish shart!

Vazifa №2 – 3ta referal ijaraga olish!

Keling endi hisob-kitob qilib ko’ramiz. Deylik, Sizdagi 3 ta IOR aktiv klik qilib bormoqda. Sizning foydani hisoblab chiqamiz:

  • 3ta IOR * 4 ta klik $0.005 dan = kuniga $0.06
  • Siz qiladigan kliklar – tahminan kuniga $0.04 
  • Umumiy hisoblasak kuniga $0.10

Demak keyingi haftada Siz yana 3ta referal ijaraga olishingiz va kuniga $0.16 daromad olishingiz mumkin.

Uchinchi haftaga kelib esa Sizda 5ta referal olishga yetarli mablag’ bo’ladi (endi Sizda 11ta IOR bor). Kunlik daromadingiz esa $0.26ga yetadi.

To’rtinchi hafta Sizga yana 10ta referal olib keladi (endi Sizda 21ta IOR bor). Ulardan keladigan daromad kuniga $0.46.

Beshinchi haftaga kelib 17ta referal olishga qurbingiz yetadi (sizda 38 ta IOR bo’ldi). Kunlik kelayotgan foyda $0.80 ga yetdi.

O’ylaymizki, oldingizda qanday imkoniyatlar ochilayotganiga tushunib yetdingiz…

Yodda tuting: Agarda IOR 14 kun ichida umuman klik qilmasa, uni yangi referalga tekinga almashtirish imkoniga egasiz!

O’zingiz esa klik qilishda davom eting va daromadni oshiring. Topgan pulingizga esa ijaraga referal sotib oling!

IORlar qancha ko’p ekan – Sizning daromad ham shuncha ko’p.

Vazifa №3 – 300 ta referal ijaraga olish!

Bu ancha vaqtni olishi aniq, lekin shuni unutmangki, Siz kuniga ozgina vaqt ajratish orqali shaxsiy biznes qurib, doimiy daromad olmoqchisiz! Referallar daromadni oshiradi, daromad oshsa yana yangi referallar sotib olish mumkin.

Yodda tuting: 300  IOR * 4 ta klik $0.005 dan = kuniga $6.

Keyingi maqolamizda qanday qilib referal taklif qilish, autopay xizmatini yoqish va referallarni almashtirish haqida ma’lumot beramiz.

E’tibor uchun rahmat. Savollaringiz bo’lsa, izoh orqali yozib qoldiring.

Yangiliklarga obuna bo’ling. Pastdagi maydonga e-mail manzilingizni kiriting va yangi maqolalardan xabardor bo’ling!

Maqola Sizga yoqdimi? Do'stlaringiz bilan baham ko'ring:

Izohlar soni: 66ta

  1. kotta_rahmat_ishlarizga_omad.svolim_shuki_manda_24_soatlik_kliclar_soat_kunduzgi_14.00_ga_tori_keladi_chunishim_boyicha_man_faqat_har_kuni_14.00_da_kilik_qilsam_demak_togri_boladi_shundaymi_yoki_klik_chiqiwiga_qisamham_boladimi???_grafigimda_4_bazida_5_cliklar_deb_yozib_qoygan_faqat_24_soatda_kirib_klik_qilsam_grafig_tushib_ketmaydimi

  2. kechirasiz_javobingizga_tushunmadim.qay_biri_togri_bir_kunda_bir_kirganmi_yoki_aktiv_bolib_klik_chiqiwiga_kirganmi

  3. IShlaringizga_omad_va_rivoj_tiliman_RAhmat

  4. kechirasiz_sizni_yana_bir_savol_bilan_bezovta_qivoman.manda_payza_adress_degan_joyga_mirzaahmad.xolmatov@mail.com_deb_shunchaki_yozgandim_endi_payzadan_akkaunt_ochdim_va_u_mirzaahmad.xolmatov@gmail.com_deb_nomlanadi.neobuxdagi_payza_adressi_ozgartirmoqchi_bolsam_qizil_yozuv_bn_48_soat_chiqib_keldi.unchalik_tushunmayaymman_yordam_bering_qanday_ozgartirsam_boladi

    • Havfsizlik yuzasidan va so’rovlar ko’pligi tufayli email manzil darxol o’zgartirilmaydi. 48 soat o’tgach, Siz yozgan emailga kod boradi, Siz kodni kiritib emailni tasdiqlaysiz. Buni hech qanday qo’rqinchli joyi yo’q

  5. hech_qanaqa_kod_kelmadi_neobux_kod_sorab_yotipti_lekin_manga_kelmadi.hech_qaysi_adresimga_neobuxga_kirolmayamman

  6. ITUz.BlogSpot.Com // 03.04.2016 at 02:36 // Ответить

    Assalomu aleykum men ClixSense va NeoBux dan bugun ro’yxatdan o’tdim. Ikkalasidaham nomim “CoderM” men sizni referalingizmanmi???

  7. salom admin qachon video qo’yasiz dam olish kuni bo’ldiku aytgancha bu rang saytga yarashibdi

  8. Admin men ahr kuini bir vaqtda click qilsam ham grafikda 4 tadan ortiq click korsatmayaptiku?

  9. neobux da clickdan tashqari yana qanday vazifalar bajarish mumkin

  10. Your advertisement clicks reset at 4.54 nmani bildiradi?
    kecha 4.55 edi

    • Soat nechchida bosilgan reklamalaringiz o’rniga yangisi berishi. Ertaga 4:56 bo’lishi yoki 10:55 bo’lishi ham mumkin. Nechchida bo’lishi Sizga bog’liq va buni qo’rqinchli yeri yo’q

  11. salom
    man hozir regdan otim va hamma cliclarni bajardim
    serverda vaqt 2016\05\06 4:39 shunday
    bizda 2016\05\06 13:40
    endi har kuni shu vaqitta kirip cliklarni bosayinmi yoki cliklar shiqqan vaqt bosip otirayinmi

  12. Salom, ha to’g’ri tushunibsiz. Har kuni bir vaqtda klik qiling

  13. bu saytga qanday qilib pul solinadi
    referal sotip olmoqshi edim

  14. neobux ga necha kun kirmasa profil uchadi yoki nma buladi?
    bir xil paytda uzonline ishlamay qolyapti!

  15. neobux ga necha kun kirmasa profil uchadi yoki nma buladi?
    bir xil paytda uzonline 2 kunlab ishlamay qolyapti!

  16. Katta raxmat javob! uchun shu muammo bub turgandi.

  17. Payzaga qanday qilib pul solinadi referal sotib olmoqchiman?
    Iltlmos yordam bering!!!

  18. agar osez manda payza bor .narhini kelishvolamiz.agar kerak bolsa javob yozin

  19. kim man bn payzaga skrill almashadi . bir dollar payzaga 0,91 dollar almashamiz.
    kimga payza kerak bolsa ham manda bor.skrill olaman

  20. Salom admin men bir narsaga tushunmayapman yuqorida 3 ior sotib olindi keyin kunlik foydani hisoblanildi 3ior x4 x0.005~0.06$
    Nega 4 ga kopaytirildi yoki iorlar faqat 4 ta klik qiloladimi? Nega 0.005 ga kopaytirildi kliklar narhi 0.001$ ku shunga tushunmayapman

  21. Unda zoru. Ha yana bitta savol payzadan mastercardga pul otkazish mumkunmi.

  22. Pulni to’laydimi ? отзывларни o’qigandim boshida to’laydi keyin to’lamaydi deydi bu rostmi ?

  23. Bugun Referallarim kliklari boyicha ozimi kliklarimi quvib o’tiwdi!!!

  24. Kliklarni telefonda ham qilsa bo’ladimi? Negadir oshibka beryapdi.

  25. salom. men sizni referalingizmanmi? Qudratillo1999. keyn yana. payzadagi pullarni uzcard plastikka o’tqizsa bo’ladimi???

  26. Salom admin Neobuzda ishlangan pullani qanaqa qilib PAYZA ga keyin Webmoneyga tushiradi po etapna tushintiring

  27. Salom admin, sayt menga yoqdi ishlarizga rivoj bitta savolim bor edi referallar yoki iorlar bosgan clickga tolanadigan puldan tashqari point ham beriladimi? Yoki faqat pul beriladi holosmi?

  28. Qani edi xuddi shu yozilgandek bulsa edi. Neobuxda gold accaunt bulmasa ishlashni foydasi yuq bu erda yozilgan malumotlar tugri! Lekin xamma referallarning AVGsi 4.0 bulsa yuqorida yozilgandek natija buladi. DR bilan 4.0 AVG buladi lekin DRni xamma ham jalb qila olmaydi. RRlaring AVGsi 1.0, 1.5, 2.0 bunaqa AVG bilan yillab ishlasangiz ham natija bulmaydi. Misol uzim 6 oydan beri click qilaman ADprizelarni xammasini click qilaman natijada 25ta Referal, 4100ta neopoint. 30000 neopoint tuplab Gold accauntga utishim uchun yana nechadir yillar kerak buladi.

  29. Admin Neobux Terms of Service bo’limining 6.4 bandida mobil telefon va planshetdan reklamalarni ko’rish mumkin emas deb yozilgan yoki men noto’g’ri tushunganmanmi?

  30. salom admin neobuxda yangi foydalanuvchilar referal olguncha qiynaliwadi va ancha vaxt yoqotadilar oson boliw uchun yangi foydalanuchilar ozlarini uwlab oliwguncha birbirimizga qarz berib yordamlashsak masalan referalga ozgina yetmayapti unga anchadan beri iwlayotgan odam qarz bersa va u referal olib tezroq pulini chiqarib qaytarsa yoki 10% koproq qaytarsa ikkalasiniyam iwi yuriwadi albatta hammasi birbirlariga iwonib boladi wunga nma deysiz yaxwi yomon tomonlarini aytib otsayiz :)
    manam endi bowladm netdan pul topiwni

    • Neobuxdan yahshiroq metodni o’rgataman yaqinda

      • kutamiz)) admin webmoneyda regdan otdim wmr rubl kawlyok ochiw uchun atistatni kotarish kerak buning pasport malumotlarni kiritish va rasmi skan kerak ekan wularni kiritsam xavfsizmi hechqanaqa zarali yoqmi?

      • salom admin) iwlar yaxwimi savol boredi referalni umri 2 kun qogan avgsi 1.33 dan past yani bizga zarar qilyapti uni nma qiliw kere umrini uzaytiraymi yo tegmaymi xa neobuxdan yaxwiroq metod orgataman deganizgayam 1oydan owipti qachon yozasiz?) javob uchun raxmat

  31. Hafa bomelaru men 3 oydan beri neobuxdaman. Daromadim 10/dan oshmayapti referalim 15/ta xar kuni ulardan 2-3 tasi klik bosadi. Shu ham ishmi

  32. kim payza sotadi

  33. men payza olaman 5 dollar tel:998941461720

  34. 2 sent bervotiku kuniga tahminan 16 ta klib 0.001 senttan sayt ozgardimi

  35. PTC SATLAR KOPLARI NARXINI PASTGA TUSHIRIB TASHADI

  36. Assalom akeykum, Neobuxda mini job va coins haqida ma’lumot bervoring.Oldindan raxmat

  37. elektron koshelokga pul tashalomchidim, shunga qanday tashlashim mumkin, biladiganlar bolsa aytvoringlar, oldindan raxmat

  38. ijaraga olingan referal 1 oy amal qiladi holos ekanku uni qanday uzaytirsak buladi

Sizga maqola yoqmadimi? Bu ma'lumot eskirganmi? Savollaringiz bormi? - barchasini izoh orqali qoldiring.

Izoh qoldirish

Sizning email manzilingizni hech kim ko'rmaydi.

*