Система Orphus
Pul-ishlash.ru - Bizdan uzoqlashib, bekorchilikka yaqinlashmang!
Parnterkalar, partner dasturlari

Partnerkalar o’zi nima? Ular orqali qanday qilib pul ishlash mumkin?

Internetda pul ishlashning asosiy turi bu shak shubhasiz savdo (bu birorta maxsulot yoki xizmat bo’lishi mumkin) yoki reklamadir.  Partner bo’lish, partnerkalar, yoki partner dasturi – bu sherik bo’lish, ya’ni Siz kimnidur qilayotgan ishiga yordam berasiz va olinadigan foydaga sherik bo’lasiz. Odatda sherikchilik deganda foydaning  teng ikkiga bo’lish chuniladi. Lekin Internetda hilma xil takliflar bor. Masalan, Sizning ulushingiz foydaning 10% dan 90% gacha bo’lishi mumkin. Parnterkaning ma’nosi shundaki, resurs (birorta sayt), unga olib kelingan foydalanuvchilardan olingan foydaning qanchadir foizini sherigiga to’laydi. Bu har qanday sayt bo’lishi mumkin, masalan hozir Siz maqolasini o’qiyotgan sayt :)

partnerkalar

Ko’pchilik, bu usul orqali faqatgina web-masterlar pul ishlaydi deb o’ylashadi, lekin bunday emas. Har bir saytning doimiy foydalanuvchisi o’zining shaxsiy referal ssilkasiga, ya’ni, ortidan kimnidur taklif eta olish imkoniga ega bo’lib, u orqali doimiy ravishda pul ishlashi mumkin. Masalan, u ssilkani forumlardagi xatlarda, imzolarda, maqolalarda izoh sifatida qoldirib, birorta saytdan reklama uchun joy sotib olib joylash yoki do’stlarini email va ijtimoy tarmoqlar orqali taklif qilish orqali odamlarni usha saytga jalb etish mumkin.

Yagona maqul bo’lmaydigan yo’l – spam xatlarni majburiy jo’natish, ular tufayli Sizni bloklab, foydangizdan ayrib qo’yishlari mumkin.

Boshqa saytlarda o’z ssilkasini qoldirib odam jalb etish juda qiyin, lekin o’z sayti orqali bu ishni qilish juda ham oson va foydali sanaladi.

 Katta foyda olish uchun, saytingiz bir qancha talablarga javob berishi kerak:

  • u barcha qonunda belgilangan tartiblar asosida yaratilgan bo’lishi, quyidagilarga ega bo’lmasligi kerak:  pornografiyaga , qurol va narkotik sotish haqida ma’lumotlar, dasturlarni buzish va xokazo
  • u qandaydir mavzuga yo’naltirilgan bo’lishi kerak, o’zingizga sherik sayt (partnerka) tanlayotganda, u sayt mavzusi Sizni saytingiz mavzusiga to’g’ri keladiganini tanlashga harakat qiling. Masalan, sizning saytingiz gullar haqida bo’lsa, unga sherigingiz bergan telefonlar haqidagi ma’lumot qo’yish noto’g’ri.
  • Saytingizga tashrif buyuruvchilari soni  yetarli bo’lmog’i kerak – kamida kuniga 100ta foydalanuvchi. Buning uchun esa sayt ustida doimiy ravishda ishlab borish, “поисковик” larda statusini ko’tarish va kalit so’zlar to’g’ri qo’yish kerak.

partnerkalar

Saytingiz uchun parnterkalarni topish Sizga qiyinchilik tug’dirmaydi, buning uchun maxsus saytlar yaratilgan bo’lib, u yerda Siz partnerkalar takliflari bilan tanishishingiz va reytinglarini ko’rishingiz mumkin. Buning uchun kerakli kalit so’zni google ga yozing va u Sizga darxol so’ralgan saytlar ro’yxatini ko’rsatadi, Siz esa o’zingiz uchun eng keraklilarini tanlab olishingiz mumkin (o’zingiz nuqtai nazaringizga tayanib yoki sayt haqida fikr va baxolarni o’qib).

Boshqalar ishlaydi siz esa foyda topasiz

Foyda berishi mumkin bo’lgan usullardan yana biri bu Sizning referal ssilkangizni, ko’p tashrif buyuradigan saytlaringizda yozib qoldirish. Siz taklif qilgan foydalanuvchi bajargan ishidan Siz ham foyda olsangiz, bu juda ham maroqli!

Partner dasturlarni bir necha turi mavjud (har bir klik uchun pul to’lash, ularni saytini ko’rsatganingiz uchun pul to’lash, sotilgan maxsulotdan foiz chiqarib berish, saytingizdan ularniga saytiga qandaydir harakat bajarilgani uchun pul to’lash), shuning uchun, bunday usullar bilan pul topishni maqsad qilgan odam, qaysi usul unga maqul kelishini bilish uchun, ularning har birida ishlab ko’rishi kerak albatta. Bu sohaga endi kirib kelgan foydalanuvchilar hayolidan o’tadigan fikr shuki, shuncha takliflardan qaysi biri bilan ishlashdir. Lekin birdaniga ko’p partnerkalar bilan ishlash yahshi emas, chunki bu mantiqqa to’g’ri kelmaydi. Saytingizdagi reklama uchun ajratilgan joyini aql bilan ishlatishingiz kerak, uni yuzlab reklamalar sahifasiga aylantirib emas.

Nimadan boshlash kerak?

Avvalam bor o’z saytingizga ega bo’lishingiz, so’ngra partnerkalardan birida ro’yhatdan o’tishingiz kerak. Ro’yxatdan o’tgach, shaxsiy akkauntingizda, reklama materiallari yoki reklama ssilkalari bo’limini topishingiz mumkin. U yerda statistika bo’limi  mavjud bo’lib, u orqali ssilkangizga nechta odam bosgan, nechta referalingiz borligini bilishingiz mumkin. Bu ma’lumot Sizga, o’z ishingizni analiz qilishda yordam berishi va kelajakdagi strategiyalaringizni tuzishda as qotishi mumkin.partnerkalar, partner dasturlari

Barcha partnerkalarda belgilangan minimal pul yechish chegarasi qo’yilgan va shuncha pul yig’ilmaguncha, pulni yechish imkoni mavjud emas. Lekin, partner dasturlari pulni belgilangan sanalarda ham to’lashadi (ko’pincha oyiga 2marta), shuning uchun, agar 10-11 sanada kerakli pulni yig’gan bo’lsangiz, uni yechish uchun 15 sanaga ariza qoldirish mumkin va ular Sizning elektron hamyonga kelib tushadi.

Barchamizda o’zimizning qiziqishlarimiz mavjud, ularni qondirish uchun zarur resurslar, servislar, yangiliklar portali, Internet magazin va boshqalarga kiramiz. Ular bilan ishlash asnosida, qanchalik ishonchli va rostgo’y ekanliklarini bilish, ularni referal dasturlari bilan tanishib, boshqa foydalanuvchilarga shunchaki ssilka emas, yahshigina pul ishlash mumkin bo’lgan referal ssilkani bering.

Maqola tushunarsizmi?

Saytimizda taqdim etilayotgan maqolalarda, ko’pgina Sizga notanish bo’lgan so’zlar va terminlar uchrashi mumkin. Sizga bularni tushunish qandaydir qiyinchilik tug’dirayotgan bo’lsa, aslo tushkunlikka tushmang. Biz Sizga har qanday vaziyatda ham yordam berishga tayyormiz. Savol va takliflaringizni izoh orqali qoldiring yoki aloqa sahifasi orqali yo’llang.

Yangiliklarga obuna bo’ling. Pastdagi maydonga e-mail manzilingizni kiriting va yangi maqolalardan xabardor bo’ling!

Maqola Sizga yoqdimi? Do'stlaringiz bilan baham ko'ring:

Izohlar soni: 4ta

  1. Qanday qilib pul topish ish mumkinligini talab larini tuwunmadim. Batafsil malumot bering

    • Bu usul o’z sayti orqali pul topmoqchi bo’lganlarga atalgan edi. Tez kunda partnerkalar orqali oddiy odamlar qanday pul topishi haqida maqolamizni taqdim etamiz. Biz bilan birga bo’lganingiz uchun rahmat

  2. Partnerka emas, hamkorlik dasturi

Sizga maqola yoqmadimi? Bu ma'lumot eskirganmi? Savollaringiz bormi? - barchasini izoh orqali qoldiring.

Izoh qoldirish

Sizning email manzilingizni hech kim ko'rmaydi.

*