Система Orphus
Pul-ishlash.ru - Bizdan uzoqlashib, bekorchilikka yaqinlashmang!
Payza tolov tizimida hisob ochish

Payza to’lov tizimida hisob ochish

Elektron pul to’lov tizimi Payza bu sohada ancha katta tajribaga ega: 2015 yilda Payza o’zining o’n yillik yubileyini nishonladi va bu katta muddat hisoblanadi. 2005 yildan 2012 yilgacha kompaniya “Alertpay” nomi ostida ish olib bordi, demak Internetda qayerdadir bu nomni ko’rsangiz bilingki, Payza va Alertpay – bu bitta kompaniyadir.

Payzaning mashxurligi boisi shundaki, Payzaga barcha dunyo mamlakatlaridan foydalanuvchilar ro’yxatdan o’tishlari mumkin, jumladan Siz ham. Hamda, pul o’tkazmalariga qo’yiladigan soliq katta emas, pul yechish imkoniyatlari esa katta, masalan to’g’ridan to’g’ri plastik kartaga (VISA, Mastercard) yechish mumkin. Agarda Siz MasterCard plastik kartasini tekinga ochishni va uyingizgacha eltib berishlarini istasangiz, bu maqolani o’qing.

Payza Sizga nega kerak? Buning javobi oddiy – biz Sizga bergan saytlar orqali pul ishlab topsangiz, saytlarning deyarli hammasi pulni Payza hisob raqamiga tushirib beradilar. Payzadan pulni yechish esa muammo emas. Deylik Siz payzaga ClixSense orqali $6 tushirdingiz, biz bu pulni Sizga telefon raqamingiz yoki Internet provayderingizga (paynet) naqd qilib tushirib berishimiz mumkin. Saytimiz orqali Payzadagi pulni Webmoney hamyoningizga o’tkazish imkoni ham mavjud, faqat ozgina soliqlari bor.

Payzada hisob ochish – bu juda oson, lekin Internetda pul topishni endigina boshlaganlarga bu ozgina qiyinchilik tug’dirishini hisobga olgan holda bu jarayonni rasmlar va izohlar orqali batafsil ko’rib chiqamiz. Demak, boshlash uchun Payzaning asosiy sahifasiga o’tamiz. Buning uchun pastdagi tugmaga bosamiz:

royxatdan_otish

Diqqat! Rasmlar kichraytirilgan. Kattalashtirish uchun rasm ustiga bosing.

Ro’yxatdan o’tish uchun Sign Up tugmasini bosamiz

Payza tolov tizimida hisob ochish 1

 

Ushbu sahifada davlatni tanlaymiz. Pastdagi qatordan esa Personal profilni tanlaymiz, buning uchun Select ni bosing

Payza tolov tizimida hisob ochish

Keyingi sahifada shaxsiy ma’lumotlarni kiritamiz. Ism, familiya, email va parol

Payza tolov tizimida hisob ochish

Bizga email manzilimizga xat yuborilgani, pochtaga kirib, uni tasdiqlashimiz kerakligini bildiruvchi xabar ko’rsatiladi

Payza tolov tizimida hisob ochish

Sahifani yopamiz va o’z email qutimizni tekshiramiz. U yerda Payza – sarlavhali  xatni ochamiz. Agar xat topilmasa, spam papkasiga qaraymiz

Payza tolov tizimida hisob ochish

Xatni ochgach, uni ichidan profilni tasdiqlash uchun o’rnatilgan ssilkaga bosamiz

Payza tolov tizimida hisob ochish

Ssilkaga bosgach, bizni Payza saytiga, shaxsiy kabinetimizga yuborishadi. Shaxsiy kabinetda bizdan o’zimiz haqimizda to’liq ma’lumot kiritish kerakligi haqida xabar ko’rsatishadi. Ma’lumotlarni kiritish uchun Complete profile setup tugmasini bosamiz

Payza tolov tizimida hisob ochish

Keyingi sahifada, agarda to’liq ma’lumotni kiritsak, bizga qanday imkoniyatlar paydo bo’lishi haqida gap boradi. Xabar mazmuni quyidagicha:

  • Profilda to’liq ma’lumotlarni nega to’ldirishim kerak?
  • Bu orqali Siz Payza wallet, hamda pul yuborish va qabul qilish xizmatidan foydalana olasiz.
  • Buning uchun qancha vaqtim ketadi?
  • 1-2 daqiqa.

Get started

Payza tolov tizimida hisob ochish

Keyingi sahida Sizdan nima ish bilan shug’illanishingiz haqida so’rashadi. Sizga ham biz ko’rsatgandek ma’lumot ko’rsatishni maslahat beramiz.

Your industry: Other 

Your job: Homemaker 

Save and continue

Ya’ni Sizni kasbingiz uyda o’tirgan holda pul topuvchi

Payza tolov tizimida hisob ochish

Endi bizdan o’z manzilimiz haqida ma’lumot kiritishni so’rashadi. Keyinchalik pul yechish borasida muammo bo’lishini istamasangiz, u holda to’g’ri ma’lumot ko’rsating Save and continue

Payza tolov tizimida hisob ochish

Navbat telefon raqamini kiritish sahifasiga yetdi. Bu yerda qiyinchilik tug’diradigan narsa yo’q deb o’ylaymiz. Yana bir bor Save and continue tugmasini bosamiz

Payza tolov tizimida hisob ochish

Va oxirgi jarayon bu akkauntni himoyalash. Buning uchun Sizdan maxfiy savol va unga javob, hamda tug’ilgan sana va maxfiy pin kiritish kerak bo’ladi. Biz bergan misolda “birinchi uy hayvoningizni ismi” degan savolni tanladik, javobini esa “Sharik” qo’ydik. Tug’ilgan kun kiritish qiyinchilik tug’dirmaydi. Maxfiy pinga kelsak, u kattaligi 4 tadan 8 tagacha va faqat raqamlardan iborat bo’lishi talab etiladi. Maxfiy pinni albatta biror yerga yozib qo’ying. Maxfiy pinsiz pulni yechib bo’lmaydi

Payza tolov tizimida hisob ochish

Kerakli ma’lumotlar to’g’ri kiritgan bo’lsak, bizga profilni to’ldirish muvafaqqiyatli kechgani haqida xabar ko’rsatiladi

Payza tolov tizimida hisob ochish

Tabriklaymiz! Siz o’zingizga Payza elektron pul to’lov tizimidan hisob ochdingiz. Endi bemalol ishlab topgan pullaringizni Payzaga yechib olish imkoniga egasiz.  Buning uchun pul yechayotgan saytingizga Payzaga kiritgan emailingizni berasiz. Payza email – bu sizni hisob raqamingiz va hamyoningizdir. Payzadan pul yechishga kelsak, buning uchun Aloqa bo’limi orqali bizga murojaat eting. Qo’shimcha savollar bo’lsa izoh orqali qoldirishingizni so’raymiz.

Yangiliklarga obuna bo’ling. Pastdagi maydonga e-mail manzilingizni kiriting va yangi maqolalardan xabardor bo’ling!

Maqola Sizga yoqdimi? Do'stlaringiz bilan baham ko'ring:

Izohlar soni: 30ta

  1. Admin payzada koshelok ochish da pochta indeksi soraydi men Nima kiritishim Kerak pochta indeksimni qanday bilsam boladi

    • Masalan Toshkent boshpochtamt indeksi 100000. Siz o’zingiznikini yaqin atrofdagi pochtadan bilasiz. Yoki spravochnikka tel qilib so’rang. Yoki Toshkent boshpochtamt indeksini 100000ni ko’rsating

  2. admin bu kawlokdagi hisob raqamini qattan ko’rsa bo’ladi

  3. SALOM
    POSHTA INDEKSNI TOGRI KIRTISH SHARTMI YOKI LUBOY RAXAMNI QOYSAM HAM BOLADIMIN

  4. Payza to’lov tizimida hisob ochgandan so’ng qanday , master card bank kartasiga buyurtma bersa bo’ladimi?qanday qilib

  5. искандер // 03.06.2016 at 16:03 // Ответить

    салом админ. payza га рег вактида порол киритсам куйидаги хато булияпти:
    Invalid password. Your password must contain:
    at least one upper case letter (i.e. A-Z)
    at least one number (ex. 123) OR one special character (ex. !@#$%^

  6. искандер // 03.06.2016 at 16:08 // Ответить

    админ булди топдим хатойимни.

  7. admin saytizni registrassiya tizimi yoqmi?

  8. men rasiiyadaman…danniylarni keyinchalik uzgartirsa buladmi,,tel raqamni nazarda tutdim

  9. Salom Adnin. Payzada referal yigish nega kerek?

  10. salom admin payzada mastercard buyurtma qilsa bo`ladi debsiz buni qanday amalga oshirsa bo`1adi va mendan nima talab qilinadi

  11. man negadur chunmayamman admin etilanide ochdim internet kashlokni PAYZA ochdim keyin kirib chiqsam Emayil adress bilan password soravorri pasvordga nima tershim kere

  12. salom admin payzaning verifikatsiyasini qila olmayapman yordam bering

  13. Assalomu aleykum! negadir ro’yixatdan o’tayotganimda invalid kod deyapdi. ko’dni murakablashtribham ko’rdim lekin foydasi bo’lmayapdi.

  14. SALOM ADMIN ! PLASTIK KARTOCHKADAN(UZONLINE) PAYZA GA PUL 6TQAZSA BO’LADIMI? NEOBUXDA REFERALLAR SOTB OLISH UCHUN???

  15. RAHMAT SATY UCHUN! ADMIN BU SAYTDA TUSHUNMADM 1$=9000 SO’MMI ? SHUNIYAM ETVORIN ILTIMOS OLDINDAN RAHMAAAT!!

  16. admin mening ham gmailimga javob yozib yuborsangiz payza hisob raqamiga o’zlarimiz pul tashlasak bo’ladimi referal sotib olish uchun qanday tashlasak bo’ladi batafsil malumot beraolasizmi iltimos

  17. Payzada reg qvotudim pochtam tori kemasakan gmail ham yahoo ham. Example com yozganimda reg bob keti endi aktivizatsiya qattan qilaman? Pochta adresini ôzgartirisham yoĝakan, yoki man topomadim!!!

Sizga maqola yoqmadimi? Bu ma'lumot eskirganmi? Savollaringiz bormi? - barchasini izoh orqali qoldiring.

Izoh qoldirish

Sizning email manzilingizni hech kim ko'rmaydi.

*