Система Orphus
Pul-ishlash.ru - Bizdan uzoqlashib, bekorchilikka yaqinlashmang!
Referallarni jalb etish Referer va referal kim Partner dasturlar nima o'zi

Referallarni jalb etish: Referer va referal kim? Partner dasturlar nima o’zi?

Ko’pchilik, Internetda pul ishlashni boshlash arafasida, “referer”, “referal” va “referal tizim” degan terminlarga duch kelgan. Keling bu tushunchalar haqida bugun batafsil ma’lumot olamiz.

Referallar kim yoki referal nima – bu savollarni barchamiz endi ishga tushganimizda berganmiz. Ahir Internetdagi har qanday servisda ham ro’yxatdan o’tish jarayoni mavjud, u yerda Siz o’z akkauntingiz ega bo’lasiz. Akkaunt shaxsiy kabinetida, har xil sozlama va statistikalardan tashqari referal bannerlar va ssilkalar bor. Bular nima uchun kerak?

Saytimizdagi eng zo’r pul topish metodlari:Ijtimoiy tarmoqlar orqali pul ishlash – eng yaxshi va muntazam daromad olish usuli.Rasmdagi kodni (captcha) kiritgan holda pul topish – klaviaturani kerakli mashg’ulotga ishlating

Referal haqida tushuncha

Referallarni jalb etish Referer va referal kim Partner dasturlar nima o'zi3Deylik, Siz klik qilib pul ishlash servisida ro’yxatdan o’tdingiz. Albatta, Siz foydani reklama ko’rganingiz uchun olasiz. Lekin bundan tashqari qo’shimcha daromad ham mavjud – referallar orqali pul ishlash. Gap shundaki, Siz ishlayotgan sayt, o’zining kelajagi haqida qayg’uradi, ya’ni qancha ko’p odam ko’p yig’sa – unga shuncha yahshi.  Agarda Siz proyetkga yangi odamni boshlab kelsangiz, buning uchun pul yoki usha odam qilgan ishi uchun daromad olasiz. U odam esa Sizning referal hisoblanadi. Internetdagi proyektlarning, deyarli barchasi yangi foydalanuvchilar uchun pul to’lashga tayyor, ya’ni referallar uchun. Bunga sabab esa, atrof to’la raqobat ekanligi. Bu jarayonni ishlash mexanizmi esa juda oddiy, Sizga maxsus ssilka berishadi, u ssilkani Siz istagan yeringizga yozishingiz mumkin, agar u ssilka orqali kimdir ro’yxatdan o’tsa, Sizda referal paydo bo’ladi.

Referallar kim?

Referal – kimdir reklama qilgan ref-ssilkasi yoki banneriga bosib, saytda ro’yxatdan o’tgan odam. Foydalanuvchilarni bunday usul orqali taklif etish Internetda juda ham rivojlangan. Hamda referallar har xil darajali bo’ladilar, agar referal Siz bergan ref-ssilka orqali ro’yxatdan o’tsa u 1-darajali (ya’ni Sizga to’g’ridan to’g’ri referal), agarda Siz chaqirgan odamning ref-ssilkasi orqali ro’yxatdan o’tsa 2-darajali referal xisoblanadi. Daraja nechta bo’lishini saytning o’zi belgilaydi. Bunday katta pog’onali tizimlar bilan ishlayotganda ehtiyot bo’lish kerak – ular piramida shaklida ishlashi mumkin, 5talik pog’onadan kattasi shubxali bo’lishi mumkin. Masalan SEOsprint pochtovikida referal tizimi 2 pog’onadan iborat.

Referallarni jalb etish Referer va referal kim Partner dasturlar nima o'zi1

Siz tomondan proyektga boshlab kelingan odamlar, referallar deyiladi. Siz proyektga taklif etgan har qanday foydalanuvchi – bu referal. Ya’ni proyektning emas, Sizning referallaringiz va ular Siz reklama qilgan material orqali jalb qilingan xisoblanadi. Ssilka va bannerlarda Sizning maxsus identifikatoringiz bo’ladi. Ularga bosgan va ro’yxatdan o’tgan odamlar, Sizning referalingizga aylanadi.  Bu sxemani nomi Referal tizim  yoki Partner dastur deb ataladi.

Agar tushunayotgan bo’lsangiz, referal taklif qilish orqali Siz olayotgan daromad yanada ortadi, chunki referalingiz bajarayotgan vazifa, o’qiyotgan xat, qilayotgan serfing va kliklardan Sizga belgilangan foiz ajratib beriladi. Havotir olmang, bu foiz Sizning referaldan tortib olinmaydi, saytning o’zi buni yonidan to’laydi. Hech kim qaroqchilik qilish niyatida emas, shunchaki Siz yangi foydalanuvchilarni taklif etganingiz uchun, tizim Sizni rag’batlantiradi.

Referallarni taklif etishdan tashqari Siz ularga yahshi sharoit yaratib berishingiz yoki bonuslar taqdim etib, ularni ishlashga da’vat etishingiz kerak. Lekin barchasini xisobini aniq olish kerak, masalan, Sizda “yangi” foydalanuvchilar paydo bo’ldi va Siz darxol hammaga bonus taqdim etdingiz, ular esa bonusni olib, proyektni tark etdilar, bunday xolatlar ham bo’ladi. Umuman olganda asosiy g’oya – bu nafaqat odamlarni yig’ish, balki ularga yahshi sharoitlarni taklif qilib, proyektda olib qolish.

Refer va refererlar kim?

Referallarni jalb etish Referer va referal kim Partner dasturlar nima o'zi2Bu maqolada olgan ma’lumotingizga tayanib aytish mumkinki – referer yoki refer(ikta nomi bor) bu referallarning egasi, ya’ni jalb qilgan odam. Siz referallaringiz uchun – referersiz. Demak, Sizning referer – Siz qachondir uning ssilkasi orqali ro’yxatdan o’tgan va uni referaliga aylangan odamingiz.

Referer oladigan qo’shimcha daromad ko’p xollarda foizda o’lchanadi va 10-20%larni tashkil etadi.

Referallar haqidagi yolg’on ma’lumotlar va mish-mishlar

“Bu nimasi? Men referal ssilka orqali ro’yxatdan o’taman, referer ko’proq, men esa kamroq pul topa boshlaymanmi?” – ko’pchilik yangilar aynan shunday o’ylashadi. Bu hayol – eng o’ylantirib qo’yadigan narsa: referal tizim shunday qurilganki, yangi kelganlarni daromadiga umuman zarar yetmaydi. Sizni referer daromadi oshishi hech qachon Sizning daromadingiz kamayishiga olib kelmaydi.

“Yo’qolsin hammasi! Men nima ular uchun ishlab beramanmi?” – bunday fikrlarni, ko’pgina forumlarda muloxaza qilayotgan yangi foydalanuvchilar bildirishadi. Keling ikta variantni ko’rib chiqamiz.

  • Birinchi variant – forumda bir postga ko’zingiz tushdi. U yerda aytilyaptiki, Internetda zo’r proyekt bor emish, yahshi pul ishlasa bo’lar emish. Gapni tayinli tugatmay, post tagiga ref-ssilka qo’yib qo’yilgan.
  • Ikkinchi variant – Siz bir saytda yahshi proyekt haqida kerakli ma’lumot topdingiz, bu ma’lumotlar Sizga kelajakda juda yordam beradi. Hamda ref-ssilka ham berilgan.

Farqni ko’rayapsizmi?  Birinchi holatda hammasi chunarli: u odam o’ziga referal qidirmoqda, referal ssilkasini qoldirgan va u orqali o’tsangiz, uni referaliga aylanasiz. Proyekt qanday ekanligi esa nomalum – chunki ssilka berayotgan odam, proyekt haqida hech narsani bilmasligi mumkin. Ikkinchi holatda esa, proyetkt afzalliklari va boshqa muxim ma’lumotlardan tashqari, Siz avtor (Sizning bo’lajak refereringiz) bilan bog’lanib, undan yordam olishingiz mumkin. Bir xil holatlarda esa refbek (referal Sizdan olgan daromadini belgilangan foizini Sizga qaytaradi – bu refbek) olishingiz ham mumkin.

 

Referal taklif etishni qanday usullari bor? Ish beradigan usullar:

1. Do’stlaringizni ro’yxatdan o’tishga chorlash.

  • Plyuslar: Albatta do’stlaringiz Sizga ishonishadi va Sizning birinchi ishchilaringizga aylanishadi.
  • Minuslar: Faqatgina do’stlar orqali katta ishchilar jamoasi tuzib bo’lmaydi. Sizdan doim katta yordam va qo’llab-quvvatlash kutishadi

2. Forumlar va mavzuga oid forumlarda o’z ssilkasini yozib qoldirish. Shunday forumlar borki, u yerda Siz o’z ssilkalaringizni reklama qilish huquqiga egasiz.

  • Plyuslar: Forumlarda nafaqat ssilkangizni reklama qilasiz, balki o’zingiz ham nimadir o’rganib olasiz. Agar forum postlar (post – bu xabar qoldirish) uchun pul to’lasa, pul ishlab olishingiz ham mumkin.
  • Minuslar: Raqobatdoshlar juda ko’pligi, shunday xolatlar bo’ladiki, Sizning post ko’zga tashlanmaydi. Shuning uchun ma’lumotni to’g’ri va chiroyli yetkazishni bilib qo’yganingiz yahshi, chunki qonun-qoidalarni buzsangiz, Sizni bloklab qo’yishlari hech gapmas.

3. Shaxsiy sayt. Ko’p tarqalgan va yahshi usul. Bizni sayt ham shu metod orqali ishlaydi. Siz bemalol yuzlab ssilkalarni joylashtirishingiz va referallar uchun kerakli ma’lumotlarni berib borishingiz mumkin. Lekin  bunday mavzudagi saytlar hozirgi kunda ko’payib ketmoqda, ular orasida ko’rinib turadiganini yaratish kerak, masalan uni juda ham tushunarli yoki ma’lumotlarga boy qilib yaratish va albatta poiskoviklarda Topga olib chiqish.

  • Plyuslar: Barcha kira oladi, 24 soat tarmoqda mavjud, global yurgazilsa juda ko’p miqdorda foydalanuvchilar tashrifi, elektron hamyonlar yoki proyetklarda ro’yxatdan o’tish bo’yicha yo’llanmalar Sizni doimiy savollardan ozod qiladi.
  • Minuslar: Yurgazish qiyinligi, raqobat kattaligi

4. Tekin e’lonlar shaxobchasidan foydalanish. 

  • Plyuslar: Juda ham oson usul va bunday saytlar ko’p,  masalan bizdagi olx, zor, bepul, bozor va boshqa saytlar. Agarda omadingiz kelib va to’g’ri e’lon bersangiz ko’pgina referallarga ega bo’lishingiz mumkin.
  • Minuslar: Sizning e’lonlar Sizdan avvalgi huddi shunga o’xshash e’lonlar ichida cho’kib ketishi mumkin.

Bu taklif qilish usullarini barchasi emas, ular haqida referallarga atalgan keyingi maqolamizda batafsil ma’lumot beramiz. Asosiysi, referallaringiz Siz bilan ishlaganda qulaylikni his qilishlariga sharoit yaratib bering. Siz qo’pol bo’lmasdan, chiroyli javob berishingiz, nimadir so’rashsa, har qanday ma’lumotni, qiyin bo’lsa ham topib berishingiz kerak. Hammadan ajralib turadiganlarini esa bonuslar bilan taqdirlang, ular bilan muloqotda bo’ling, konkurslar uyushtiring va Siz albatta eng yahshi jamoaga ega bo’lasiz.

O’ylaymizki, maqolamiz mazmunini tushunib oldingiz. Referallar va referal tizim ostida Internetda juda ko’p proyektlar ish olib boradi – PTC saytlar, pochtoviklar, Forex, to’lov tizimlari va juda ko’pgina servislar – ularni barchasini bu yerda keltirishni ilohi yo’q. Bu yerda olgan bilimlaringizni albatta amalda qo’llang va yanada ko’proq daromad oling. Omad yor bo’lsin!

Yangiliklarga obuna bo’ling. Pastdagi maydonga e-mail manzilingizni kiriting va yangi maqolalardan xabardor bo’ling!

Maqola Sizga yoqdimi? Do'stlaringiz bilan baham ko'ring:

Izohlar soni: 14ta

  1. Salom admin.Nega saytingizda bitcoin haqida malumot yo’q?Iltimos shu haqida ham maqola kiritsangiz

  2. Oka 5-6kun ilgari sizga savollar yuborgandim. Gmaildan bordimi? Agar javob yozgan bulsangiz manga kelmadi. Iltimos iloji bulsa javoblaringizni saytizda yozib qoldiring!

    Savollar :

    1) Webmoney da rubl akkaunt qanday ochaman?

    2) Webmoneydan foydalanish uchun passport bo’lishi shartmi? Men xali 1 yilga passport olaman.

    3) Iltimos Faqat dollarda pul ishlash mumkin bo’lgan Neobux Clixsense dan tashqari yana ishonchli 2-3ta saytni nomini bersangiz!

    4) Jf-Friends.uz saytiga nima deysiz?

    5) Trafficmonsoon gachi?

    6) Buxvertise ishonchlimi?

    Javoblaringizni kutaman!

    • 1) Buni tushuntirish uchun bir maqola yozish kerak.
      2) Ha kerak. Aynan rubl akkaunt uchun kerak. 1 yil kutishga to’g’ri keladi.
      3) Trafficmonsoon va buxp ptc saytlari. Agar ro’yxatdan o’tmagan bo’lsangiz, kutib turing. Shu hafta video darslik joylaymiz, ularni ko’rib ro’yxatdan o’tasiz va bizga referal bo’lasiz.
      4) Juda ham ishonchsiz sayt. Uzcard orqali to’lov deyilgan, lekin Uzcard tizimi bilan hamkorligini tasdiqlovchi hech qanday xujjat taqdim etmagan.
      5) Ha ishonchli sayt
      6) Skam!

  3. torisi unchalik chunmadim referal yigish uchun man dostimni jalb qildim. man orqali referal bolishi uchun nima qilishim kerak. rasm orqalimi yoki biron bir misol orqali tushintira olasizmi?
    man telegram orqali unga clixsense.com deb yozdim. shunda u man yozgan oraqli kirsa u manga referal boladimi yoki qanday?
    oldindan rahmat

    • Ssilka va bannerlarda Sizning maxsus identifikatoringiz bo’ladi. Ularga bosgan va ro’yxatdan o’tgan odamlar, Sizning referalingizga aylanadi.

      Masalan Clixsenseda http://www.clixsense.com/en/My_Account sahifasining “My Affiliate Link” qatorida Sizning referal ssilka yozilgan bo’ladi.

      Bu maqoladagidan batafsilroq tushuntirishni iloji yo’q

  4. salom admin men hammasini boshidan bowlamoqchi edim birinchi urinda nima qilishim kerak buladi iltimos yordam bersangiz

  5. salom admin.menga iloji bolsa telegramda pul topishni mukamalroq tushuntirsangiz maqolani oqib uncha tushinolmadim javob uchun oldindan raxmat

  6. Work-zillaga boshlang’ich to’lovsiz kirsa bo’ladimi yoki 419rubl yeg’ishim shartmi eng ishonchli pul ishlash saytlari bir kunda xech bo’lmaganda 100 rubl ishlasa bo’ladigan

Sizga maqola yoqmadimi? Bu ma'lumot eskirganmi? Savollaringiz bormi? - barchasini izoh orqali qoldiring.

Izoh qoldirish

Sizning email manzilingizni hech kim ko'rmaydi.

*