Система Orphus
Pul-ishlash.ru - Bizdan uzoqlashib, bekorchilikka yaqinlashmang!
Reklama ko'rib pul topish mumkinmi? Reklama ko'rib pul topish mumkinmi?

PTC saytlar o’zi nima yoki qanday qilib reklama ko’rib pul topish mumkin?

PTC saytlar orqali pul topish usuli juda eskirgan va u orqali pul topishni Sizga endilikda tavsiya qilmaymiz. Saytimizdagi eng yangi va eng zo’r pul topish metodlari:Ijtimoiy tarmoqlar orqali pul ishlash – eng yaxshi va muntazam daromad olish usuli.Rasmdagi kodni (captcha) kiritgan holda pul topish – klaviaturani kerakli mashg’ulotga ishlating

PTC – bu Paid To Click, ya’ni “klik uchun pul olish”. Klik – bu sichqoncha tugmasini bossangiz chiqadigan ovoz :) Ya’ni tugmani bosganingiz uchun pul ishlash, reklama ko’rib pul topish deganidir.

Qayerda klik qilaman?

Albatta reklama beruvchi PTC saytlarida. Bunday saytlar hozirgi kunda juda ko’p. Biz Sizga eng ishonchlilarini taqdim etib boramiz. Ular orqali reklama ko’rib pul topish mumkin.

Qancha pul tikishim kerak?

Hech qancha!  Sizda internetga ulangan kompyuter va ozgina vaqt bo’lsa bas. Shundagina reklama ko’rib pul topish bo’yicha ishlasangiz bo’ladi.

PTC saytlarda qanday ishlash kerak?

  1. Sizga taklif qilingan PTC saytlarda ro’yxatdan o’ting. Saytga kirish uchun, ro’yxatdan o’tayotganda, o’zingiz ko’rsatgan login va parolingizni tering.
  2. Reklamalar ko’rsatiladigan sahifaga o’ting (odatda, View ads / Surf ads / Surf Banner). Sizning vazifa shundan iboratki, reklamaga bosib, uni tomosha qilish va kutish (3/5/15 sekund, saytga qarab). Ana holos Siz click qilib pul ishladingiz. Sizga bitta sayt orqali kuniga o’rtacha 20 ta va undan ko’proq reklama ko’rib pul topish imkoni beriladi.

Reklama ko'rib pul topish mumkinmi?

O’zimni ishlarim qolib ketadimi?

Siz bu vaqt ichida (o’sha 5/15 sekund) reklamaga tikilib o’tirishingiz shart emas. Taymer vaqtni hisoblab olguncha, 3/5/15 sekund Siz boshqa ishlaringizni qilaversangiz ham bo’ladi. Agar reklama taymeri tugab, pul tushgan bo’lsa, oynani yoping (close window) va keyingi reklamani ko’rishga bosing. Keyin yana ko’rinishda ishlayverasiz. Lekin hamma PTC saytlari ham bir xil usulda ishlayvermaydi. Ularning bir-biridan farqi bo’lishi mumkin. Siz bundan havotir olmasangiz ham bo’ladi, chunki biz har bir PTC saytda reklama ko’rib pul topish haqida alohida ma’lumot beramiz.

Bitta click uchun qancha pul to’lashadi?

Bu savolning javobi albatta sayt shart-sharoitlariga bog’liq. Odatda PTC saytlar $0.001 dan $0.02 gacha pul to’lashadi. Boshlanishiga $0.02 lik clicklardan umid qilmasangiz ham bo’ladi. Har bir click uchun $0.02 pul olish uchun ancha tajriba va vaqt kerak. Albatta bu borada Sizdan yordamimizni ayamaymiz.

Kim bu pullarni to’laydi?

Hammasi juda oddiy. Masalan, oddiy Coca-Cola ichimligini reklamasini tomosha qildingiz deylik. Bu yerda pul shunday tartibda Sizga yetib keladi: Coca-Cola pulni PTC saytga, PTC sayt o’z foydasini olib, Sizga belgilangan foizda pul ajratib beradi ($0.02 dan $0.001gacha).

Agar klik narxi bor yo’g’i $0.001 bo’lsa, u holda men qancha pul ishlay olaman?

Agarda har kuni 50 ta reklamaga klik qilsangiz o’rtacha kuniga $0.05, oyiga $1.5 yoki yiliga $18 daromad to’g’ri keladi. Agar bunday saytlarning 10 tasi bilan ishlasangiz, u holda oyiga $15 yoki yiliga $180. Lekin 10ta sayt degani, duch kelgan PTC sayt bilan ishlab ketaverish kerak degani emas. Siz faqat biz tavsiya etgan saytlardagina ishlang. Maqola so’ngida ularni ro’yxati bor.

Reklama ko'rib pul topish mumkinmi?

Daromadni oshirishni boshqa qandaydir yo’li bormi?

Albatta, buni 2 xil yo’li bor.

  • Birinchidan, Siz o’z akkauntingizni oddiy standartdan premiumga (Premium / Gold) apgreyd (rivojlantirish) qilishingiz mumkin, lekin bu uchun pul to’lanadi. Narx saytga qarab $10 dan $80 gacha bo’lishi mumkin. Apgreyddan so’ng Sizda reklamalar soni va unga to’lanadigan pul miqdori oshadi. Odatda klik narxi $0.001dan $0.005gacha,n reklamalar soni esa 50dan 70 gacha oshishi mumkin. Umumiy olib hisoblasak kuniga $0.25, oyiga $7.5 yoki yiliga $90 to’g’ri kelmoqda
  • Ikkinchidan, referallarni qidirish va jalb qila olishingiz kerak. Referallar – bu Siz orqali saytga kelgan yoki Siz bergan ssilka orqali saytda ro’yhatdan o’tgan odamlar. Ular Sizning to’g’ridan to’g’ri referallaringiz (direct) hisoblanadi. Ular orqali yillik daromadni $2500 dan oshirish mumkin. Siz esa bu saytlarda bizning referal sifatida ishlaysiz. Buning Sizga foydalni tomonlari juda ham ko’p.

Qanday qilib referallar meni daromadimni oshirishadi?

Saytlar Siz keltirgan har bitta referal uchun Sizga qo’shimcha daromad to’lashadi. Referalning har bir kliki uchun Siz $0.0005 dan $0.0125 gacha daromad olasiz(click narxi saytning sharoitiga ko’ra o’zgarishi mumkin). Masalan, Sizda 1 ta referal bor va sayt uning kliki uchun $0.001 to’laydi deylik, Sizning  daromad $0.001ga ko’payadi, ya’ni 2 baravar. Endi esa o’ylab ko’ringchi, agar Siz 10 ta yoki 100 ta referalni saytga olib kelsangizchi? Sizning daromad 10  yoki 100 barobar oshadi! Qani endi hisoblab ko’raylikchi $18*100 + $18 = $1818 yiliga – bu juda ham yahshi daromad! Agar Siz akkauntni apgreyd qilsangiz, bu Sizning  va referallardan olayotgan foydangizni 25%-50% gacha oshirishi mumkin va Sizning foyda endilikda yiliga $2500 + $81 = $2581 dan kam bo’lmaydi.

Demak, referal izlash kerak, lekin bu qiyinchilik keltirishi mumkin, nima qilish kerak?

Agar Siz referallarni chaqirishga usta bo’lmasangiz, Sizda yana bir variant bor – Siz ularni ijaraga (rented) olishingiz mumkin.  Deyarli barcha saytlar referallarni sotishadi. Odatda har bir referal narxi o’rtacha $0.20ga to’g’ri keladi, lekin ko’p xollarda referallar paketlab sotiladi 3/5/10/15/35/50/100/500… (eng kichik paketda 1 referal narxi $0.20 gacha borishi mumkin). Bir xil saytlar referallarni oylik arendaga berishadi. Hamda yana bir narsani hisobga olish kerak, referallarni sotib ola turib, Siz ularni tez ishlashiga ta’sir eta olmaysiz. Tajribamizga tayanib shuni ayta olamanizki, aktiv referallar (aktiv – ya’ni doim klik qilib turadi) %50 dan 80% gacha bo’lishadi. Ko’pgina saytlar referallarni almashtirish xizmatini taqdim etadi, bunday operatsiya narxi: $0.08 bir oylik uchun, $0.50 yillik referal uchun.

Reklama ko'rib pul topish mumkinmi?

Ijaraga referallar qayerdan olinadi?

Ko’pgina foydalanuvchilar hamkor-saytlar yoki referal ssilkalar lar orqali ro’yhatdan o’tishadi va ataydan “referrer” (referrer – saytga taklif qilgan odam) degan maydonni o’chirib tashlashadi. Aynan shunday foydalanuvchilarni yig’ib, sotish uchun referal paketlari yaratiladi. Demak, ro’yhatdan o’tayotgan paytda referrerni ko’rsatmasdan hech narsa yutib bo’lmaydi va yo’qotilmaydi ham. Shuning uchun biz beradigan takliflardan foydalangan holda va faqatgina biz ko’rsatgan saytlarda, biz bergan ssilkalar orqali klik qiling va daromadingizni yanada oshiring.

Pullarni qanday va qaysi usulda yechish mumkin?

Payza, Paytoo, Neteller yoki PayPal elektron to’lov tizimlari orqali pullarni yechish imkoniga egasiz. PayPalni va Netellerni bizda ishlatish amri mahol. Chunki PayPal va Neteller tizimidagi davlatlar ro’yhatiga bizni yurt kiritilmagan. Lekin odamlar buni ham yo’lini topganlar, ro’yhatdan o’tayotganda o’zlarini manzillarini emas, deylik, birorta chet eldagi qarindoshlarini manzilini ko’rsatib ro’yxatdan o’tadilar. Siz ham shu usulni qo’llab ko’rishingiz mumkin. Faqat ehtiyot bo’ling! Agar ko’rsatayotgan manzilni o’zingiz bilmasangiz, u holda ko’rsatmaganingiz maqul. Pul yechish haqida batafsil ma’lumot olmoqchi bo’lsangiz bu maqolani o’qing.

Menga qachon pullarimni to’lashadi?

Bu savolga PTC saytlar o’zini qonun-qoidalariga tayangan holda javob beradi. Ularning umumiy sxemasi shunday – yechish mumkin bo’lgan eng minimal pulni yig’gach, Sizni pulni yechishga (cashout) buyurtma berasiz va bu jarayon darxol yoki belgilangan muddatda amalga oshiriladi – bir necha daqiqadan 7 kungacha.

Sayt yopilib ketti yoki pul to’lashmayapti. Nima qilish kerak?

Hech narsa qila olmaysiz – bu hammasi Sizning tavakkalingiz va biz tavsiya etmagan saytda ro’yxatdan o’tganingiz. Xozirda ko’pgina PTC saytlar yopilib ketmoqda. 1000ta saytdan bor yo’g’i 50tasi ishonchli bo’lib chiqadi, qolganlari esa Siz va bizga o’xshaganlar ketidan pulni ishlab qochib qolmoqdalar. Shuning uchun sayt tanlayotganda juda ehtiyot bo’ling. Iloji boricha biz ro’yxatini bergan saytlardan boshqasida ro’yxatdan o’tmang!

So’ngi savol. Qanday ro’yhatdan o’tish mumkin?

PTC saytlar soni 100dan ko’proq, lekin biz Siz uchun eng ishonchlilarini yig’dik. Bu  PTC saytlar orasida Neobux va Clixsense eng ishonchli, hamda ko’p daromad olish mumkin bo’lgan saytlar hisoblanadi.

Eslatma! PTC saytlar qonun-qoidalariga binoan, bir dona kompyuterdan bitta odam ro’yxatdan o’tishi mumkin. Ya’ni Sizni ro’yxatdan o’tgan kompyuterdan yoki IP-manzildan boshqa hech kim ro’yxatdan o’tmasin. Aks xolda akkauntingizga ban (blokirovka qilish) berishadi.

Reklama ko'rib pul topish mumkinmi?

PTC saytlar ro’yhati

Agarda Siz ushbu maqola orqali o’zingizga kerakli ma’lumot topgan bo’lsangiz va hech bo’lmasa kamida $0.01 ishlagan bo’lsangiz ham, biz doimo Siz uchun hursandmiz. Sizga chin dildan omad tilaymiz! Bizdan uzoqlashib – bekorchilikka yaqinlashmang!

PTC saytlarda ishlashni boshlash uchun ushbu maqolalarni o’qing:

Yangiliklarga obuna bo’ling. Pastdagi maydonga e-mail manzilingizni kiriting va yangi maqolalardan xabardor bo’ling!

Maqola Sizga yoqdimi? Do'stlaringiz bilan baham ko'ring:

Izohlar soni: 23ta

  1. payzadan pulni qanday olamiz ro’yxatdan o’tish va verifiqatsiya qilish haqida kattaroq tushunarl maqola tayorlasangiz iltimos tushunmayabman pul bankdan olinadimi…!

  2. Izoh uchun rahmat. Siz so’ragan alohida maqola tayyorlanmoqda.

  3. bu saytni ko’rib to’g’risi juda xursang bo’ldim. menga oson pul solmasdan pul ishlash mumkin bo’lgan ishonchli sayt kerak. webtransfer sayti nega ishlamayapdi? shu haqida maqola tayorlasangiz? oldindan raxmat!

  4. to`g`risi bunaqa maqola kop lekin aniqmas ishonch yo`q qoolaversa garantiya yoq keyin bittasi oyda 330 yevro ishlash degan maqola yozudi silani gapilaga ishonch bormi

  5. Admin men sayt ochmoqchiman lekin puli chiqishi oylantirvotti shu sabab avvaliga internetta pul ishlab korsammikin deyapman,Lekin bu ptc saytlar narxlari juda kamku/// qolaversa bu ptc saytlarda kuniga 5 6 soat ishlab qancha topsa boladi bu saytni bowqa bir sayyta maqtab yozshgandi lekin hostingi ozgarganda uchib ketibdi http://shotbux.com va Graybux ptc saytlari haqida malumot bersangiz umuman olganda 12 16 soat vaqt sarflansa kuniga oylik 20 gb yetadimi keyin tezlik tushib ketadiyu uzonlaynda Qancha ishlab topish mumkin kuniga 12soat ishlab

  6. wu saytni oziz yaratganmisiz?

  7. Bizlar sizni orqali saytlarga a’zo bolyapmiz. shunda sizga qanchidir foiz tuwadimi wotizga. Agar wunaqa bolsa biz orqali kirsa boladimi mijoz topsak va bizagayam ulush tegadimi va qanday?

  8. Bizlar siz orqali saytlarga a’zo bolyapmiz va foydalanyapmiz. Shunda siz qanchidir foiz yoki ulush olasizmi. Agar wunaqa bolsa biz orqali kiradigan mijoz topsak va bizagayam ulush tegadimi va qanday?(xatolik uchun uzr, oldingi jumlada)

  9. Avvalambor rahmat. Mijozni, ya’ni referalni o’zingiz uchun toping, bizga emas. buni javob deb bolmaydi

  10. axaxxaxa. yo manga wu haqida malumot kerak yoki izoh

  11. manga registiratsiya qnaqa qilib qiliwini korsatsangiz etibor ucun raxmat

  12. Salom

Sizga maqola yoqmadimi? Bu ma'lumot eskirganmi? Savollaringiz bormi? - barchasini izoh orqali qoldiring.

Izoh qoldirish

Sizning email manzilingizni hech kim ko'rmaydi.

*