Система Orphus
Pul-ishlash.ru - Bizdan uzoqlashib, bekorchilikka yaqinlashmang!
SurfEarner - brauzer orqali passiv daromad olish prevyu

SurfEarner – brauzer orqali passiv daromad olish

SurfEarner orqali pul topish usuli juda eskirgan va u orqali pul topishni Sizga endilikda tavsiya qilmaymiz. Saytimizdagi eng yangi va eng zo’r pul topish metodlari:Ijtimoiy tarmoqlar orqali pul ishlash – eng yaxshi va muntazam daromad olish usuli.Rasmdagi kodni (captcha) kiritgan holda pul topish – klaviaturani kerakli mashg’ulotga ishlating

Assalomu alaykum, Pul-ishlash.Ru saytining passiv daromad olish’ni niyat qilgan foydalanuvchilari. Bu yerdagi pul topish usullari orqali Siz nafaqat daromad olishni boshlaysiz, balki bir oilani boqishga yetarli pul ishlashni o’rganasiz. Avvallari aytganimizdek, hammasi o’zingizga bog’liq.

Bir narsani hisobga olishni unutmang, Internetda olinayotgan daromad faqatgina bitta saytni o’zidan kelmaydi – foyda keladigan manbalar ko’p bo’lishi kerak, ulardan aksariyati Sizga ko’p pul va’da qilolmaydi, lekin keyinchalik ulardan olinadigan passiv daromad toma-toma ko’l bo’lishi mumkin.

SurfEarner - brauzer orqali passiv daromad olish prevyu 1Bugungi maqolamiz qaxramoni SurfEarner bo’lib, u boshqa pul topish usullaridan qiziq tomoni bilan ajralib turadi.
Proyekt Sizga brauzeringizda reklama tomosha qilganingiz uchun pul to’laydi. Bu Sizga ta’biy hol ko’rinishi mumkin, chunki Siz reklama ko’rib pul topish haqida tushunchaga egasiz. SurfEarner‘ning afzalligi shundaki, undagi reklamani ko’rish uchun klik qilish shart emas, ko’rish ko’rmaslik ham Sizning hohishingiz, shunchaki ular bergan kengaytmani (расширение) brauzeringizga o’rnatsangiz bas.

Shu bilan birgalikda Siz istagan ishingiz bilan shug’illanishingiz mumkin – yangiliklar o’qish, o’yin o’ynash, ijtimoy tarmoqlarda muloqot qilish yoki istagan saytingizda pul topishingiz mumkin (masalan, kapchalarni kiritib yoki VKtarget orqali ijtimoy tarmoqlarda pul topib).  Reklamalar ko’rsatilaveradi, pullar esa (mayli juda kam bo’lsa ham) avtomat tarzda to’planaveradi. Referallar taklif qilib (10 pog’onali referal tizim – bunaqasi kamdan kam uchraydi) daromadni bir necha barobar oshirish mumkin. Barchasi haqida bir boshdan tushuntirib beramiz.

Daromad olishni boshlash uchun ikta ishni qilsangiz bas – servisda ro’yxatdan o’tasiz va SurfEarner dasturini brauzeringizga o’rnatasiz. Aynan usha dastur orqali brauzeringizda reklamalar ko’rinadi. Dasturni bir necha brauzerga, bir necha kompyuterga o’rnatishingiz mumkin (masalan, qarindoshlaringizni kompyuteriga).

Diqqat! Maqola so’ngida video darslik berilgan. 

Keling, ro’yxatdan o’tishni boshlaymiz. Buning uchun quyidagi ssilkaga bosing:

Ro'yxatdan o'tish tugmasi

Ochilgan oynaning tepa, o’ng qismida регистрация tugmasiga bosamiz

SurfEarner - brauzer orqali passiv daromad olish 1

Ro’yxatdan o’tish juda oson, e-mail va parolni kiritasiz, hamda kapchaga galochka qo’yasiz

SurfEarner - brauzer orqali passiv daromad olish ro'yxatdan o'tish

Agar barchasi to’g’ri bajarilgan bo’lsa, quyidagi sahifa ochiladi. U yerda ko’rsatilgan ssilkaga bosing va avtorizatsiyadan o’ting

SurfEarner - brauzer orqali passiv daromad olish ro'yxatdan o'tish bajarildi

 

SurfEarnerga kirish chog’ida, Sizdan har doim kim ekanligingizni so’rashadi – reklama beruvchi yoki reklama ko’ruvchi

SurfEarner - brauzer orqali passiv daromad olish reklama koruvchi

Agar bu servis orqali reklama ko’rib foyda topmoqchi bo’lsangiz, u xolda 2-variantni tanlang (1-variantni reklama uchun po’l to’laydiganlar tanlashadi). Bundan keyin Siz shaxsiy kabinetga yuborilasiz, u yerda ishni boshlash uchun barcha narsa tayyor, lekin birinchi tashrif bo’lgani uchun yahshilab o’rganib qo’ygan maqul:

SurfEarner - brauzer orqali passiv daromad olish birinchi kirish

Birinchi bo’lib “установить” tugmasini bosamiz va Surfearnerni brauzerimizga o’rnatish sahifasiga boramiz. O’rnatish jarayonida qiyinchilik tug’ilmasligi kerak. Endi brauzerimizning tepasida paydo bo’lgan belgiga bosamiz va “Активировать” tugmasini bosamiz

SurfEarner - brauzer orqali passiv daromad olish brauzerga o'rnatish

Mana bo’ldi… Endi bizga brauzerimizning tepa qismida reklama ko’rsatilib boriladi va biz ishlayotgan saytga ta’sir etmaydi:

SurfEarner - brauzer orqali passiv daromad olish reklamani ko'rish

Reklamaning chap tarafida hisoblagich bo’ladi, u reklamani tugashiga necha soniya qolganini ko’rsatib turadi. Reklama ko’rsatilib bo’lgach, Sizni xisobingizga pul o’tkaziladi. Pul o’tishi uchun reklamaga bosishingiz shart emas, unga umuman e’tibor bermasangiz ham bo’ladi – bu rostdan ham passiv daromad olish hisoblanadi (to’g’ri, uncha katta emas).

O’zingiz haqingizda ma’lumotlarni kiritish uchun “Личные данные” sahifasiga o’tasiz va quyidagicha to’ldirasiz.

SurfEarner - brauzer orqali passiv daromad olish sozlash

SurfEarnerdagi daromadni qanday oshirsa bo’ladi?

Teparoqda bergan skrinshotimizda, ishni boshlaganda reyting nolga teng bo’lishini ko’rgan edingiz va Sizning status “не квалифицирован” edi.

Reyting 0 dan 100 gacha qiymatga ega bo’lishi mumkin va aynan u orqali passiv daromad olish miqdori belgilanadi (Reyting nimaga va qanday berilishini FAQda o’qish mumkin)

SurfEarner - brauzer orqali passiv daromad olish reyting

Ko’rib turganingizdek, Siz to’plagan reytingga qarab ko’rayotgan reklamangizni narxi belgilanadi va har doim har xil narxlarda bo’lishi mumkin.

Reyting yana referallaringizdan oladigan daromadni ham belgilaydi.  O’zingiz ko’ring. Rasmda ko’rsatilgan reyting 100ga yaqin va olinayotgan daromad ham maksimal qiymatda turibdi:

SurfEarner - brauzer orqali passiv daromad olish reyting

Qancha ko’p referalni taklif etsangiz, reyting ham shuncha yuqori bo’ladi va yanada ko’proq passiv daromad olish imkoni tug’iladi (faqatgina o’zingiz ko’rgan reklama uchunmas, tizimga taklif qilgan odamlaringiz va ular chaqirgan odamlar ko’rgan reklamasidan ham daromad olasiz). Partnerlik ssilkasini brauzerdagi SurfEarner belgisiga bosib yoki SurfEarnerdagi shaxsiy kabinetingizda olasiz:

SurfEarner - brauzer orqali passiv daromad olish partner dastur

Siz ko’rgan reklamalar soni ham reytingga yahshi ta’sir ko’rsatadi. Boshlanishiga esa, reytingni darxol 5taga ko’tarish mumkin, buning uchun VKontaktedagi SurfEarner sahifasiga kirish lozim (ssilkani asosiy sahifada topasiz).

Kvalifikatsiya haqida. Bu nima va nima uchun kerak? Uni olish uchun 3 kun mobaynida 18ta reklama ko’rish kerak. Bu juda oson. Lekin buni bajarmasak, yana belgilangan miqdorda reklama ko’rmagunimizcha, referallardan oladigan passiv daromad kelmay qo’yadi.

SurfEarner - brauzer orqali passiv daromad kvalifikatsiya

Kvalifikatsiya qaysi kungacha amal qilishini brauzerdagi SurfEarner belgisiga bosib yoki asosiy sahifaga o’tib ko’rish mumkin. Birorta ishingiz chiqib qoladigan bo’lsa, kvalifikatsiya o’chib qolmasligi uchun SurfEarnerni birorta tanishingiz brauzeriga o’rnatib qo’ying.

Yana bir yomon tomoni kvalifikatsiya tugab qolsa, Sizdan kuniga 1 reyting bali yechib olinadi. Shuning uchun doim kvalifikatsiyani yo’qotmaslikka harakat qiling. SurfEarnerda Siz har oy 2 haftaga ta’til olishingiz mumkin, bu vaqt ichida referallardan kelgan daromad minimal (5%) bo’ladi. Ta’tildan qaytgach Sizning reyting o’z xolatini saqlab qoladi. Buni kerakli paytda ishlating.

SurfEarnerdan yechilgan passiv daromad pullari va proyekt haqida fikrlar

Umuman olganda SurfEarnerga gap yo’q. Hech qanday muammosiz pulni to’laydi. Eng muhimi bu darhol amalga oshiriladi. Yandex moneyga pul 1 daqiqa ichida keladi. Pul yechish usullari ko’p:

SurfEarner - brauzer orqali passiv daromad olish pul yechish

Pul yechish uchun soliq sezilarli emas – bor yo’g’i 0.5 rubl. Umuman olganda bu yerda hammasi OK.

SurfEarner - brauzer orqali passiv daromad olish yechilgan pullar

Umumiy xulosa chiqarishga hali vaqtli (ishlayotganimga endi 4 hafta bo’ladi), lekin quyidagicha fikrdaman:

  1. Proyektni kashf qilganlar, unga o’zgacha mexr berishgani ko’rinib turibdi.
  2. Keyinchalik u rivojlanib ketishi va daromadlar oshish ehtimoli katta.
  3. Pul yechilishida hech qanday shubxa paydo bo’lmadi
  4. Texnik nosozliklar bo’ldi, lekin bu vaqtda foydalanuvchilarga zarar yetmasligi uchun, servis egalari kvalifikatsiyalarni muzlatib qo’yishdi. Bu degani yahshi yondashilmoqda
  5. 10 pog’onadan iborat partnerlik dasturi, ya’ni Siz referalingiz taklif etgan 9-pog’onadagi referaldan ham daromad olasiz. Umuman olganda – bu dahshat. Bunaqasini xali ko’rmagansiz.

Sizga yanada ko’roq passiv daromad olish’ni tilab qolamiz.

Yangiliklarga obuna bo’ling. Pastdagi maydonga e-mail manzilingizni kiriting va yangi maqolalardan xabardor bo’ling!

Maqola Sizga yoqdimi? Do'stlaringiz bilan baham ko'ring:

Izohlar soni: 25ta

  1. bunga o’xshagan yana uch to’rtasi bor

  2. Xa yaxshi chiqibdi video dars! Ayniqsa musiqa juda yoqib qoldi, iloji bo’lsa musiqani nomini aytvoring!!!

    Oldindan katta raxmat :)

  3. 1) Oka Trafficmoonson da ishlash uchun passport bo’lishi kerakmi?

    2) Webmoneyda rubl akkaunt ochish haqida qachon maqola yozasiz?

    3) Bitkoin haqida ham yozasizmi?

    4) NeoBux va ClixSense dagi offer va tasklar bilan ko’proq pul topish mumkinmi? Bular haqida nima deysiz?

    • Har doimgidek qiziq savollarni berishda davom etayabsiz :-)
      1) ha kerak. bugun eng ishonchli bukslar haqida maqola qoyishga harakat qilamiz
      2) Bu hafta ulgurmadim. Shu hafta yozishga harakat qilamiz
      3) U haqida albatta yozamiz!
      4) Ular orqali rosa ko’p pul topsa bo’ladi, lekin geotargeting tufayli O’zbekistonga vazifalar umuman yo’q

    • Mo’minjon Trafficmonsoon aniqlanishicha SKAM sayt ekan. Bugun biz Sizlarga eng ishonchli 5ta PTC sayt taqdim etamiz. Ular orqali bemalol klik qilishingiz mumkin bo’ladi

  4. bunda telda ishlasa ham boladimi yoki yoq

  5. shunga o’xshagan saytlar nega yozilmadi yoki adres berimi

  6. Adspay*uz haqida ham malumot bersangiz.

  7. kapcha surayabdi lekin bosgan voqtim kapcha kurinmayabdi nma qilsam buladi

  8. Salom alaykum! iltimos menga innternetda pul topishni orgatiylar – qiwi webmoe=ney payeer btc dogecoin kosheleklarim bor lekin sheti 0.00 xammasiniki pul ishlashni orgatiygar yozmoqchi boselat+998933957703 telegramim admin yordam bering internetda pul ishlashni

  9. Webmoneyga ishim tushib royxatdan otdim manga z bn boshlangan xisob raqam berishdi u wmz uchun ekan manga wmr kerak edi rublga xisob raqam ochish uchun nima qlish kerak umuman web money haqida maqola malumot kerak shu haqida xam yozing kop maqolalarizi oqidim manga yoqdi ancha narsa bilib oldim KATTA RAXMAT

Sizga maqola yoqmadimi? Bu ma'lumot eskirganmi? Savollaringiz bormi? - barchasini izoh orqali qoldiring.

Izoh qoldirish

Sizning email manzilingizni hech kim ko'rmaydi.

*