Система Orphus
Pul-ishlash.ru - Bizdan uzoqlashib, bekorchilikka yaqinlashmang!
Websum haqida royxatdan otish jarayoni asosiy

Websum haqida: Websum milliy to’lov tizimida ro’yxatdan o’tish

Websum to’lov tizimi vaqtincha o’z faoliyatini to’xtatgani haqida o’z saytida rasmiy xabar qoldirdi. Pul-ishlash.ru sayti Sizga vaqtincha bu tizim bilan ishlamaslikni tavsiya etadi. Tizim qayta ishga tushgach, albatta Sizga xabar beramiz!

Internetda ishlagan pullarni qanday yechamiz – degan savollar juda ko’p berilayotgani tufayli, bugun Sizlarga “Websum haqida: Websum milliy to’lov tizimida ro’yxatdan o’tish” nomli maqolamiz taqdim etmoqdamiz. Bu maqolamizda Siz Websum to’lov tizimi haqida, unga pul tashlash va pulni yechish, hamda Websum orqali boshqa elektron pullarni harid qilish, masalan, Websum orqali Webmoney yoki QIWI sotib olishni o’rganasiz.

WEBSUM – elektron to’lov tizimi bo’lib, u orqali foydalanuvchilar Internetda maxsulotlarini tezda xarid qilishlari, telefon yoki Internetga pul to’lashlari, web-saytlari uchun hosting sotib olishlari, qorinlari ochib qolsa ovqat buyurtma qilishlari va yana ko’plab xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Websum bilan ishlaydigan servislar kun sayin oshib bormoqda. Websum haqida va boshqa ma’lumotlarni tizimning saytida olishingiz mumkin.

Barcha xisob-kitob WEBSUM (WSM) to’lov birligida amalga oshiriladi. WSM to’lov birligi – O’zbekiston milliy valyutasi so’mining ekvivalenti hisoblanadi, 1 so’m  1 WSM ga teng. (1 WSM = 1 so’m)

Websum milliy to’lov tizimida ro’yxatdan o’tish juda ham oson

Ro'yxatdan o'tish tugmasi

Yuqoridagi ssilkaga bosgach,  Websum saytida ro’yxatdan o’tish sahifasi ochiladi. U yerda 2ta variant bor: yuridik shaxslar uchun va jismoniy shaxslar uchun. Agarda uyali aloqa, internet va boshqa ko’plab to’lovlarni oshirish uchun Websum hamyon ochayotgan bo’lsangiz, jismoniy shaxsni tanlab ro’yxatdan o’ting

Websum haqida royxatdan otish jarayoni

Keyingi sahifada, Sizdan o’zingiz haqingizdagi ma’lumotlar kiritishingiz so’raladi. Barchasini to’liq ko’rsating. Unutmang! Ma’lumotlar to’g’ri bo’lishi kerak, aks xolda to’lovlarni amalga oshira olmaysiz, tashlagan pulingiz esa kuyib ketishi mumkin. Eng muxim maydonlar – bu familiya, ism va pasport ma’lumoti. Rasmda barcha ma’lumotlar qanday kiritilishi ko’rsatilgan

Websum haqida royxatdan otish jarayoni 1

Barcha ma’lumotni ko’rsatib, “Зарегистрировать” tugmasini bosganingizdan so’ng, agar barchasi to’g’ri bo’lsa, quyidagicha sahifaga yo’naltirishadi. U yerda Sizning ID, ro’yxatdan o’tish muvaffaqiyatli kechgani va E-mail pochtangizga kirib uni tasdiqlashingizni kerakligi haqida xabar ko’rsatiladi. ID raqamni biror yerga yozib qo’ying. Chunki saytga kirish, xisobingizni to’ldirish va boshqa Websum foydalanuvchilaridan pul qabul qilish uchun Sizga ID kerak bo’ladi

Websum haqida royxatdan otish jarayoni 2

Ro’yxatdan o’tganingizni tasdiqlash uchun ko’rsatgan E-mail manzilingizni tekshiring. Tasdiqlash tugmasiga bosing

Websum-haqida-royxatdan-otish-jarayoni-9

E-mailga kirib ro’yxatdan o’tganingizni tasdiqlaganingizdan so’ng, saytga tashrif buyurishingiz mumkin. Buning uchun saytning o’ng tarafidagi “Войти” tugmasini bosamiz. Keyingi sahifada ro’yxatdan o’tganimizda olgan ID‘ni va parolni kiritamiz

Websum haqida royxatdan otish jarayoni 5

ID va parol to’g’ri ko’rsatilgan bo’lsa, Sizni Websumning asosiy sahifasiga yo’naltirishadi. U yerda barcha to’lov turlari ko’rsatib qo’yilgan. Endi to’lovlar amalga oshira olish uchun o’z shaxsingizni tasdiqlashingiz kerak. Buning uchun saytning o’ng tomongi menyusida “верификация” tugmasiga bosing

Websum haqida royxatdan otish jarayoni 3

Verifikatsiyadan o’tish uchun, ya’ni shaxsingizni tasdiqlash uchun saytga o’z pasportingiz nusxasini yuborishingiz kerak. Pasportning ikta sahifasi yuboriladi: Asosiy (rasmingiz ko’rsatilgan) va manzilni tasdiqlash (propiska) sahifalari. Buning uchun “выбрать файл” tugmasiga bosing va pasportingizni skanerlangan rasmini tanlang, “согласен” maydoniga galochka qo’ying va “отправить” tugmasiga bosing

Websum haqida royxatdan otish jarayoni 4

Barcha ma’lumotlar muvaffaqiyatli yuklanib, saytga yuborilgach, sayt raxbariyati Siz yuborgan pasport nusxasi va Siz kiritgan ma’lumotlarni solishtiradi. Agarda barcha ma’lumot to’g’ri kiritilgan bo’lsa, Sizga “Верифицирован” tasdiqlangan statusi beriladi.

O’ylaymizki bu jarayonlarni amalga oshirish Sizga hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi. Agarda biror nima tushunarsiz bo’lsa Video darsligimizni ko’ring yoki izoh orqali savolingizni qoldiring.

Keyingi Websum haqida’gi maqolamizda Qanday qilib Websum orqali Webmoney, Qiwi, Yandex Money va boshqa ko’plab elektron pullarni xarid qilish haqida ma’lumot beramiz.

Yangiliklarga obuna bo’ling. Pastdagi maydonga e-mail manzilingizni kiriting va yangi maqolalardan xabardor bo’ling!

Maqola Sizga yoqdimi? Do'stlaringiz bilan baham ko'ring:

Izohlar soni: 51ta

  1. Nurxoja Aziyev // 25.06.2016 at 12:53 // Ответить

    Pasport bolmasa nima qilamiz

  2. Assalomu aleykum hurmatli admin mavzuni qisqa va tushunarli qilib yoritib beribsiz saytingizga gap yo’q ishlaringizga omad saytingiz faoliyatiga rivoj tilayman

  3. Pasportni telefonda rasmga olib jo’natsa bo’ladimi? 1-2 marta jo’natib ko’rdim bo’lmayapti. Iltimos javobini tezroq yozsangiz oldindan rahmat

  4. Webmoneyda wmr koshelyokdan wmz koshelyokka pul otkazsa boladimi?

  5. Комилжон // 30.06.2016 at 22:31 // Ответить

    Салом. Вебсум оркали Вебманейга пул уткизса буладими

    • websumda kecha verifikatsiyadan o’tdim hisobimda 15000 WSM bor Ucellga 5000 pul tashlashga bossam Запрос на платеж не прошел попробуйте проверить введенные данные. Payment system balance is low7012016-07-03T06:01:17.714+05:00 shunaqa yozuv chiqyapti. Iltimos biladiganlar yordam beringlar

  6. WEBSUM TIZIMI JUDAYAM QULAY IWLANGAN EKAN VA TUSHUNISH HAM JUDA OSON AYNIQSA QISHLOQ JOYLARDA JUDAXAM AS QOTADI PAYNET QIDIRIB YURISH SHART EMAS LEKIN UMS VA UZMOBILE GSM GA PUL TO’LAB BOLMASLIGI YOMON EKAN TEZ ORADA BU KAMCHILIKLARNI YO’Q QILISHSA KERAK

  7. SALOM, WEBSUMDAN WEBMONEY KASHELOGGA PUL O’TKAZISH MUMKINMI? AGAR ILOJI BO’LSA KO’RSATIB O’TSANGIZ??

  8. SALOM ADMIN RASM FORMATINI QANAQILIB KICHILASHTIRSA BOLADI

    • Photoshop orqali qilsangiz bo’ladi. Google’ga : “Как изменить размер фото ?” deb yozing va keyin darslar chiqadi.

  9. Salom admin keshirasiz men clix sense dan registatsiya qilol mayapman yordam bering iltimos zip posted code diydimuu

  10. Salom! Admin nega anchafan beri hech maqola chiqarmay qoydingiz? iltimos savolimga javob bersangiz

  11. Xurmatli admin! Webmoneydan websumga pul o’tkazish mumkinmi?

  12. Xurmatli admin! Webmoneydan Websumga pul o’tkaziw mumkinmi?

  13. Salom admin.Saytni tuzib yaxshi ish qlibsizlar sizlarga katta rahmat saytilani rivojlanishini tilab qolaman.Meni savolim quyidagicha1. Payeer.com saytidan pulimni websum.uzga o’tkazsam bo’ladimi va bu qanday bajariladi batafsil malumot bering iltimos 2.Webmoneyda pasport malumotlarini soravotdi pasport malumotlarini kirgisam hech qanday noxush voqealar ro’y bermaydimi bu xavfsizmi JAVOBINGIZ UCHUN OLDINDAN RAHMAT!!!

    • PAYEERdan uzcardga o’tkazish, adashmasam uzpay.me saytida bor. Pasport ma’lumotlariga kelsak, webmoney to’lov tizimi Sizning ma’lumotlarni hech qanday yomon maqsadda ishlatmasliklariga kafolat beradilar

  14. Salom admin websum.dan webmoney.ga davlat narxida utkazsa bulmaydimi

  15. Websumdagi login parolni unutib qoldim. Yordam beringlar завыли парол ni bosib pochtani kiritdim hech narsa kelmadi

  16. Web sumda ваш ID orniga nima yozaman

  17. salom tanga. kayfiyatlar qanaqa? wmzdan websumga yoki qiwiga pul utkazish xaqida ham yozing.

  18. Assalomu aleykum admin mening bita savolimga javob bervorsayiz qaysi elikton kashelokdan bankdan pul olsa buladi javob uchun oldindan kotta rahmat hurmat bilan suhrob

  19. Assalomu aleykum. Saytingiz juda zòr. Savolimga javob bersangiz xursand bòlardim. Internet orqali pul ishlamagan bòlsam-u, lekin uzcarddan hamyonimga pul òtkazib wmztashkent.com saytidan naqd qilib olsam bòladimi. Javobingiz uchun rahmat

  20. ADMIN WEBSUM YANA ISHGA TUSHIBDIMI

  21. websum qachon aktiv xolatda ishlaydi

  22. ruyxatda utdim lekin ishlamayapdi

  23. admin vebsum iwlavoti

  24. Qanday qilib payeer koshelyokga pul tashasa boladi?

  25. Ikkita rasmni bir qilib yuboring!

Sizga maqola yoqmadimi? Bu ma'lumot eskirganmi? Savollaringiz bormi? - barchasini izoh orqali qoldiring.

Izoh qoldirish

Sizning email manzilingizni hech kim ko'rmaydi.

*