Pul-ishlash.ru - Bizdan uzoqlashib, bekorchilikka yaqinlashmang!
Bukmeker va totalizator terminlari

Bukmeker va totalizator terminlari

Bukmeker va totalizator terminlari haqida ko’p so’rashadi. Bugungi maqolamiz tajribali betterlardan koʼra shu sohaga yangi kirib kelayotganlar uchun foydali boʼladi. Lekin shu soha “pirlari” ham bukmekerlik stavkalari bilan bogʼliq barcha shartli belgilarni birrov yodga olsalar zarar boʼlmaydi. Bukmekerlik stavkalari bilan qiziqa boshlaganlar esa ushbu maqolada keltirilgan maʼlumotlarni nafaqat oʼqib chiqishi, balki oʼrganishi va eslab qolishi muhim vazifa boʼlib qoladi. Berilgan topshiriqni uddalasangiz keyinchalik sizda “Stavkalarni qanday tushunish mumkin, ushbu harf va sonlar nimani anglatadi? Fora nima? Total nima?” kabi savollar paydo boʼlmaydi. Tushunganingizdek, bugun stavkalar rasshifrovkasi toʼgʼrisida gaplashamiz.

Saytimiz tavakkal o’yinlarini tashkil etmaydi va targ’ibot qilmaydi. Ushbu maqola faqatgina tanishish maqsadida berilgan. Stavka qilishda yutishingizga hech kim kafolat bermaydi! Bu sport, har qanday hodisa yuz berishi mumkin, buni doim yodda tuting!

Maqolada ko’pgina Sizga notanish terminlar uchrashi mumkin. Bunday holat yuz bermasligi uchun ushbu maqolani o’qing – Sportga pul tikish. Totalizator saytlarda qanday stavka qilinadi?

Agar 1xbet uz’da ro’yxatdan o’tmagan bo’lsangiz bu yerga bosing – 1XBET haqida. Ro’yxatdan o’tish. Barcha ma’lumotlar

O’yinning asosiy natijalariga stavka qilish 1, X va 2

Asosiy natijalarga pul tikish eng taniqli yo’nalish sanaladi, hatto men uchun ham. 10 yildan beri stavka qilayotgan bo’lsam, ko’proq asosiy natijalarga tikaman. Har qanday bukmekerda bu yo’nalishlar 100% bo’ladi, hatto eng oddiysida ham.

Biz futbolga qoʼyiladigan stavkalar rasshifrovkasini tanladik, chunki bettorlar orasida aynan mana shu sport turi koʼproq mashhurlikka ega. Umuman olganda, agar siz ushbu sport turi stavkalarining bukmekerlik belgilarini oʼzlashtirib olsangiz, qolgan sport turlarini ham osongina tushunib olasiz. Demak, asosiy stavkalarning shartli belgilarini keltiramiz:

Oʼyinda qaysi jamoa mezbon, qaysi jamoa esa mehmon ekanligini bilib olish juda ham oson. Tabloda maydon egalari doimo birinchi boʼlib yoziladi. Masalan, “Real-Barselona” oʼyinida “Real” maydon egasi (u raqib jamoani oʼz maydonida qabul qiladi), “Barselona” esa mehmon jamoa, u begona maydonda toʼp suradi.

Eng muhimi bunday stavkalarda hammasi tushunarli, bu yerda uch xil natija bo’lishi mumkin:

  • G’1 (yoki “1” va “П1” ) – birinchi jamoa g’alabasi, oʼyinda mezbon jamoa gʼalaba qozonadi.
  • D (yoki “X”) – durang. Odatda baland koeffitsient berishadi.
  • G’2 (yoki “2” va “П2”) – ikkinchi jamoa g’alabasi,  oʼyinda mehmonlar jamoasi gʼalaba qozonadi.

Jamoa sifatida futbol jamoasi, tennisdagi o’yinchi yoki hokkeydagi komandani tushunish mumkin.

Futbolda bunday stavkalar o’yinning asosiy vaqti uchun qabul qilinadi – 90 daqiqa. Boshqa sport turlarida overtaym yoki bullitlarga tegishli bo’lishi mumkin. Shuning uchun tikishdan avval e’tiborli bo’ling, buni o’zimni tajribamdan kelib chiqib aytayapman. Bir necha marta qaysi jamoa yutishiga pul tikkanman, keyin bilsam qo’shimcha taym (extra taym) bu stavkadan mustasno ekan. Misol uchun:

  • Rossiya va Ispaniya o’ynamoqda, sizni stavka Rossiya g’alabasi, ya’ni G’1.
  • Asosiy vaqt durang bilan tugadi, qo’shimcha taym berishdi. Rossiya hali yutishi mumkin, lekin siz yutqazib bo’ldingiz. Chunki asosiy vaqtda (90 daqiqa) Rossiya yutgani yo’q.
  • Qo’shimcha taymda Rossiya penaltilar seriyasi orqali g’alaba qozondi, lekin endi buni sizga ahamiyati yo’q.

Futbolda qo’shimcha taym qachon bo’lishini bilmasangiz, do’stlaringizdan so’rang.

Bukmeker va totalizator terminlari haqida

Qo’shaloq imkoniyat yo’nalishga pul tikish 1X, 12 va 2X (двойной исход)

Qo’shaloq imkoniyat – stavka qilish yo’nalishlari orasida keyingi o’rinda turadi. Ularning farqi shundaki qo’shaloq imkoniyatga stavka qilish nisbatan havfsizroq, shunga yarasha koeffitsient ham pastroq. Bunday stavkalar odatda ekspress kupon yasayotganda, yutqazish ehtimolini kamaytirish uchun ishlatiladi.

Keling bu nima ekanini ko’rib chiqamiz:

  • 1X – birinchi jamoa g’alabasi yoki durang natija, ya’ni birinchi jamoa yutqazmaydi;
  • 12 – birinchi yoki ikkinchi jamoa g’alabasi, ya’ni o’yinda durang qayd etilmaydi;
  • 2X – ikkinchi jamoa g’alabasi yoki durang natija, ya’ni ikkinchi jamoa yutqazmaydi.

Total nima? Total ko’p va total oz’ga stavka qilish (Тотал ТБ ТМ)

Bukmekerda total nima? Total bu – sodda qilib aytganda gollar, ochkolar, geymlar, setlar va shaybalar soni. Hamda birinchi va ikkinchi taym uchun ham total bor, ko’pgina bukmekerlarda esa yana individual total ham bor, bu yerda umumiy emas aynan bir jamoa nazarda tutilmoqda.

Bukmeker va talizatorda total ma’nosi:

  • 1 O (yoki ТМ 1) – “O” oz degani, ya’ni bittadan kam gol bo’ladi, masalan o’yinda hisob 0:0 bo’lib tugasa bu stavkamiz yutadi, agarda 1:0 yoki 0:1 bo’lsa pulingiz o’zingizga qaytadi. 2:0 1:1 0:2 bo’lsa yutqazasiz. Chunki total 1 dan oshib ketti;
  • 1 K (yoki ТБ 1) – “K” ko’p degani, ya’ni bittadan ko’p gol bo’ladi, endi 1:0 yoki 0:1 hisobi sizga pulingizni qaytaradi, chunki total 1dan ko’p emas. 1:1 va boshqa hisoblarda siz yutasiz, 0:0 hisobda esa siz yutqazasiz;
  • 1.5 O (yoki ТМ 1.5) – ya’ni bittadan kam gol bo’ladi, lekin 1 O’dan farqi shundaki o’yinda 1:0 yoki 0:1 hisobi qayd etilsa sizga pulingiz qaytmaydi – ya’ni yutasiz;
  • 1.5 K (yoki ТБ 1.5) – ya’ni 2ta va undan ko’p gol bo’lsa siz yutasiz. Bu yerda misol keltirish shartmas deb o’ylayman.

K – total ko’p, O – total oz degani. TM – total bolshe, TB – total bolshe degani.

Odatda ko’p stavkalar butun sonli totallarga qo’yiladi, masalan 1, 2 yoki 3. Chunki ularga tikilganda pul o’zingizga qaytish ehtimoli bor.

Totalga qanday stavka qilinadi?

Totalga stavka qilish uchun o’yindagi jamoalar statistikasini yaxshilab tahlil qilish kerak, mehmonda va uyda qancha gol urishadi yoki o’tkazishadi. Hamda boshqa shunga o’xshash statistikalarga e’tibor qaratish lozim.

Bukmeyker terminlari haqida

Bukmekerlarda Fora nima? Foraga stavka qilish (- + 0)

Foraga stavkalar – siz kimgadir gol, geym, set va boshqa imkoniyatlar berishingiz, u eng ko’p qilinadigan stavkalar turiga kiradi. Ya’ni siz yutqizayotgan jamoaga qo’shimcha gol yoki ochko berasiz, siz tikayotgan sport turiga qanaqaligiga bog’liq.

Fora 3 xil bo’ladi:

  • Fora (+)
  • Fora (0)
  • Fora (-)

Qoidaga ko’ra musbat fora kuchsizroq jamoaga tikishadi, manfiy fora kuchli jamoaga, 0 fora esa ikkala jamoaga ham o’tadi.

Foralarga tikish juda oson, keling buni bukmeker va totalizator terminlari misolda ko’ramiz:

Faraz qilaylik Chelsi va Lester o’ynayapti.

1. Manfiy fora (minus)

Fora 1 (-1). Bu stavka Chelsining -1 fora berib yutishiga tikildi degani.

Ya’ni, Chelsi 2:0 hisobda yutsa, bitta gol fora hisobiga ko’ra natija 1:0 deb olinadi, shunda ham Chelsi yutadi va sizni stavka ham.

Agar Chelsi 1:0 ga yutsa, fora hisobiga o’yin natijasi 0:0 bo’ladi, u holda siz yutmaysiz, lekin yutqazmaysiz ham, shunchaki pulingniz sizga qaytadi. Chunki o’yin natijasiga ko’ra durang qayd etildi.

Agar Chelsi durang o’ynaganida yoki Lester yutganida edi, fora hisobiga siz yutqazar edingiz.

Oddiy qilib aytganda, bu misolda Fora stavkamiz o’tishi uchun Chelsi 2ta gol farqi bilan yutishi kerak. Shuningdek foraning (-1.5, -2, -2.5) turlari bor, bu holatda ko’proq gol kerak bo’ladi.

2. Musbat fora (plyus)

Yana yuqoridagi komanda o’yiniga stavka qilamiz, faqat bu safar musbat fora, ya’ni plyus (+1)

Fora 2 (+1). Bu stavka Lesterning +1 fora olib yutishi uchun tikildi degani. Ya’ni o’yinning natijasiga 1ta gol qo’shib qo’yishimiz kerak, aniqrog’i Lesterni hisobiga 1ta gol.

Agar o’yin durrang (0:0, 1:1, 2:2 va hokazo) bo’lib tugasa, forani qo’shganimiz hisobiga o’yin natijasi ham 0:1, 1:2, 2:3 bo’ladi, bu degani Lester (+1) fora hisobiga g’alaba qozondi degani – stavkangiz yutadi.

Agar o’yinda Chelsi 1ta gol farqi bilan yutsa (1:0, 2:1, 3:2) forani qo’shganimiz hisobiga hisob ham 1:1, 2:2, 3:3 bo’ladi, ya’ni durrang – stavkangiz o’zingizga qaytadi.

Agar o’yinda Chelsi 2ta yoki undan ko’p gol farqi bilan yutsa,  forani qo’shganimiz bilan natija baribir Chelsi hisobiga hal bo’ladi, ya’ni Lester (+1) fora olsa ham yutqazdi – stavkangiz yutqazdi.

3. Nollik fora

Fora (0) ya’ni bu yerda jamoa fora olmaydi degani. Ya’ni jamoa durrang o’ynasa pul o’zingizga qaytadi, yutqazsa sizam yutqazasiz, yutsa yutasiz.
Bunday stavkani qachon qilgan maqul. Bukmeker va totalizator terminlari, Misol uchun yuqoridagi o’yinda Chelsi yutishiga yoki durrang o’ynashiga ishonsangiz bunday fora o’rinli.

Foraga yana misollar

  • F1 (+1.5), F2 (+1.5) plyusovaya fora (musbat fora) – agar siz tanlagan jamoa yutqazgan boʼlsa ham stavka oʼynalishi mumkin degani. Buning uchun magʼlubiyat 1 ta toʼp farqi bilan boʼlishi lozim (yaʼni match umumiy hisobi 0-1, 1-2, 2-3 va hk). Аgar jamoa 2 va undan koʼproq toʼplar farqi bilan yutqazsa, stavka qoʼyish mumkin boʼlgan plyusovaya fora (musbat fora) uchun imkoniyat yetmaydi. Plyusovaya foraga odatda raqiblarning kuchlari teng emasligi ochiq-oydin koʼrinib, autsayder oxirigacha kurasha oladigan boʼlganda stavka qilinadi. Jamoalar oʼyini va kuchi orasida farq qancha katta boʼlsa, BK koeffitsienti shuncha yuqoriga koʼtariladi. Аniq koʼrinib turgan autsayderlar uchun 2, 3 va undan katta koeffitsient belgilanishi mumkin.
  • F1 (-1.5), F2 (-1.5) otritsatelnaya fora (manfiy fora) – ijobiy foraga oʼxshash, faqat aksi. Stavkaning bunday turini yutish imkoniyati yuqori boʼlgan jamoa uchun tikadilar, chunki ularning maqsadi kuchli jamoaning gʼalabasi uchun kefni koʼtarishdir. Manfiy fora uchun qoʼyiladigan stavkalar yutuq imkoniyatini ancha pasaytiradi, chunki stavka yutuqli boʼlishi uchun jamoa 2 va undan ortiq toʼp farqi bilan ishonchli gʼalabani qoʼlga kiritishi lozim.
  • F1 (2) – musbat fora.
  • F1 (0), F2 (0) –agar oʼyinchi jamoaga forali stavka qilsa va jamoa gʼalaba qozonsa, stavka yutuqli boʼladi. Oʼyin durang bilan yakunlansa, stavka qaytariladi, ushbu jamoa oʼyinda magʼlub boʼlsa, stavka yutqazilgan hisoblanadi.

Аyrim idoralarda futbolga qoʼyiladigan stavkalar ichida 1.5 b yoki 1.5 m belgisi bor. Ular biz yuqorida keltirgan maʼnoni anglatadi.

Butun total uchun stavkalar TB (2.0), TB (3.0), TB (2.0), TM (3.0) va hokazo koʼrinishida boʼlishi mumkin. Buning maʼnosi shuki, agar oʼyinchi TB (3.0) ga pul tikkkan boʼlsa, yutuqqa ega boʼlish uchun jamoa 4 va undan ortiq gol urishi lozim. Аgar jamoa 3 ta gol urgan boʼlsa stavka qaytariladi, 2 va undan kam toʼpni darvozaga kiritgan boʼlsa, stavka yutqazilgan hisoblanadi.

Chet/nechet (Juft/toq) – totalda jami urilgan toʼplar miqdorining juft yoki toq sonda ekanligini bildiradi. Chet 2 ga boʼlinadigan son. 0:0 natijali durrang va 0 ning oʼzi juft son deb olinadi.

  • ITB, ITM – bitta jamoa kiritgan gollarning umumiy hisobi.
  • ITB1 1.5 – mezbon jamoa 2 va undan ortiq gol uradi.
  • ITM 2 2.5 – mehmon jamoa 1 yoki 0 ta gol uradi.

Аziatskiy gandikap nima? aziatskaya fora, Osiyocha gandikap yoki osiyocha fora

Аziatskiy gandikap (aziatskaya fora) (Osiyocha gandikap yoki osiyocha fora) – aziatskiy totalga aynan oʼxshash, faqat ikkita yondosh raqamdan iborat boʼladi. Boshqacha aytganda, 2 ta yondosh foraga 2 xissa stavka qoʼyishdir. Stavkaning bir qismi bukmeker tomonidan qaytarilishi mumkin, ikkinchi qismi esa oʼynaladi, yoki yutqaziladi. Bu haqida batafsil misollar berib video joylaymiz.

Sizga yana qaysi bukmeker va totalizator terminlari tushunarsiz? Iltimos izoh orqali qoldiring, biz albatta u haqida ushbu maqolaga qo’shimcha qilib yozamiz.

Maqola Sizga yoqdimi? Do'stlaringiz bilan baham ko'ring:

Sizga maqola yoqmadimi? Bu ma'lumot eskirganmi? Savollaringiz bormi? - barchasini izoh orqali qoldiring.

Izoh qoldirish

Sizning email manzilingizni hech kim ko'rmaydi.

*