Investitsiya nima? Aldanib qolmang!

Investitsiya nima? Aldanib qolmang!

Bizdan ko’p proyektlar haqida ma’lumot berishimizni so’rashadi, masalan, TokenMarket, GoldenBirds, TaxiMoney va boshqa ko’plab proyektlar.

Bularni hayp proyetklar ekanini bir necha bor takidlasak ham, baribir pul tikkanlar ko’p. Hayp haqida pastroqda ma’lumot beramiz

Ho’sh bu proyektlar o’zi nima? Ularga qanday pul topiladi? Ular sizni qanday aldashadi? Eng muximi qanday shunga o’xshash boshqa proyektlarni bittada aniqlashni va pulni sovg’a qilib yubormaslikni bugun siz tushuntirib beramiz.

Ruslarda bir maqol bor «предупрежден значит вооружен» buning ma’nosi — Ogohlik davr talabi.

Hayp proyektlar nima?

HYIP ya’ni High Yield Investment Program. Tarjimasi «Katta foyda keltiruvchi proyekt».

Hayp — bu shunday proyektki, unga pul tikkan odamlar, ular o’zi boshlab kelgan odamlardan, ya’ni proyektga keyin qo’shilgan odamlardan foyda olishadi. Bizni zamonda bu asosan Internetdagi va elektron pul qabul qiladigan proyektlar. Lekin ularni hayotimizda ham uchratish mumkin, masalan Ahmadboy. Hayp-proyektlar investitsiyaga o’xshab ko’rinadi, lekin ularni ishlash sxemasi umuman boshqa.

Tushungan bo’lsangiz, hayp — bu moliyaviy piramida. Ko’pgina davlatlarda bu sxema firibgarlik turiga kiritilgan va uni jazosi bor, lekin shunday davlatlar ham borki, bunday proyektlar ularda ruhsat etilgan.

Ularni ishlash sxemasi hamda investitsiya nima ekani haqida gaplashamiz.

Moliyaviy piramida nima yoki ponzi sxemasi haqida

Moliyaviy piramida nima yoki ponzi sxemasi haqida

Ponzi sxemasi — firibgarlikning bir turi bo’lib, firibgar sizga yuqori foizli daromadni va’da qilib pulingizni oladi. Daromadingizni to’lash vaqti kelganda, sizdan keyingi jalb qilgan investorning pulidan sizga to’laydi. Ya’ni, yangi investorlarning pulini eski investorlar daromadini to’lash uchun sarflaydi (o’rtada o’ziga pulning bir qismini olib qoladi). Yangi investorlar jalb qilinmay qolsa yoki firibgarlik faoliyati oshkor bo’lsa, sxema qulaydi.

Eng mashxur tarixiy firibgarlik

Bernie Madoff tarixdagi eng katta Ponzi sxemasini yaratgan shaxs hisoblanadi. Madoff yillar davomida minglab investorlarni aldab kelgan va 65 milliard AQSh dollariga yaqin mablag’ni noqonuniy o’zlashtirib yuborgan. 2009-yilda Madoff 150 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi va hozirda qamoq muddatini o’tamoqda.

ponzi sxemasi

Ponzi va Moliyaviy piramida sxemasi bitta narsami?

Ponzi va Moliyaviy piramida sxemalari bir-biriga o’xshash. Ular o’rtasidagi farq shundaki, Ponzi sxemasida, firibgar yangi jalb qilingan investorlar pulidan eski investorga beradi. A’zo bo’lgan investor boshqa yangi investorlarni jalb qilishi shart emas.

Piramida sxemasida esa, firibgar investorga boshqa investorlarni jalb qilsa daromad olishini va’da qiladi. A’zo investor qancha ko’p yangi investor jalb qilsa shuncha ko’p daromad olishi mumkin bo’ladi vu bu piramida ko’rinishida davom etaveradi.

Bugun asosan Ponzi sxemasi haqida gaplashamiz, lekin unga oid aytgan gaplarimiz hammasi Piramidaga ham tegishli.

Internetda pul ishlashni izlayotgan bo’lsangiz, bizni ishonchli usullarimizdan foydalaning. Ushbu maqolalarni maslahat beramiz:

Ponzi sxemasi va Moliyaviy piramida sxemasi bitta narsami?

Internetda aldanib qolmaslik uchun nima qilish kerak?

Hozirda Ponzi sxemasiga qurilgan turli xil firibgarliklarga duch kelish mumkin. Ko’p Ponzi sxemalari quyidagi umumiy xususiyatlarga ega.

  • Tavakkaldan holi yuqori daromad. Yuqori daromad keltiradigan investitsiyalarda odatda risk darajasi ham yuqori bo’ladi. «100% kafolatlangan» riskdan holi investitsiya mavjud emas. Firibgarlar aynan mana shu jihati bilan ko’proq mijoz yig’ishga muvaffaq bo’ladi.
  • Doimiy barqaror daromad. Investitsiyalardan keladigan daromad vaqt o’tishi bilan o’sib yoki pasayib turadi. Bozor sharoitlaridan qat’iy nazar, doimiy ravishda ijobiy va barqaror daromad keltiruvchi investitsiyani va’da qilishsa, bunga shubha bilan qarang.
  • Noqununiy faoliyat. Ponzi sxemalari faoliyati ko’pincha qonuniy asoslanmagan bo’ladi yoki kerakli hujjatlar to’liq rasmiylashtirilmaydi.
  • Sirli va murakkab jarayonlar. Aynan nimaga investitsiya kiritilishi aniq-ravshan qilib aytilmaydi. Tushunarsiz va turli murakkab jarayonlar bilan tushuntirishga harakat qilishadi.
  • Daromadlarni olishda qiyinchilik. Ponzi sxemasi targ’ibotchilari naqd pul chiqib ketishini oldini olish maqsadida ba’zan daromadlarni to’lashni kechiktirishga harakat qilishadi. Ozroq sabr qilib tursangiz yanada ko’proq daromadlar olishingizni va’da qilishadi.

Shuningdek, Ponzi sxemalari ko’pincha kichik guruhlar va tanishlar orasida keng tarqaladi. Agar siz bilgan odamlarning hammasi bu “biznes”ga pul tikayotgan va mo’maygina daromad ko’rayotgan bo’lsa, sizda ham yaxshi daromaddan quruq qolib ketmaslik hissi paydo bo’ladi. Ponzi sxemasining o’ziga tortuvchi aurasi ham mana shunda. Odamlarning ishonchiga kirish uchun ham ma’lum muddat investorlarga katta foizli daromadlar qaytarib turiladi.

Internetda yolg'on proyektlar, firibgarlarni qanday aniqlash mumkin?

Internetda yolg’on proyektlar, firibgarlarni qanday aniqlash mumkin?

Quyidagilarni yodda tutishingiz foydali:

  • Sizga o’ta katta daromadlar (ba’zida 2-3 barobar) va’da qilinib, riskdan holi ekanligi aytilsa ehtiyot bo’ling. Yaxshisi umuman bunday odamlardan yiroq yuring va saytlariga qaytib kirmang;
  • Hech qachon o’zingiz yaxshi tushunmagan biznesga pul tikmang;
  • Kiritgan investitsiyangiz qanday ishlatilishini yoki pulingiz aynan qayerda turishini aniq biling;
  • Biznes faoliyati qonuniyligini tekshiring;
  • Do’st va tanishlaringizni gapiga shunchaki ishonib ketavermang;
  • Barcha pul oldi-berdi jarayonlarini qonuniy rasmiylashtiring;
  • Shubhangiz bo’lsa, ishonchli mutaxassisdan maslahat so’rang;

Zamonamizning eng aqlli va boy investorlaridan biri bo’lgan Uorren Baffetdan so’rashgan ekan: Siz dunyodagi eng boy odamlardan birisiz va qanday investitsiya qilishni doim tushuntirasiz. Hammasi juda oddiy. Nima uchun hamma sizdan nusxa ko’chirmaydi?

Uorren Baffetning javobi: Chunki hech kim sekin boy bo’lishni xohlamaydi.

Agar sizga kimdir tezda boyib ketuvchi imkoniyat taklif qilib katta daromadni va’da qilsa, ehtiyotkor bo’ling. Ponzi sxemasi qurboniga aylanib qolmang.

Ma’lumotning bir qismi uplift telegram kanalidan olindi.

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
7 Izoxlar
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
7
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x