
Ushbu maqola orqali quyidagi ma'lumotlarni bilib olasiz:
Rucaptcha – rasmdagi belgilarni kiritib pul topish
Rucaptcha proyekti orqali pul topish – bu juda oson. Keling proyekt bilan batafsil tanishishdan avval, kapcha o’zi nimaligi haqida gaplashamiz. Internetda spamerlar (juda katta miqdordagi hatlarni yuboruvchi yoki katta miqdorda registratsiya va boshqa narsalarni amalga oshiruvchi odamlar) paydo bo’lgach, ko’pgina saytlar keraksiz ma’lumot va ortiqcha registratsiyalarga to’lib ketti. Bunday vaziyatni yuzaga keltirish uchun spamerlar maxsus dasturlardan (robotlar, botlar) foydalanishadi. Ushbu holatni oldini olish uchun esa kapcha o’ylab topilgan.
Kapcha o’zi nima?
Kapcha (ingliz tilida Captcha) – bu to’liq avtomatlashtirilgan test bo’lib, Sizni robot yoki odam ekanligingizni tekshiradi. Kapcha raqamlar va harflar qorishmasidan hosil bo’lgan rasmdir.
Kapcha nima uchun kerak?
Kapcha, Internetni katta axlat makoniga aylantirayotgan ko’pgina spamerlarga qarshi kurashishda ishlatiladi. Agarda spamerlar dasturi, masalan forum yoki saytda ro’yxatdan o’tmoqchi bo’lsa, u 90% holatlarda kapcha orqali bartaraf etiladi.
Bir tomondan kapcha yahshi, lekin boshqa bir tomondan, shunday qiyin kapchalar borki, kapchani o’qiy oladigan dasturlar uyoqda tursin, oddiy odam ham o’qishga qiynaladi. Aslini olgandan kapcha haqida katta bir maqola yoki kitob yozishimiz ham mumkin, lekin asosiy mavzudan yiroqlashib ketamiz, shuning uchun bu mavzuga qattiq kirishmagan holda, yahshisi kapcha orqali qanday pul ishlash mumkinligi haqida gaplashaylik.
Kapchada pul topish nega buncha mashhur?
Internetda pul ishlashning turlari juda ko’p. Ulardan ko’pchiligida ishlash maxsus bilim va qobiliyat talab qiladi, shuning uchun agar Siz yangi bo’lsangiz, bemalol ishlay oladigan usullarga qarang, masalan ulardan biri kapchada pul topish.
Internetda ishlash “Kapcha bu pullar”. Bir qancha afzalliklarga ega:
- Boshlang’ich kapital va pul tikish kerak emas.
- Pul topishni ro’yhatdan o’tiboq boshlash mumkin.
- Kapchada hohlagan odam pul ishlashi mumkin va bu juda oson! Kapchani kiritish qandaydir maxsus bilim talab qilmaydi, shunchaki Internetingiz bo’lsa bas.
- Bu usul Siz uchun kelajakda asosiy pul topish manbasiga aylanishi va doimiy foyda keltirishi mumkin.
- Eng muhimi, bu yerda foyda olishning chegarasi yo’q. Qancha ko’p vaqt sarflasangiz, shuncha ko’p pul topasiz.
Kapcha bilan ishlashdan kimlarga foyda?
- Buyurtma beruvchilarga foyda shuki, ular ishlatadigan dasturlariga har gal kapchani kiritishlari shart emas. Kimdir o’zi kiritishni maqul ko’radi, kimgadir bu uchun pul to’lab boshqalarga kirittirish qulay.
- Foydalanuvchilar uchun foyda kapchani kiritib pul topishda.
Kapchada qanday ishlash kerak? Ishning mohiyati.
Kapchada ishlashning ma’nosi – rasmdagi belgilarni tanishdir (aniqlash). Rasmlar (kapcha) har xil bo’lishi mumkin: raqamdan, lotin yoki kiril harflaridan yoki birdaniga hammasidan iborat bo’lishi mumkin. Hozirda kapchaning ko’pgina yangi turlari chiqqan. Ular bilan ish davomida tanishib olasiz.
Kapchani aniqlaganingizdan so’ng, undagi qiymatni kerakli maydonga kiritish zarur (pastda buni qanday qilishini ko’rsatib o’tamiz).
Qancha tez rasmni (kapchani) aniqlab va qancha tez yozsangiz, shuncha ko’p pul topasiz. Aslida ishlaganingiz sari tezligingiz ham oshib boradi. Deylik ikki soatdan keyin siz pulemyotga aylanasiz :)
Diqqat! Tezlik va pulni ortidan quvib, shuni esdan chiqarmangki, har bir kiritgan xato kapchangiz uchun pul olmaysiz, agar xatolar soni ko’payib ketsa akkauntingizni bloklab qo’yishlari ham mumkin. Shuning uchun e’tiborliroq bo’lamiz.
Kapchani kiritib pul ishlash, kapcha-saytlar ro’yhati:
Internetda kapchani aniqlash bo’yicha ishlaydigan saytlar juda ko’p, lekin ularni hammasi ham yahshi emas. Bir xil saytlar siz ishlab topgan umuman pulni to’lamasliklari, bir xillari esa pulingiz ko’paygach akkauntingizni bloklab qo’yishlari mumkin. Biz esa 2014 – yildan beri sinalib kelayotgan proektda ishlaymiz, agarda yana yahshilari paydo bo’lsa, albatta bu yerga qo’yamiz.
Rukapcha sayti (Rucaptcha). Kapchada pul ishlash!
Rucaptcha proekti webmasterlarga pul evaziga kapchani aniqlab beradi, foydalanuvchilarga esa kapchani aniqlash orqali pul topish imkonini beradi.
Biz bu proekt orqali oxirgi olgan daromadimiz rasmi:
Ro’yhatdan o’tish jarayoni juda oddiy, bu Sizga qiyinchilik tug’dirmasligi kerak :) Rucaptchada ro’yhatdan o’tish uchun bu yerga bosing:
Ro’yhatdan o’tish
Bu qatorni o’qiyotganingizda Siz ro’yxatdan o’tib bo’lganingizga ishonamiz, demak tizimni yahshilab o’rganib chiqamiz.
Darhaqiqat Rucaptcha saytining ishlash muhiti (interfeys) va ishlash jarayoni juda oddiy va tushunarlidir. Bu yerda pul topish juda oson va alohida bilimga ega bo’lish shart emas.
Rucaptcha interfeysi. Sayt bilan tanishamiz!
Akkauntingizga birinchi marta kirar ekansiz saytning shart va qoidalarini qabul qilishingiz kerak, so’ngra «Начни зарабатывать» menyusiga kiramiz, bizning ko’z o’ngimizda asosiy ish maydoni ochiladi. Ishlashni boshlashdan oldin keling uni yahshilab tushunib olamiz:
«За сессию заработано» oynasi – ushbu sessiyada qancha pul ishlaganingiz va kapchalar sonini ko’rsatadi.
«Старт» ↔ «Стоп» tugmasi – kapcha aniqlash boshlanishini boshqaradi.
«Включить звук» ↔ «Отключить звук» tugmasi – Yangi kapcha ko’ringanda ovoz chiqishi.
«Получать капчи» maydonidan sizga aynan qanday kapchalar kerakligini tanlashingiz mumkin: «русские + цифры» – kirilcha harf va raqamlar, «латинские + цифры» lotincha harf va raqamlar, yoki «Все капчи» – aralash.
Maslahat! «латинские + цифры» juftligida ishlash osonroq, chunki doim klaviaturani lotindan kirilga o’tkazish shart bo’lmaydi, yoki aksincha, sizga kiril qulay bo’lsa faqat «русские + цифры» da ishlang.
Rucaptchada kapchalarni kiritib pul topishni boshlaymiz:
- «Старт» tugmasini bosamiz → bizga kapchani ko’rsatish va kiritish oynasi ochiladi, hamda «Ставка» – to’g’ri kiritilgan kapcha uchun to’lanadigan narx.
- Paydo bo’lgan kapchani aniqlaymiz.
- Kerakli maydonga kiritamiz va «Отправить» ni bosamiz yoki enter tugmasini bosish ham mumkin :)
Agarda, paydo bo’lgan rasm sizningcha kapcha hisoblanmasa «Это не капча» tugmasini bosamiz. Eng yahshisi bu tugmani ishlatmay qo’yavering, chunki adashsangiz sizni bloklab qo’yishadi.
Agar siz «русские + цифры» juftligida ishlayotgan bo’lsangiz, aniqlashga esa inglizcha kapcha kelsa «Капча на английском» tugmasini bosishingiz mumkin. Bu tugmani bosish orqali biz tizim xato qilganini bildiramiz.
Pastda yashil chiziq bo’lib, u yozmay turganingizda qisqaradi. Agar kapchani kiritishni boshlasangiz, har bir tugmani bosganingizda u joyiga qaytadi. Agar chiziq chap tomonga oxirigacha yetib borsa, siz uxlash rejimida hisoblanasiz va “Стоп” tugmasi ishga tushadi.
Bizning har bir kiritgan kapchamizni to’g’ri noto’g’riligini tekshirishni iloji yo’q. Lekin, tizim tomondan kapchalar orasiga tekshirilgan kapcha qo’shib yuborilishi mumkin, agar siz uni noto’g’ri kiritsangiz, tizim tezda sizni ogohlantiradi va bloklab qo’yadi. Tekshirilgan kapchani ajratib bo’lmaydi, shuning uchun adashmaslikka harakat qiling. Albatta bir nechta noto’g’ri kiritilgan kapcha uchun sizni bloklab qo’yishmaydi, lekin ularni soni oshib ketsa o’zingizdan hafa bo’ling!
Kapchalar asosan tohtamasdan keladi, bir xillarida esa ozgina toxtab qoladi, uzog’i 5-10 sekund.
Maslahat! Agarda Siz kapchani tezda aniqlay olmasangiz yoki qiynalsangiz, u holda «Не могу разобрать» tugmasini yoki ALT+Q ni bosib, boshqa kapchalarni aniqlaganingiz yahshi.
Agarda Sizda bu yerdagidan tashqari savolingiz bo’lsa, iltimos ularni izoh orqali qoldirsangiz. Hamda ruschani tushunsangiz rucaptcha saytida spravka bo’limini o’qing!
Rucaptchada pul topish va ishlashning sirlari!
Aziz foydalanuvchi hozir Rucaptchada ishlashning bir qancha afzalliklarini ko’rib chiqamiz:
- Ishchining reputatsiyasi (obro’) va qiyin topshiriqlar uchun bonus.
- Aniqlashda xatolik uchun pulni muzlashi.
- Ishlab topgan pullarni qanday yechamiz?
- Qanday qilib ko’proq pul topish mumkin?
- Kapchada avtomatik tarzda ishlash mumkinmi?
1) Ishchining reputatsiyasi (reyting) va qiyin kapchalar uchun bonus.
Tizimda reyting mavjud bo’lib: har 1000 ta kiritilgan kapcha uchun reytingga 1 ball qo’shilib boradi. Rucaptcha reputatsiyasi bizga nima beradi?
- 10 ball yig’sangiz – qiyin va qimmat kapchalarda ishlashingiz mumkin.
- 20 ball yig’sangiz – ingliz tilidagi kapchalarni butunlay o’chirib qo’yish imkoniyati.
Бонус за сложные капчи (qiyin kapchalar uchun bonus) – Agarda Siz qiyin kapchani aniqlasangiz Sizga bonus taqdim etiladi. Uni hozirgi sessiyada ishlagan pulingiz bilan yonma-yon ko’rishingiz mumkin, lekin tizim kapchani qiyinligini qanday aniqlashi nomalum :)
2) Xato uchun pulni muzlashi
Sessiya so’ngida, agar kapcha noto’g’ri kiritilgan bo’lsa, ishlab topgan pulingizni bir qismini bloklab qo’yishlari mumkin.
«Заблокировано» tumasiga bosib, siz xato kiritgan barcha kapchalarni ko’rishingiz mumkin.
Tizimning bu qarori sizningcha noto’g’ri bo’lsa, u holda «Введено верно» (to’g’ri kiritilgan) tugmasini bosib, baxs ochishingiz mumkin. Administratsiya ushbu baxsli holatdan keyin kapchani yana bir bor tekshirib ko’rishadi va agar siz rostdan ham haq bo’lsangiz, pulingizni albatta qaytarib berishadi.
3) Pulni qanday yechish mumkin? Pulni yechishga buyurtma berish:
Pulni yechish uchun ikta tizimdan foydalanish mumkin:
- QIWI
- WebMoney tizimining WMR – hamyoni. (pul yechish haqida maqolamiz)
- Agar Siz Rossiyada bo’lsangiz! Telefoningiz hisobini to’ldirishingiz mumkin (Megafon, MTS, Bilayn, Tele-2).
Yechish mumkin bo’lgan eng minimal summa – 15 rublni tashkil etadi. WebMoney va QIWIga pul yechish to’liq avtomatlashtirilgan va pullar hisobingizga darhol tushadi. Telefonga tashlash esa belgilangan kunlarda amalga oshiriladi.
Pul yechishni buyurtma qilish uchun «Вывести средства» tugmasini yoki «Партнерская программа» → «Выплаты» bo’limiga kirib amalga oshirish mumkin.
Birinchi Sizdan WMR hamyoningiz yoki QIWI telefon raqamini kiritish so’raladi (bu jarayon bir marta bajariladi).
So’ngra pul yechish metodini tanlab, kerakli summani kiritamiz va «Заказать» tugmasini bosamiz. Qarabsizki changalda sho’rva :)
4) Qanday qilib kapcha orqali ko’proq pul topish mumkin?
Buning uchun kapcha aniqlashning narxi nimadan hosil bo’layotganini bilish kerak. Bu ikta faktordan iborat:
- Hozirda ishlayotgan ishchilar soniga – onlaynda odam qancha kam bo’lsa, kapcha narxi shuncha baland bo’ladi.
- Buyurtmachilar bergan topshiriqlar soniga – ish beruvchilar va kapchalar soni qancha ko’p bo’lsa, kapchaning narxi shuncha baland bo’ladi.
Hammasi chunarli deyotgan bo’lsangiz ajabmas, demak qaysi vaqtda ishlagan maqul ekan? Statistikaga ko’ra, shuni aniq aytishimiz mumkin: kapchada foydangizni oshirish uchun eng zo’r vaqt 00:00 dan 8:00 gacha, eng qimmat kapchalar oqimining vaqti esa 2:00 dan 4:00 gacha.
5) Kapchada avtomatik tarzda pul topish mumkinmi?
Javob: YO’Q! Kapchani avtomatik tarzda ko’radigan va yozadigan kompyuter yoki robot mavjud emas. Agarda bunday robot mavjud bo’lganda, webmasterlar bizni yordamga muxtoj bo’lmasdan, shu dasturni o’zlari ishlatgan bo’lar edilar.
Youtube va boshqa saytlarda, maxsus robot avtomatik tarzda kapchalarni o’zi aniqlab kiritayotgani tushirilgan videoni uchratish mumkin. Ko’pchilik buni ko’rib quvonchdan ichiga sig’magan bo’lsa ajabmas :) Bu haqiqiy chuv tushirish! Ularning maqsadi Sizga dasturlarini sotib, o’zlari esa mazza qilib ustingizdan kulishdir.
Shunig uchun do’stlar, bunday dasturlarga ishonmang, nafaqat pulingizni yo’qotasiz, balki virus ham orttirib olasiz!
Kapchada qancha ishlash mumkin? Fikrlar.
Biz har bir to’g’ri topgan kapchamizning narxi 0,01 – 0,02 rublni tashkil etadi, bundan tashqari, har bir qiyin kapcha uchun bonus ham mavjud. 1-2 soat ishlash orqali 20-30 rubl (bu 2000-3000 so’m degani, google saytidagi kurslarga tayangan holda 1wmr = 100so’mga teng) pul ishlab qo’yish mumkin. Albatta bu summa katta emas, lekin tan oling ish ham qiyin emas. Uyda o’tirasiz, klaviaturada tugmalarni bosasiz, bu uchun esa Sizga pul to’lashsa, ahir bu zo’rku!
Kapcha kiritib pul topish pul topish. Video darslik
Albatta, kapchani aniqlash uchun kvartira sotib olishga pul yig’ish qiyin, lekin 2-3 kun ishlab o’tirib, telefoningiz va Internetingizga pul to’lashingiz mumkin.
Va yana bir bor qaytaramiz, bu yerning eng ustun tomoni, hech qanday maxsus qobiliyat egasi bo’lishingiz shart emas, hammasi 2 karra 2 ga o’xshab oddiy. Kirdingiz → Kapchani aniqladingiz → Pul ishladingiz. Bo’ldi!
Yangiliklarga obuna bo’ling. Pastdagi maydonga e-mail manzilingizni kiriting va yangi maqolalardan xabardor bo’ling!
[wysija_form id=”1″]
salom men rucaptchadan ro’yhatdan o’tdim. средстваga kirib webmoney tanlab koshelyok nomerini ko’rsatdim.error chiqyapti.
Assalomu alaykum! Minimal pul yechish summasi agarda habaringiz bo’lsa 15 rublni tashkil etadi. Agarda Siz 15 rubl yoki ko’proq to’plagan bo’lsangiz, u holda pulni yechishingiz mumkin. Agarda xato chiqayotgan bo’lsa, iltimos xato haqida batafsilroq ma’lumot bering, ya’ni aynan nima yozuv chiqmoqda? boshqalarga ham yordam bo’lar edi.
salom! avvalo sizga raxmat! rucaptcha.com saytidan boshqa yana shunaqa saytlar bormi?
Salom! Aynan bu yo’nalishda saytlar bor, lekin eng ishonchlisi Rucaptcha. Agarda pul topish uchun saytlarni nazarda tutgan bo’lsangiz mana:
https://pul-ishlash.ru/neobux-saytida-click-qilib-pul-ishlash/
Nima ucun faqat rasiyadagila uz nomirlariga tuwiriwlari mumkin uzbekistonda ham bilyin borku wu xaqta malumot berin
Ha bizda ham Beeline bor, lekin bizda bunday imkoniyat yo’q, nega yo’qligi esa bizga qorong’u
Salom rucaptcha.com dan pul ishlashladim 20rubl webmoneyimga kashelogimga tashladim istoriyada yani pasida pul junatgan sana va pul miqdori wmr nommerim chiqdi pul tushgan sanasi xali kursatgani yuq kawelogimga xam pul tushmadi xammasi tug’ri aytingchi qachon tushadi. 2kun buldi tashlaganimga
“Суммы до 100 рублей в сутки проходят в течении 20 минут, свыше 100 рублей в сутки – выплачиваются в течении 1-2 рабочих дней.” – demak Siz 100 rubldan kamroq pulni yechayotkan ekansiz, bu 20 daqiqadan ko’p vaqtni olmasligi kerak. Agar pul kelib tushmagan bo’lsa, Rucaptcha tizimida xatolik yuz bergan (bunday xolat kamdan kam uchraydi) yoki WMR xamyoningiz noto’g’ri ko’rsatilgan. Iltimos yahshilab tekshirib ko’ring. Mabodo hammasi to’g’ri bo’lsa, Rucaptcha sayti raxbariyati bilan bog’lanib, vaziyatni tushuntirish kerak bo’ladi
Ura tushdi raxmat sizlarga xa aytganday fudbol baletchik qilib xam pul ishlasa boladi deb eshitganman iltimos shu xaqida xam maqola yozsangiz
Siz uchun juda hursandmiz. Futbol haqidagi taklifingizga kelsak, bu bukmeker deb ataladi. Ya’ni birorta sport turiga pul tikib, pul yutib olish. Lekin bizning sayt tavakkal va qimor haqidagi ma’lumotlarni bermaydi va Sizga ham bunday usulni maslahat bermagan bo’lar edik
Men recaptcha dan Qiwi kawolokga pul utkazsam buladimi
Albatta bo’ladi.
reg qilardimu webmoneyimga kirb bolmotti wmz kirvotti faqat
Yandex dengiga rucaptchadan pul o’tkazgandim tushmadiyu ojidaniya viplata deb turibdi
Mana bu yerga kirib habar qoldiring. Havotir olmang, pulingizni albatta to’lashadi
Rahmat tushdi lekin yandex moneydan boshqa narsaga ishlatmoqchi bo’lsam rossiya pasportini so’rayapti nima qilsam bo’ladi
Ko’pgina chegaralar mavjud. Aynan nimalarga ishlata olishingiz mumkin ekanligini bilib olishingiz kerak. Masalan, Ali-express sayti orqali Xitoydan biror nima buyurtma berishingiz mumkin
neobux.da.iw.bowladim.bir.yildan.keyin.yaxshi.daromadga.umid.qilsam.boladimi
Hammasi o’zingizga va ishlash sxemangizga bog’liq
payzerga.pulni.qanday.tashliman.va.qanday.payzerdan.yechib.olaman.iltimos.batafsil.malumot.bersangiz
salom ruCaptcha.com saytidan pul yechish uchun qandey so’rov yuboriladi ?
Yuqoridagi izohni o’qing
salom bir d’ostim rucaptchada 2soat ichida 300 rubl ishlaganini aytdi shuning iloji bormi
Assalom alaykum. Buning iloji yo’q bo’lsa kerak. Agar do’stingiz ilojini topgan bo’lsa, captchalar qimmat vaqti kirgan bo’lishi va qo’li toxtamay ishlagan bo’lishi mumkin
salom admin shunga o’xshash saytlar bormi boshqa saytlarda rus tilini yaxshi tushunmaganim uchun qiynalvoman. shunisi onsonrog’ ekan
Assalomu alaykum. Bizdan uzoqlashmang va bizni yangiliklarga obuna bo’ling. Chunki bugun e’tiboringizga super oson pul ishlash usulini taqdim etamiz!
Salom yuqorida yozibsiz xitoydan mol osa boladi dib etib beromisizmi towkentdan turib xitoydan zakas qise qancada keladi va qanday usulda man zakazimni qanday usulda olaman wu xaqida malumot berin oldindan raxmat
Assalom aleykum. O’rtacha 1oyda keladi. Bu haqida albatta yozamiz
Ишласа зур екан rucaptcha.com
Salom xitoy bn soda qilasigan sayitlar nomini etib beromisizmi kegin ula torisida maqola yozaman dudiz qacon yozasiz
Wmztashkent.com ga krdim juda cunarsiz sayitlekan kimdur sotaman dib yozgan kimdur olaman di keyin faqat wmz hamyonakan wunga hitoydan mol olib qoygan yaxwimikin divoman notori gap yozib qoygan bosam uzur oldindan raxmat
Zo’r gap yozdingiz. Pul-ishlash.ru sayti ustida faqat bir odam ishlagani tufayli, maqola yozib yetkazib bera olmayabmiz.
Tez orada maqolangizni oqimiza digan niyatamiza iloji bosa xitoy bn soda qiladigan sayitlar nominyam yozib yuborin oldindan raxmat
Maqolangiz tayor boldimi
Ha tayyor. Oqimadizmi? Bugun joyladik
Yoq oqimadim asosiyda yoqku menyuni qaysi qismida asosiy bolimdami
Xec bomasa xitoy bn soda qiladigan syt nomini yozib yuborin uyogini ozim udalab ketarman
Tinydeal.com sayti bor. Juda zo’r sayt kirib ko’ring! Barchasi juda oson!
Bu sayt ham yahshi, lekin Ali-express Xitoy, Rossiya va boshqa ko’plab davlatlarda birinchi o’rin
http://s.click.aliexpress.com/e/vzfeYFYja?bz=725*90
Ha krib kordim raxmat bu sayit qaysi davlatga tegiwli wmz hamyon orqali tolasa boladimi undan zakas qise keladimi iwonclimi
Bzada olx.uz sayti bor unda wmr yoki wmz hamyon bn narsa sotib olasa boladimi
Yo’q, bo’lmaydi. Buni nima keragi bor?
Wu sayitta 1000ta rucaptga 44 rubl dib yozib qoygan keyin pasga saxranit bn smeny key digan nima. Digani bu
Salom men pul o’tkazmoqchi bo’lib ввести средства bo’limiga kirsam Внимание! Выводить можно только то, что вы заработали на этом сервисе! Пополненные средства вывести невозможно!
Для возврата пополненных средств создайте заявку на этой странице. Возврат осуществляется в течении месяца с момента подачи заявки.
Выплаты
Доступно к выводу: 5.527 рублей. Минимальная сумма выплаты: 15 рублей
Изменить кошелек
shunaqa yozuv chqaryapti Баланс: 60.82 руб. qanday o’tkazib olsam bo’ladi oldindan raxmat javob uchun
Yechish uchun 5 rubl pulingiz bor ekan. Undan avval bilmadim nimaga, lekin o’zingiz saytga pul tushirgan ekansiz
Salom admin ! Iltimos “http://longdengi.info/” shu saytni blib berin ishonchlimi yoki yo’q…Oldindan rahmat !
juda ishonchsiz
<<>>…
Boburni savoliga tezroq javob bering man ham qiziqib qoldim Oldindan rahmat !!!!!!!!!!!!!
admin webtransferda ishlasa bo’ladimi
Bo’ladi. Lekin bizda u haqida ma’lumot berilmaydi
admin 100 ta captcha yozsa atiga 1 rubl beradimi?…
o’rtacha 30 ta captcha uchun 1 rubl
Salom admin
Salom admin men rukapcha saytida reg-ya qilolmayapman kapcha vvedeno neverno deyapti lekin kapcha kurinmayapti uzi reg-ya qilyatsa kapcha buladimi
Unda ishlagan pulni telefonga tashlasa boladimi
boladi hozrda pragrammasiyam chiqqan telegramdayam bot bor iwlawga
Juda zo’r pul ishlash yo’li. Onson va qulay !
Внимание! Выводить можно только то, что вы заработали на этом сервисе! Пополненные средства вывести невозможно!
Для возврата пополненных средств создайте заявку на этой странице. Возврат осуществляется в течении месяца с момента подачи заявки. Shu chiqyabdi
Yana ozgina ishlang. Masalan 15 rubl yechish mumkin bo’lsa, siz 15,02 rub jamg’ardingiz deylik. Darhol pulni yecha olmaysiz. Chunki siz kiritgan kapchalar hammasi tekshiruvdan o’tmagan bo’lishi mumkin. Bir oz kuting yoki pulni hech bo’lmasa 16 rub qiling
Man rejim obucheniyadan 28-sini o’tolmayapman yordam bervorila. J va I boshqa bukva deb yozib chiqyapti
Assalom alaykum! muammo halmi?
Salom yaordamiz kerak bo’lib qoldi, bir necha kundan beri natijasini beraolmayabman.
Captchadagi topshiriq!
Only Need 3 trees.
Rasmi 1lik rasm tanlash va belgilash yo’q!
trees = деревья ma’lumot bor, qanaqangi javobni qabul qiladi.
Oldindan raxmat!
Bunaqa topshiriqni ko’rmagan ekanman. Javobni topdingizmi?
Assalomu alaykum Rucaptchada registratsiya qilolmayabman. Qanday qilib registratsiya qilish mumkin iltimos yordam bering
Barcha ma’lumot shu maqolada berilgan
Men yangiman
Yandex moneyda kashelok ochdim undagi pulni qanday qilib yechib olaman
http://wmztashkent.com
men kaptcha terdim va pul ishladm o`sha ishlagan pulimni qiwi kashelogga qanday o`tirsam bo`ladi?
Oka man registiratsiyadan otolmayapman iloji bosa wuni batafsil cuntiringg
capchadan registrasa ishlamayaptiku registrasadan o’tishimga yordam bering