Kundalik tutishning 7 ta qoidasi

Omadli manimeyker (pul topuvchi) bo’lish uchun reja tuzib ishlash va qilinadigan ishlarni vaqtini aniq belgilab olish kerak, bunga esa kundalik tutmasdan erishish qiyin masala. Bu maqolada o’zimiz tomondan sinalgan, kundalik tutishni qoidalari bilan Sizni tanishtiramiz.

Haqiqatdan ham, barcha rejalashtirilgan ishlarni amalga oshirish usullari mavjud. Biz so’zlayotgan usul barchaga mos kelishi mumkin — biznesmen, talaba, erkaklar va ayollarga.

Kundalik tutish qoidalari

Kundalik qanday tutiladi: qoidalar

Birinchi qoida. Har qanday kundalik ham har kuni tutib borilishi kerak. Bunday olib qarasa, har kungi rejalarni yozib borish va izohlar qilish qiyin narsa emas, lekin, ko’pchilik uchun bu bajarib bo’lmas ishdak tuyiladi. Aynan doimiy reja tuzib borish tufayli o’zini tarbiyalash va erinchoqlik bilan kurashish mumkin.

Har kungi natijalarni yozishni qanchalik keyinga qoldirishni istasangiz ham, o’z o’zingiz bilan kurashing va bemalol bo’lib qolmang,  bor kuchingizni to’plang va buni bajaring. Har bir kunni yozib boramiz, bu juda to’g’ri!

Ikkinchi qoida. Qayerda bo’lishingizdan qatiy nazar, kundalik yoningizda bo’lishi kerak. Bu orqali yangi vazifalarni, tug’ilgan g’oyalarni va hayollaringizdagini vaqtida yozib olishga imkoningiz bo’ladi. Hech narsani esdan chiqarmaslikka va qo’yilgan vazifalarni vaqtida bajarishga ham yordam beradi. Kundalik elektron ko’rinishda bo’lishi ham mumkin, masalan, smartfon yoki planshetda.

Uchinchi qoida. Vazifalar aniq formada bo’lishi kerak. Kundalikdagi har qanday eslatma ham aniq ketma-ketlikda yozilishi zarur. Agarda nimanidur qilish yoki qilmaslikni o’ylab qolsangiz, darhol kundalikka yozib qo’ying. Ish rejasi esa juda ham tushunarli bo’lishi kerak.

To’rtinchi qoida. Qilinadigan ishlarni vaqtini belgilab qo’ying. Qaysi ishga qancha vaqt ketishini aniq bilsangizgina, kuningizni rejadagidek to’g’ri o’tkazishingiz va barchasiga ulgurishingiz mumkin. Tanaffus haqida ham unutmaslik kerak, do’stlar va qarindoshlar bilan gaplashish kabilar. Hamda rejadan tashqari ishlarga ham joy ajratib qo’yish kerak, bunday ishlar juda ko’p chiqib turadi, xo’jayiningiz ish buyurib qoldi, yoki tanishingiz tezda chaqirib qoldi. Rejadan tashqari ishlarga joy ajratish orqali har qanday holat ham Sizda rejalashtirilgan bo’ladi.

Kundalik tutish qoidalari

Beshinchi qoida. Izohlarni to’g’ri olib borish uchun, ro’yxatdan eng muhim ishlarni maxsus belgilar bilan ajratib qo’yish kerak, dumaloq yoki yulduzcha. Uncha muhim bo’lmagan ishlarga ham qandaydir belgi qo’yish kerak, ular yangiliklarni ko’rish yoki qiziqroq kitobni o’qish kirishi mumkin. Eng qiyin ishlar iloji bo’lsa vaqtliroq ertalab bajarilishi kerak. Hamda A — B — C  ko’rinishidagi ro’yxat yozish ham mumkin, «A» eng muhim ishlar, «B» ikkinchi navbatdagi va «C» juda muhim bo’lmaganlari.

Oltinchi qoida. Qilinadigan ishlarni boshqarib borish va oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarilganini taxlil qilib borish. Agarda kun mobaynida muhim ishlar bajarilmay qolsa — ularni albatta kundalikning kelasi kuniga o’tqazib qo’yish kerak. Kun oxirida qilingan ishlarni analiz qilib, ertangi ishlar rejasi tuziladi. O’z ustingizda bunday hisobot yozish, bugun qancha ishga ulgurganingizni va ertasiga bundanda katta natijalarga erishishga ilhomlantiradi.

Yettinchi qoida. Qiyinroq ishlarni kunning boshida qilish haqida gapirgan edik, agarda buni uddalay olsangiz, masalan bugungi ikta eng muhim ishni bajara olsangiz, o’zingizni birorta yangi narsa bilan hursand qilishni unutmang va rejalashtirib yozib qo’ying, ahir bu zo’rku! Agarda Siz kundalikka faqat ishga oid narsalarni yozaversangiz, uni tutishni yig’ishtirib qo’yishingiz mumkin. O’zingizni hursand qiling va buni rejaga qo’shib qo’ying.

Elektron yoki cho’ntak kundaligini tutish kerakmi?

Ko’pchilikda ushbu savol tug’iladi, lekin bunga javob yo’q. Masalan, men elektron variantga qaraganda ruchkada sekin yozaman, demak menga elektron kundalik qulay. Uning yana bir qulayligi, hohlagan payti o’chirib, qaytadan yozish mumkin, qog’ozga yozsangiz esa uni ustida bo’yab qo’yish kerak, bu noqulay. Lekin nimanidir tezda yozib olish uchun oddiy qog’oz va ruchkadan yahshisi yo’q.

Mana ko’rib turganingizdek bizning qoidalar shulardan iborat, bularni oddiy maktab bolasi ham bajara olsa kerak. Ularni o’z ishlaringizni bajarishda qo’llasangiz, kuningiz yanada sermazmun o’tishiga ishonamiz. Lekin unutmang, bu umumiy qoidalar, kundalik tutishning aniq bir boshqa sir-sinoati yo’q. Qoidalarimizni qo’llab ko’ring, o’zingiz yangi qoidalar o’ylab toping, qulayroq sxemalar tuzing. Omad yor bo’lsin!

Kundalik dasturini yuklab olish:

Android uchun

iOS uchun