QIWI to’lov tizimida hisob ochish

QIWI — bu universal elektron pul to’lov tizimi bo’lib, dunyodagi eng katta terminallar tarmog’ini o’z ichiga oladi, uni brauzer yoki mobil dasturi orqali ishlatish mumkin.

Visa QIWI Wallet hamyonini ochish orqali Siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lasiz:

  • Internetda ishlab topgan pulingizni QIWI hamyonga yechib olish (bizning saytgadi usullar)
  • Har qanday to’lovlarni amalga oshirish
  • Boshqa hamyonga pul jo’natish
  • 75000 dan oshiqroq xizmatlar va maxsulotlarga pul to’lash

Bularni barchasini to’g’ridan to’g’ri kompyuteringiz, planshet yoki smartfoningizda amalga oshirishingiz mumkin.

QIWI elektron pul o’tkazish tizimi shu darajada ishonchli-ki, buni Visa to’lov tizimi bilan hamkorligi orqali tasdiqlashi mumkin.

Hozirda 4ta valyuta orqali operatsiyalar bajarish mumkin. Bular AQSH dollari, Rossiya rubli, Qozoqiston tangasi va Yevro.

QIWI hamyonidan foydalanish nega qulay?

Oddiy

Hisobni istagan terminal, mobil telefon yoki bank kartasi (O’zbekistonda bunday imkoniyat mavjud emas) orqali to’ldirish mumkin.

Oson

Har xil qiyin bo’lgan hisob raqamlari va parollarni yodda saqlab yurish shart emas. Telefon raqamini o’zi kifoya

Havfsiz

Visa tizimi bilan hamkorlik tufayli Sizning har qanday to’lovingiz kuchli himoyalangan

QIWI hamyon ochish juda ham oson

royxatdan_otish

  1. Ochilgan sahifada Sizdan faqatgina telefon raqamingiz va rasmdagi kod so’raladi. Bundan tashqari Sizda ijtimoiy tarmoqlar orqali ro’yxatdan o’tish imkoni ham bor. Bizning misol telefon raqam orqali o’tish haqida bo’ladi. Ma’lumotlarni rasmdagidek kiriting.
    QIWI to'lov tizimida hisob ochish
  2.  Keyingi sahifada bizdan parol kiritishni so’rashadi. Parol 8ta belgidan kam bo’lmasligi, harflar va sonlardan iborat bo’lishi kerak. Keyingi qatorda parol qancha muddatga amal qilishi haqida so’rashadi. Muddat tugagach, parolni almashtirish talab etiladi. Biz 12 месяцев, ya’ni 12 oy ko’rsatdik. Agarda bundan oldingi sahifada telefon raqamingizni to’g’ri kiritgan bo’lsangiz, Sizga QIWIWallet tomonidan quyidagi mazmunda sms boradi «062372 code for registration Visa QIWI Wallet. Don’t share this information«. Smsdagi kodni sahifa oxiriga kiritasiz va Подтвердить tugmasini bosasiz.
    QIWI to'lov tizimida hisob ochish
  3. Agarda kodni va boshqa ma’lumotlarni to’g’ri kiritgan bo’lsak bizni QIWI asosiy sahifasiga yuborishadi. U yerda quyidagi ma’lumotlar bor:QIWI to'lov tizimida hisob ochish
    1. История — bajarilgan amallar tarixi. Oxirgi to’lovlar va amallar
    2. Бонус — har xil turdagi Internet magazinlardan chegirmalar
    3. Помощь — yordam. Har qanday savolga bu yerdan javob topasiz
    4. Настройки — akkaunt sozlamalari.
    5. Оплатить — pul to’lash. U yerda xizmatlar juda ko’p. Masalan telefon raqamingizga yoki birorta onlayn o’yinga pul to’lashingiz mumkin.
    6. Перевести — pul jo’natish. Pulni bankdagi hisob raqami, kartaga va bizga eng keraklisi boshqa bir hamyonga o’tkazishingiz mumkin.
    7. Пополнить кошелек —— Hisobni to’ldirish.
    8. Банковские карты — Bank kartalarini QIWIga ulab qo’yish yoki QIWI Visa Virtual kartasini yaratish mumkin
    9. Вывести — pulni yechish.

Biz yuqorida ko’rsatilgan, QIWI hamyonining ko’pgina imkoniyatlaridan foydalana olmaymiz. Ba’zi bir imkoniyatlar faqatgina Rossiya fuqarolari uchun mo’ljallangan. Ularni yahshilab o’rganib chiqsak, eng asosiylari, ya’ni bizga keraklilaridan foydalana olamiz. Masalan, Internet magazinlaridan harid qilish, hisobimizga pul tushirish, boshqa hamyonga pul o’tkazish imkoniyatlari mavjud va shuni o’zi bizga yetarli.

QIWI hamyoniga pul tushirish

Agarda Siz Rossiyada bo’lsangiz, pul tushirishdan muammoingiz bo’lmaydi. Chunki QIWIga telefoningiz hisobidan ham pul tushirsangiz bo’ladi va boshqa juda ko’p QIWIga pul tushirish usullari bor. Agar Sizda bu imkoniyatlar bo’lmasa, QIWIning terminallari yo’q mamlakatda bo’lsangiz, Sizga eng ishonchli elektron pullar sayti deb uzpay.me ni taklif qila olamiz.

Qanday qilib do’stimning QIWI hamyoniga pul tashlayman?

Buning uchun birinchi navbatda do’stingiz ham QIWIda ro’yxatdan o’tgan bo’lishi kerak. Sizga esa faqatgina uning telefon raqami kifoya. Pulni o’tkazish uchun Перевести tugmasiga bosasiz. Ochilgan sahifadan На другой кошелек tugmasini bosasiz va Sizga ushbu sahifa taqdim etiladi

QIWI to'lov tizimida hisob ochish

Ma’lumotlarni to’g’ri kiritgan bo’lsangiz, do’stingiz telefon raqamiga unga pul tushganligi haqida sms boradi.

Ko’rib turganingizdek QIWIdan foydalanish juda ham qulay va hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi. Maqolamizga oid savollaringiz bo’lsa izoh orqali qoldiring.

Saytimizdagi eng yangi va eng zo’r QIWI topish metodlari: Ijtimoiy tarmoqlar orqali pul ishlash — eng yaxshi va muntazam daromad olish usuli.Rasmdagi kodni (captcha) kiritgan holda pul topish — klaviaturani kerakli mashg’ulotga ishlating
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
15 Izoxlar
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
15
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x