Reklama yaratish - OLXga e'lon berish sirlari

OLXda reklama yaratish sirlari

Reklama yaratish va OLXga e’lon berish borasida ko’pchilikning xatosi nimada bilasizmi? Reklamaning so’zlariga ahamiyat bermaslikda. Ular soʻzlarni shunchaki maʼlumot uzatish vositasi deb bilishadi. Shu bilan o’zlari eʼlonga ko’pchilik e’tiborini qarata olishmaydi.

So’zning kuchiga ishonmaslik yoki “qiynalmasdan tezgina yozish” istagi ba’zan hafta va oylarga savdoni toʻhtatib qo‘yadi.

Yaxshi reklama yaratish uchun 20 daqiqa ayaganingiz sababli mijozlarni haftalab kutish to‘g’rimi?  Bir marta e’lon yozishga vaqt ketkazish, keyin mijozlarni bir necha hafta kutishdan yaxshiroqdir.

Sizning reklamalaringiz ishlashi va xaridorlarni jalb etishi uchun so’zlarning ahamiyati juda muhimdir. So’z – bu ishontirishning kuchli quroli, agar siz uni to’g’ri ishlatsangiz, ajoyib natijalarga erishishingiz mumkin. Savdo e’lonlarini yozishni o’rganmoqchimisiz? Keling unda birga o’rganamiz!olxda tovar sotish

OLXda reklama yaratish 10 ta qoidasi

OLX oddiy odamlarning oldi-sotdi ishlari uchun maydoncha sifatida yaratilgan. U yerda rasmiy reklama yoki kalta tushunarsiz matnlar emas, o’qiydiganlarning yuragiga yo’l topadigan qiziqarli eʼlonlar boʻlishi kerak. Ana shunday matnlarni yozish qoidalarini o’rganamiz. Agar Siz OLX orqali qanday pul ishlashni bilmoqchi bo’lsangiz ushbu maqolani tavsiya etamiz – Uyda ish qilish haqiqatmi? OLXda ish topish mumkinmi?

Yaxshi sarlavha

Ehtimol, Andijonning biron bir joyida hind fillari uchun taroq sotish juda yaxshidir. Bunday reklamaning raqobatchilari bo’lmaydi, shuning uchun sarlavhaga e’tibor berish shart emas. Afsuski, ko’p uchraydigan tovarlarning odatda o’nlab raqiblari bo‘ladi. Qanday qilib ommadan ajralib turish va mijozlar e’tiborini jalb qilish mumkin? To’g’ri javob – bu samimiy va qisqa sarlavha.

Misol uchun, ushbu ikkita sarlavhani solishtiring:

  1. Nemis ovcharkasi
  2. «It odamning do’sti» – «Aqlli va yoqimli nemis ovcharkalari»

Agar oʻzingizga yaxshi kuchuk izlayotgan bo’lganingizda, ishonamanki, ikkinchi eʼlon ko‘zingizga yaqqol tashlangan bo‘lardi. Sotadigan sarlavhalar aynan shunday ishlaydi: shunchaki oddiy ma’lumot emas, balki jalb qiladigan ma’lumot boʻlishi lozim.

Boshqa misol:

  1. «5 yashar qiz uchun ko‘ylak»
  2. «Muhtasham ko‘ylak 5 yoshlik qizlar uchun»

Ko’rinishidan, ikkinchi variantga faqat bitta sifat qo’shilgandek, ammo sarlavha qanday o’zgargana qarang!  Mehribon ona, albatta, ikkinchi variantni tanlaydi. Sarlavhani yozishda dangasalik qilmang.

Sarlavhani qanday tuzish kerak? Bu juda oson: mijozning ehtiyojini biling va uni sarlavha matniga qo’shing, reklama yaratish oson. Itlarni sevuvchilar o‘zlariga vafodor va aqlli itlarni, onalar chiroyli ko‘ylaklarni izlaydilar va hokazo.

Reklama nomini o’zgartirib turishni unutmang, turli hil variantlarni sinab ko’ring. Ba’zan yaxshi sarlavha tez topilmaydi. Siz ko‘rgan odamlar yoki qo’ng’iroqlar soniga e’tibor qaratib, sarlavhangizga baho berishingiz mumkin. Oxirida, OLXdan qaysi sarlavhalarni ular qabul qilmasliklari haqida tavsiyalarni aytib o‘tamiz.OLXda reklama berish 10 ta qoidasi

Sarlavhaning hajmi yodingizda tursin.

Sarlavhani yaratishda yangi boshlaganlar doim imkon qadar ko’proq so‘zlar qo’shishga harakat qilishadi. Ahamiyatsiz narsalar to‘grisida yozib, e’lonni uzunlashtirish shart emas.

Biz tavsiya etadigan ideal formulal bu 25% – 45% sifat gaplar, qolganlari asosiy faktlar. Juda katta sarlavhalar va bo’rttirilgan tariflar mijozni cho‘chitadi. O’rtacha variantni qidiring.

Sarlavhaga kalit so’zlarni qo‘shing. Ma’lumki, ko’plab foydalanuvchilar e’lonlarni saytda “Izlash” maydonchasi orqali qidirishadi. Shunga ko’ra, agar siz sarlavhada ma’lum so’zlarni qo’shmasangiz,  mijozlarning katta qismini yo’qotasiz.

Noto’g’ri sarlavha misoli:

Aqlli nemisdan yoqimtoy ovcharkachalar

To’g’ri sarlavha misoli:

Aqlli va yoqimtoy nemis ovcharkasi bolalari

Olxda e’lon uchun Rasm tanlash

OLXda yaxshi sotiladigan reklama yozish uchun uni to’g’ri formatlash ham muhimdir. Birinchi qoida: fotosuratlar aniq va juda ko’p bo’lishi kerak. Ikkinchi qoida: Internetdan rasmlar olmang, boshqa saytlarning belgilari bor rasmlarni kamroq ishlating.

Eng yaxshilarini tanlash uchun vaqt ayamang. Achinarlisi shundaki, matnda rasmlarning sifati past boʻlgani boyis, ko’pgina e’lonlar muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Hech qanday fotosurat bo’lmagan e’lonlar haqida gapirmasak ham boʻladi – bu jiddiy xato, uni darhol tuzatish kerak.

OLXda reklama yaratish

Yana bir muammo – bu ma’lumotlarni noto’g’ri tuzish. Ba’zida matn juda qiziqarli boʻlganiga qaramay, uni o’qib bo’lmaydi, chunki uning hajmi juda katta. Inson psixologiyasi shunday tuzilganki, unga bunday matnni oʻqishdan ko’ra sahifadan chiqib ketish osonroq bo’ladi.

Ma’lumotni kichik paragraflarga bo’ling (masalan, ushbu maqolada bo’lgani kabi), matnni sarlavhalar bilan mantiqiy qismlarga ajrating.

Masalan:

Qiymatining 1/3 qismiga teng narxda sotiladigan yangi naushnik

Matn abzatsi

Rangi va holati

Matn abzatsi

Bolalar xonasi, yotoqxona va hatto mehmonxona uchun juda qulay

Matn abzatsi

Sotish sababi.

Matn abzatsi

Matnni o’qish qanchalik sodda bo’lsa, xaridor u bilan tanishishi shuncha oson bo’ladi.Olxda e'lon uchun Rasm tanlash

Suhbat elementi

OLXda eʼlonlarning afzalligi shundaki, u oddiy odamlar uchun moʻljallangan. Afsuski, ko’pgina sotuvchilar buni unutishadi va matnni rasmiy soʻzlar bilan toʻldirishga harakat qilishadi.

Ushbu yondashuv ba’zi toifalar uchun qisman zarur (masalan, ish yoki xizmat taklif qilish), ammo umuman olganda, oddiylik koʻpchilikka hush yoqadi. Quyidagi matnga o’xshatishga harakat qilmang:

Ushbu e’lon barcha manfaatdor tomonlarga arzon narxda va tezkor yetkazib berish sharti bilan yangi matrasini taklif etadi.

Bunday formatlar kulgili ko’rinadi va ko’pchilikni e’londan koʻnglini qoldiradi.

Matnda ko’cha tilidan foydalansangiz toʻgʻriroq boʻladi, ​​unda siz shunchaki koʻpirtirmasdan mahsulot haqida soʻzlaysiz. Masalan:

Zo’r matrasni deyarli yangi holatda sotaman. Hammayogʻi toza, teshiklar, qirilgan va tikilgan joylari yo’q. Matrats juda kam ishlatilgan, siz original mahsulotni uning asl qiymatiga qaraganda deyarli 40 foiziga arzonroq olasiz.

Sotishimning sababi – yangi krovat sotib oldim, ularda esa matraslari bor ekan. Shoshiling, bu juda foydali bitm, bari haqqoniy.  Bemalol ushlab, yotib va tekshirib koʻrishingiz mumkin.

Sotish sababi

Agar siz do’kon vakili bo’lmasangiz va o’zingizning biror bir narsangizni sotayotgan bo’lsangiz, sotishingizning sababini ko’rsating. Bu odamlarni ancha tinchlantiradi va ko’plab savollardan halos etadi. Masalan, xaridorga kanalizatsiya uchun beton halqalarini oʻz narxidan uchdan bir qismiga olish shubhali ko’rinadi. Xo’sh, ularni qanday sotib olasiz, keyin militsiya kelsachi?! Bu ularni qo’rqitib qoʻyishi mumkin.

Agar siz darhol ushbu halqalarni faqat yashagan hovlingizdan koʻchganingiz uchun sotayotganingizni aytsangiz, xaridor sizga ortiqcha savollar bermaydi. Aksincha, u bunday buyumni topganligiga juda xursand boʻladi.

OLX va uslublar orqali pul ishlash ushbu maqolada – Uyda pul topish sirlari 2019 2020, sarmoyasiz pul ishlash

Mijozga bu tovar nega kerak?

Xaridorning tasavvurini “uygʻotishga” uruning. Mahsulot nima uchun va qayerda ishlatilishi mumkinligini tushuntirishga harakat qiling. Ushbu qoida ham shaxsiy reklama uchun, ham OLXda ishlaydigan kompaniya eʼlonlari uchun tegishli.

Masalan, siz uxlash matrosini sotmoqchisiz. Agar siz faqat uxlash matrosi sotiladi deb yozsangiz, xaridorlar soni oʼntaga ham yetmaydi reklama yaratish xatosi bu. Agar siz nima uchun uxlash matrosi kerakligini e’londa batafsil izohlasangiz, ancha ko’proq odam yigʻishga erishasiz.

Masalan:

Safar va baliq ovlash sayohatlari uchun yoki shunchaki ochiq havoda dam olish uchun juda qulay uxlash matrosi. Siz hatto uni avtomobilning bagajnikiga tashlab qoʻyishingiz va kerakli hollarda ishlatishingiz mumkin. Bunday matros koʻp joyni egallamaydi, lekin zarur vaziyatlarda sizni noqulayliklardan asraydi.

Kerakli vaziyatlarda maqtov so’zlarini ayamang.OLXda reklama tuzish

Hazil ishlating

Hech kim sizdan ikkinchi Xojiboy bo’lishingizni va faqat hazillardan iborat matnni tuzishingizni soʻramayapti, lekin reklama yaratish matnida biroz hazil zarar qilmaydi. O’qiyotgan odamga sotuvchi unga kulib qo’yganday tuyiladi.  Tabassum qilganlar hammaga yoqadi – bu axir kayfiyatni koʻtaradi.

Matnni harakatga chaqiruv bilan yakunlang. OLX veb-saytiga foydali mahsulot sotib olish uchun kirishadi. Odamlar kerakli narsalarni, munosib narxda o’zlari topdilar deb oʻylashni istashadi.

Masalan:

Darhol qo’ng’iroq qiling, kichik chegirma berishga roziman

Mahsulot tezda sotilib ketmoqda, qo’ng’iroq qiling yoki yozib qodiring, men siz uchun band qilib qo’yaman

Hozir sotib oling, eski kurs boʻyicha sotib yuboryapman

Kvartiraning ko’plab ijobiy tomonlari bor, qo’ng’iroq qiling – aytib beraman

Va hokazo. Harakatga chaqiriq – bu odamni OLXda ketma-ket eʼlonlarni oʻqishdan toʻhtatib, darhol telefonni olib qoʻngʻiriq qilishga majbur etadi.

Bu sizga OLX-da reklama yozishingiz uchun barcha kerakli maʼlumotlardir. Unutmangki, so’zlar juda katta kuchga ega va ularni qanday ishlatishni biladigan insonlar har doim boshqalardan ustun turadi. Agar savollaringiz yoki qo’shimchalaringiz bo’lsa, kommentariyaga yozishingizni maslahat beramiz.

Ha aytganday, nafaqat telefon raqamingizni, balki aloqa uchun telegramni ham berishni unutmang: Internet notanishlarga qo’ng’iroq qilishdan ko’ra yozish osonroq bo’lgan odamlarga to’la.

Maqolani do'stingizga yuboring. Pastdagi tugmaga bosing

Sizga maqola yoqmadimi? Bu ma'lumot eskirganmi? Savollaringiz bormi? - barchasini izoh orqali qoldiring.

Izoh qoldirish

Sizning email manzilingizni hech kim ko'rmaydi.

*