Sportga pul tikish - qanday stavka qilinadi

Sportga pul tikish. Totalizator saytlarda qanday stavka qilinadi?

Ko’pchilik sportga pul tikish – bu oson deb o’ylashadi. Hammasi shunchalik oddiy ko’rinadiki, hatto tushuntirish ham shart emasdek. Lekin ishoning, aslida bunday emas. Men bu sohada 9 yillik tajribaga egaman. Ammo men hali ko’p narsani o’rganishim kerak deb bilaman, chunki bukmekerlar (totalizatorlar) haqida biz bilmagan ma’lumotlar ko’p.

Men Sizni eng muvaffaqiyatli o’yinchi bo’lishingiz uchun, hammasini nimadan boshlash kerakligi haqida ma’lumotlar to’pladim. Agarda Siz yutish strategiyasini izlayotgan bo’lsangiz ushbu maqolani o’qing – Futbolga stavka qilish va yutish strategiyasi

Pul-ishlash.ru sayti hech kimni stavka qilish yoki tavakkal qilishga undamaydi. Ushbu maqola tanishish maqsadida yozilgan va bukmekerlarda pul ishlashni targ’ibot qilmaydi.

Sportga qanday pul tikish mumkin?

Birinchi navbatda, men Sizga stavka qilish teoriyasini tushuntirishim kerak, demak maqolaning ko’p qismi teoriyaga bag’ishlangan. Tayyorlaning, hozir totalizatorda ishlatiladigan asosiy terminlar va ular nimani anglatishi haqida misollar ko’rsatgan holda tushuntirib beraman.

Misol sifatida yagona, o’zbek tilida faoliyat olib boradigan, pulni doim vaqtida to’laydigan, mijozlarini aldamaydigan va Osiyoning eng zo’r totalizatori – 1XBET‘ni olib ko’rsataman. Agar Siz bu yerda hali ham ro’yxatdan o’tmagan bo’lsangiz, ushbu maqolani o’qing va 1 500 000 so’mgacha BONUS oling.

Asosiy terminlar

Liniya – stavka qilish uchun totalizator tomonidan taqdim etilgan va hali boshlanmagan o’yinlar (barcha sport turlari).

Live – boshlangan va hozir davom etayotgan o’yinlarga stavka qilish.

Stavka qilish turlari

Bittalik (одиночная, ординар) stavka qilish

Bir nechta jamoaga emas, aynan bitta jamoaga, yoki birgina yo’nalishga pul tikish – bittalik (ordinar) stavka deyiladi. Soddaroq qilib misol ko’rsatamiz

1 – misol: bittalik stavka

1-komanda 2-komanda G’ 1 X G’ 2
Paxtakor Bunyodkor 2.2 3.2 4.1

Siz Paxtakorga $10 tikdingiz deb tasavvur qilaylik. Paxtakor g’alabasiga koeffitsient – 2.2 ga teng. Agar Paxtakor g’alaba qozonsa Sizni yutuq 10 x 2.2 = $22. Sof foyda: $22 (yutuq) – $10 (tikilgan pul) = $12 bo’ladi.
O’yin durrang bo’lishi uchun $10 tikdingiz va durrang qayd etildi, Sizni Sof foyda: $32 (yutuq) – $10 (tikilgan pul) = $22 bo’ladi.
Bunyodkor yutishi uchun $10 tikdingiz va u yutdi, Sizni Sof foyda: $41 (yutuq) – $10 (tikilgan pul) = $31 bo’ladi.

Ekspress (express) stavka qanday qilinadi?

Ekspress – bir nechta o’yin uchun pul tikish. Ekspress stavkada yutish uchun, ekspressdagi hamma o’yinlar natijasini to’g’ri topishingiz kerak. Agar ular orasidan hatto bittasi yutqazsa, barcha stavka kuyib ketishiga olib keladi. Ekspress stavkada yutuq, ekspress ichidagi barcha o’yinlarning koeffitsientlari yig’indisiga teng bo’ladi.

2 – misol: ekspress stavka

1-komanda 2-komanda G’ 1 X G’ 2
Paxtakor Bunyodkor 2.2 3.2 4.1
Real M. Barselona 2.3 3.2 3.5
Chelsi Arsenal 3.5 3.5 2.1

Tasavvur qilaylik, Siz $10 ekspress stavka qildingiz, Sizni ekspressda ushbu natijalar bor: Paxtakor g’alabasi, Real g’alabasi, Arsenal ga’labasi. Yutuq koeffitsientlarini bir-biriga ko’paytiramiz: 2.2 * 2.3 * 2.1 = 11.10. Agar ushbu jamoalar Siz aytgandek, barchasi g’alaba qozonsa, yutuq $10 * 11.10 = $111 bo’ladi, bu holatda sof foyda esa (tikilgan pulni ayirsak): $101 bo’ladi (1 100 000 so’m atrofida).

Bukmeker va totalizator terminlari

Umid qilamanki, hammasi Sizga tushunarli bo’layapti va oz bo’lsada totalizatorlar haqida ma’lumotga ega bo’layapsiz. Boshlanishiga bittalik stavka va katta bo’lmagan ekspress stavkalar qilishni maslahat beraman, tajribangiz oshgani sari o’zingizga qulay variantni aniqlab olasiz.

Asosiy yo’nalishlar va ularning ma’nosi.

Asosiy natijalarga pul tikish eng taniqli yo’nalish sanaladi, hatto men uchun ham. 10 yildan beri stavka qilayotgan bo’lsam, ko’proq asosiy natijalarga tikaman. Har qanday bukmekerda bu yo’nalishlar 100% bo’ladi, hatto eng oddiysida ham.

Oʼyinda qaysi jamoa mezbon, qaysi jamoa esa mehmon ekanligini bilib olish juda ham oson. Tabloda maydon egalari doimo birinchi boʼlib yoziladi. Masalan, “Real-Barselona” oʼyinida “Real” maydon egasi (u raqib jamoani oʼz maydonida qabul qiladi), “Barselona” esa mehmon jamoa, u begona maydonda toʼp suradi.

Eng muhimi bunday stavkalarda hammasi tushunarli, bu yerda uch xil natija bo’lishi mumkin:

  • 1 yoki G’1 – birinchi komanda g’alabasi.
  • X – bu belgi durrangni anglatadi.
  • 2 yoki G’2 – ikkinchi komanda g’alabasi

Jamoa sifatida futbol jamoasi, tennisdagi o’yinchi yoki hokkeydagi komandani tushunish mumkin.

Qo’shaloq imkoniyat yo’nalishga pul tikish 1X, 12 va 2X (двойной исход)

Qo’shaloq imkoniyat – stavka qilishda 2-o’rinda turadi. Ularning farqi shundaki qo’shaloq imkoniyatga stavka qilish nisbatan havfsizroq, shunga yarasha koeffitsient ham pastroq. Bunday stavkalar odatda ekspress kupon yasayotganda, yutqazish ehtimolini kamaytirish uchun ishlatiladi.

Keling bu nima ekanini ko’rib chiqamiz:

  • 1X – birinchi jamoa g’alabasi yoki durrang. Bunday stavka yutishi uchun, birinchi jamoa g’alaba qozonishi yoki durrang bo’lishi kerak.
  • 12 – birinchi jamoa g’alabasi yoki ikkinchi komanda g’alabasi . Bunday stavka yutishi uchun, o’yinda durrang qayd etilmasligi kerak.
  • X2 – ikkinchi jamoa g’alabasi yoki durrang. Bunday stavka yutishi uchun, ikkinchi jamoa g’alaba qozonishi yoki durrang bo’lishi kerak.

Jamoa sifatida futbol jamoasi, tennisdagi o’yinchi yoki hokkeydagi komandani tushunish mumkin.

Extra time nima? Qo’shimcha taym tufayli barcha pulingizni yutqazmang!

Futbolda bunday stavkalar o’yinning asosiy vaqti uchun qabul qilinadi – 90 daqiqa. Boshqa sport turlarida overtaym yoki bullitlarga tegishli bo’lishi mumkin. Shuning uchun tikishdan avval e’tiborli bo’ling, buni o’zimni tajribamdan kelib chiqib aytayapman. Bir necha marta qaysi jamoa yutishiga pul tikkanman, keyin bilsam qo’shimcha taym (extra taym) bu stavkadan mustasno ekan. Misol uchun:

  • Rossiya va Ispaniya o’ynamoqda, sizni stavka Rossiya g’alabasi, ya’ni G’1.
  • Asosiy vaqt durang bilan tugadi, qo’shimcha taym berishdi. Rossiya hali yutishi mumkin, lekin siz yutqazib bo’ldingiz. Chunki asosiy vaqtda (90 daqiqa) Rossiya yutgani yo’q.
  • Qo’shimcha taymda Rossiya penaltilar seriyasi orqali g’alaba qozondi, lekin endi buni sizga ahamiyati yo’q.

Futbolda qo’shimcha taym qachon bo’lishini bilmasangiz, do’stlaringizdan so’rang.

Misol uchun 1XBET totalizatorini olaylik, ushbu yo’nalishdagi stavkalar quyidagi ko’rinishda bo’ladi

Sportga pul tikish - 1XBETda yonalish turlari

O’ylaymanki, bu yerda hammasi ravshan va qanday qilib sportga pul tikish tushunarli. Takidlash joizki, ushbu yo’nalishlar asosiy hisoblanib, barcha sport turlari uchun qo’llaniladi (to’g’ri, sal boshqacha nomlanishi mumkin, avtopoygada g’olibni “Kim balandroq” deyishadi, lekin ma’no o’sha-o’sha).

Fora nima? Foraga pul tikish

Musobaqa ishtirokchisini fora evaziga g’olib bo’lishi. Liniyada mana bunday ko’rinishda bo’ladi: “Fora 1 (+1)”.

Bu terminga darhol misol ko’rsatish kerak. 1XBET totalizatorida forani “Tajribasiz o’yinchiga imkoniyat berish” deb ham atashadi. Demak, Siz liniyani ochdingiz va Liverpul – Lester o’yinini ko’rib qoldingiz. Bu matchga (o’yinga) fora quyidagi ko’rinishda bo’ladi: Fora 1 (-1.5) 2.4 va Fora 2 (+1.5) 2.5. Ya’ni bu yerda plyus fora oladi va minus fora beradi ma’nosini anglatadi. Lekin nimani anglatadi bu foralar? Fora 1 faqat birinchi komanda gollari (Liverpulning), Fora 2 esa faqat Lesterning gollari hisoblanadi.

Endi ozgina tushunib olamiz. Agar Siz Lester uchun +1.5 fora olsangiz, u holda bu komanda ko’pi bilan 1 gol farqiga yutkazishi, durrang o’ynashi yoki yutishiga stavka qilgan bo’lasiz. Ya’ni o’yin natijasida Lester hisobiga fora qiymatini qo’shasiz. O’yin natijasi 2:1 deb olaylik. Forani qo’shsak, bizda 2:2.5 natijasi hosil bo’ladi, ya’ni Lesterning g’alabasi. Menimcha nima demoqchi ekanimni tushundingiz.

Futbolda 0.5 (yarim) hisobi bo’lmaydiku deyotgan bo’lsangiz, pastroqda ma’lumot berganman. Agar Chelsi uchun -1.5 fora olganingizda edi, Sizni 2-0, 3-0, 3-1 va shunga o’xshash hisoblar qoniqtirgan bo’lardi. Chunki Chelsi 1.5 fora berayapti, ya’ni o’yin natijasiga ko’ra Chelsi 2-0 hisobda g’alaba qozonsa u bemalol 1.5 fora beradi va yutqizmaydi – natija esa 2-1.5 bo’ladi.

Sportga pul tikish - 1XBETda fora

1XBET’da Fora uchun stavkalar

Agarda forada “yarim” bo’lsa, bu degani stavka bo’yicha tikilgan pul ortga qaytmaydi degani, ehtiyot bo’lib sportga pul tikish bilan shug’illanadiganlar havotir olmang, barcha sport turlari uchun stavkani sug’urta qilish imkoni mavjud (ba’zi hollarda esa stavkani sotib yuborish ham mumkin), bunda koeffitsient kamroq bo’ladi, lekin stavka yutishi ehtimoli ko’proq bo’ladi.

Aytgancha, deyarli barcha bukmekerda stavka qilish shinavandalari forani sug’urta qilish imkoniyatidan foydalanishadi, ahir ba’zi sport turlari, basketbol va voleybolda aynan shu “yarim” ko’p narsani hal qilishi mumkin. Lekin aksincha bo’lishi, fora bilan o’ynash koeffitsientni oshirishi ham mumkin. Yana o’sha Liverpul – Lester o’yinini olaylik. Ko’pchilik bu o’yinda Chelsining g’alabasiga stavka qilgan yaxshi deb o’ylashadi. To’g’ri, faqat shu koeffitsient bu yo’nalishga kamroq, 1.2-1.4 lar atrofida bo’ladi. Mana shu yerda fora kerak bo’ladi. Chunki Chelsi uchun fora (-1.5) stavka qilsak, koeffitsient 2.4 gacha oshadi.

Sug’urta qilish nima? Shu yerda “yarim (0.5)” nima ekanligini ham tushuntirib ketaman. Yuqoridagi misolda +1.5 va -1.5 forani misol qildim, lekin undan tashqari yaxlit foralar ham bor, masalan +1, +2, +3 va hokazo. Ularni farqi nimada? Yahlit foralarda Siz qilgan stavka yutishi, yutqazishi va tikilgan pul o’zingizga qaytishi mumkin. “Yarim” bor foralarda Siz qilgan stavka yutishi va yutqazishi mumkin holos. Hozir juda yaxshi tushunib olasiz. Misol:

Chelsi Fora -1 (kf. 1.3) uchun $10 stavka qildingiz. Natijalar quyidagicha bo’lishi mumkin:

  • Chelsi 2-0 hisobda yutdi. Sizni stavka ham yutdi, chunki forani qo’shsak natija 2-1 va Chelsi fora berib ham yutqazgani yo’q. Yutuq: $13;
  • Chelsi 1-1 hisobda durrang o’ynadi. Sizni stavka yutqazdi, chunki forani qo’shsak natija 1-2 va Chelsi fora berish oqibatida yutqazib qo’ydi. Yutuq: -$10 (zarar);
  • Chelsi 1-0 hisobda yutdi. Sizni stavka o’zingizga qaytdi, chunki forani qo’shsak natija 1-1 va Chelsi fora berish oqibatida durrang qayd etadi (yutkazmadi). Yutuq: $0 (tikilgan $10 hisobingizga qaytarildi). Pul o’zingizga qaytarilganda koeffitsient 1 ga tenglashtiriladi, ya’ni $10 * 1 = $10 (o’zingizga qaytgan pul)

Chelsi Fora -1.5 (kf. 2.4) uchun $10 stavka qildingiz. Natijalar quyidagicha bo’lishi mumkin:

  • Chelsi 2-0 hisobda yutdi. Sizni stavka ham yutdi, chunki forani qo’shsak natija 2-1.5 va Chelsi fora berib ham yutkazgani yo’q. Yutuq: $24;
  • Chelsi 1-1 hisobda durrang o’ynadi. Sizni stavka yutqazdi, chunki forani qo’shsak natija 1-2.5 va Chelsi fora berish oqibatida yutqazib qo’ydi. Yutuq: -$10 (zarar);
  • Chelsi 1-0 hisobda yutdi. Bu yerda endi 1-misoldagidek Sizni stavka o’zingizga qaytmaydi, chunki forani qo’shsak natija 1-1.5 va Chelsi fora berish oqibatida yutqazdi. Yutuq: -$10 (zarar).

O’ylaymanki, Siz fora nima va uni qanday ishlatishni tushunib oldingiz. Sportga pul tikish haqida yana gaplashamiz.

Bukmeyker terminlari haqida

Total nima? Totalga stavka qilish

Futbolda total – matchda urilgan gollar, hokkeyda total – kiritilgan shaybalar soni, tennisda total – o’ynalgan geymlar soni va hokazolar.

Bukmekerda total nima? Total bu – sodda qilib aytganda gollar, ochkolar, geymlar, setlar va shaybalar soni. Hamda birinchi va ikkinchi taym uchun ham total bor, ko’pgina bukmekerlarda esa yana individual total ham bor, bu yerda umumiy emas aynan bir jamoa nazarda tutilmoqda.

Endi Sizga yanada tushunarli bo’lishi uchun misol tariqasida ko’ramiz.

  • 1 O (yoki ТМ 1) – “O” oz degani, ya’ni bittadan kam gol bo’ladi, masalan o’yinda hisob 0:0 bo’lib tugasa bu stavkamiz yutadi, agarda 1:0 yoki 0:1 bo’lsa pulingiz o’zingizga qaytadi. 2:0 1:1 0:2 bo’lsa yutqazasiz. Chunki total 1 dan oshib ketti;
  • 1 K (yoki ТБ 1) – “K” ko’p degani, ya’ni bittadan ko’p gol bo’ladi, endi 1:0 yoki 0:1 hisobi sizga pulingizni qaytaradi, chunki total 1dan ko’p emas. 1:1 va boshqa hisoblarda siz yutasiz, 0:0 hisobda esa siz yutqazasiz;
  • 1.5 O (yoki ТМ 1.5) – ya’ni bittadan kam gol bo’ladi, lekin 1 O’dan farqi shundaki o’yinda 1:0 yoki 0:1 hisobi qayd etilsa sizga pulingiz qaytmaydi – ya’ni yutasiz;
  • 1.5 K (yoki ТБ 1.5) – ya’ni 2ta va undan ko’p gol bo’lsa siz yutasiz. Bu yerda misol keltirish shartmas deb o’ylayman.

K – total ko’p, O – total oz degani. TM – total bolshe, TB – total bolshe degani.

Odatda ko’p stavkalar butun sonli totallarga qo’yiladi, masalan 1, 2 yoki 3. Chunki ularga tikilganda pul o’zingizga qaytish ehtimoli bor.

Misol: totalga stavka qilish

Deylik, bukmeker tomonidan futbol matchi uchun “3” ga teng total o’rnatilgan (urilgan gollar) va ikki xil ko’rinishda totalga stavka qilish taklif etiladi: ushbu totaldan kam yoki oz.

  • agar matchda 3tadan kam gol urilsa (0:0, 1:1 va hokazo), “3” dan oz stavkalar yutadi, ko’p deganlar esa yutkazadi;
  • agar matchda 3tadan ko’p gol urilsa (2:2, 1:3 va hokazo), “3” dan oz stavkalar yutkazadi, “3” dan ko’p stavkalar esa yutadi;
  • agar matchda 3ta gol urilsa (1:2, 0:3 va hokazo), “3” dan oz va ko’p degan barcha stavkalarga “1” koeffitsienti beriladi (ya’ni? Menimcha tushundingiz).
Sportga pul tikish - 1XBETda Total

1XBET’da total stavkalar ko’rinishi

Endi ikki og’iz bu total o’zi nima va unga qanday stavka qilinishi haqida gaplashamiz. Tasavvur qiling, ikta komanda o’ynayapti, ikkalasi ham yopiq o’yin ko’rsatyapti. Agar kuchlar teng bo’lsa, kimningdir g’alabasi uchun pul tikish xavfli. Ikkala komanda ham himoyada o’ynashni ma’qul ko’rayotgan ekan, o’yinda kam gol bo’lish ehtimoli katta. Mana shu yerda biz totalga stavka qilamiz, ya’ni total 2.5 dan kam bo’ladi. Bunday xolatda 0:0, 0:1, 1:0, 1:1 natijalari bizni qoniqtiradi, chunki umumiy gollar soni 2.5 dan kam. Tajribangiz oshgan sari Siz total va foraga qanday pul tikilishini to’liq o’zlashtirib olasiz.

Foraga stavka qilish (- + 0). Qo’shimcha misollar

Foraga stavkalar – siz kimgadir gol, geym, set va boshqa imkoniyatlar berishingiz, u eng ko’p qilinadigan stavkalar turiga kiradi. Ya’ni siz yutqizayotgan jamoaga qo’shimcha gol yoki ochko berasiz, siz tikayotgan sport turiga qanaqaligiga bog’liq.

Fora 3 xil bo’ladi:

  • Fora (+)
  • Fora (0)
  • Fora (-)

Qoidaga ko’ra musbat fora kuchsizroq jamoaga tikishadi, manfiy fora kuchli jamoaga, 0 fora esa ikkala jamoaga ham o’tadi.

Foralarga tikish juda oson, keling buni bukmeker va totalizator terminlari misolda ko’ramiz:

Faraz qilaylik Chelsi va Lester o’ynayapti.

1. Manfiy fora (minus)

Fora 1 (-1). Bu stavka Chelsining -1 fora berib yutishiga tikildi degani.

Ya’ni, Chelsi 2:0 hisobda yutsa, bitta gol fora hisobiga ko’ra natija 1:0 deb olinadi, shunda ham Chelsi yutadi va sizni stavka ham.

Agar Chelsi 1:0 ga yutsa, fora hisobiga o’yin natijasi 0:0 bo’ladi, u holda siz yutmaysiz, lekin yutqazmaysiz ham, shunchaki pulingniz sizga qaytadi. Chunki o’yin natijasiga ko’ra durang qayd etildi.

Agar Chelsi durang o’ynaganida yoki Lester yutganida edi, fora hisobiga siz yutqazar edingiz.

Oddiy qilib aytganda, bu misolda Fora stavkamiz o’tishi uchun Chelsi 2ta gol farqi bilan yutishi kerak. Shuningdek foraning (-1.5, -2, -2.5) turlari bor, bu holatda ko’proq gol kerak bo’ladi.

2. Musbat fora (plyus)

Yana yuqoridagi komanda o’yiniga stavka qilamiz, faqat bu safar musbat fora, ya’ni plyus (+1)

Fora 2 (+1). Bu stavka Lesterning +1 fora olib yutishi uchun tikildi degani. Ya’ni o’yinning natijasiga 1ta gol qo’shib qo’yishimiz kerak, aniqrog’i Lesterni hisobiga 1ta gol.

Agar o’yin durrang (0:0, 1:1, 2:2 va hokazo) bo’lib tugasa, forani qo’shganimiz hisobiga o’yin natijasi ham 0:1, 1:2, 2:3 bo’ladi, bu degani Lester (+1) fora hisobiga g’alaba qozondi degani – stavkangiz yutadi.

Agar o’yinda Chelsi 1ta gol farqi bilan yutsa (1:0, 2:1, 3:2) forani qo’shganimiz hisobiga hisob ham 1:1, 2:2, 3:3 bo’ladi, ya’ni durrang – stavkangiz o’zingizga qaytadi.

Agar o’yinda Chelsi 2ta yoki undan ko’p gol farqi bilan yutsa,  forani qo’shganimiz bilan natija baribir Chelsi hisobiga hal bo’ladi, ya’ni Lester (+1) fora olsa ham yutqazdi – stavkangiz yutqazdi.

3. Nollik fora

Fora (0) ya’ni bu yerda jamoa fora olmaydi degani. Ya’ni jamoa durrang o’ynasa pul o’zingizga qaytadi, yutqazsa sizam yutqazasiz, yutsa yutasiz.
Bunday stavkani qachon qilgan maqul. Bukmeker va totalizator terminlari, Misol uchun yuqoridagi o’yinda Chelsi yutishiga yoki durrang o’ynashiga ishonsangiz bunday fora o’rinli.

Sportga pul tikish - stavka qilish turlari

Foraga yana misollar

  • F1 (+1.5), F2 (+1.5) plyusovaya fora (musbat fora) – agar siz tanlagan jamoa yutqazgan boʼlsa ham stavka oʼynalishi mumkin degani. Buning uchun magʼlubiyat 1 ta toʼp farqi bilan boʼlishi lozim (yaʼni match umumiy hisobi 0-1, 1-2, 2-3 va hk). Аgar jamoa 2 va undan koʼproq toʼplar farqi bilan yutqazsa, stavka qoʼyish mumkin boʼlgan plyusovaya fora (musbat fora) uchun imkoniyat yetmaydi. Plyusovaya foraga odatda raqiblarning kuchlari teng emasligi ochiq-oydin koʼrinib, autsayder oxirigacha kurasha oladigan boʼlganda stavka qilinadi. Jamoalar oʼyini va kuchi orasida farq qancha katta boʼlsa, BK koeffitsienti shuncha yuqoriga koʼtariladi. Аniq koʼrinib turgan autsayderlar uchun 2, 3 va undan katta koeffitsient belgilanishi mumkin.
  • F1 (-1.5), F2 (-1.5) otritsatelnaya fora (manfiy fora) – ijobiy foraga oʼxshash, faqat aksi. Stavkaning bunday turini yutish imkoniyati yuqori boʼlgan jamoa uchun tikadilar, chunki ularning maqsadi kuchli jamoaning gʼalabasi uchun kefni koʼtarishdir. Manfiy fora uchun qoʼyiladigan stavkalar yutuq imkoniyatini ancha pasaytiradi, chunki stavka yutuqli boʼlishi uchun jamoa 2 va undan ortiq toʼp farqi bilan ishonchli gʼalabani qoʼlga kiritishi lozim.
  • F1 (2) – musbat fora.
  • F1 (0), F2 (0) –agar oʼyinchi jamoaga forali stavka qilsa va jamoa gʼalaba qozonsa, stavka yutuqli boʼladi. Oʼyin durang bilan yakunlansa, stavka qaytariladi, ushbu jamoa oʼyinda magʼlub boʼlsa, stavka yutqazilgan hisoblanadi.

Аyrim idoralarda futbolga qoʼyiladigan stavkalar ichida 1.5 b yoki 1.5 m belgisi bor. Ular biz yuqorida keltirgan maʼnoni anglatadi.

Butun total uchun stavkalar TB (2.0), TB (3.0), TB (2.0), TM (3.0) va hokazo koʼrinishida boʼlishi mumkin. Buning maʼnosi shuki, agar oʼyinchi TB (3.0) ga pul tikkkan boʼlsa, yutuqqa ega boʼlish uchun jamoa 4 va undan ortiq gol urishi lozim. Аgar jamoa 3 ta gol urgan boʼlsa stavka qaytariladi, 2 va undan kam toʼpni darvozaga kiritgan boʼlsa, stavka yutqazilgan hisoblanadi.

Chet/nechet (Juft/toq) – totalda jami urilgan toʼplar miqdorining juft yoki toq sonda ekanligini bildiradi. Chet 2 ga boʼlinadigan son. 0:0 natijali durrang va 0 ning oʼzi juft son deb olinadi.

  • ITB, ITM – bitta jamoa kiritgan gollarning umumiy hisobi.
  • ITB1 1.5 – mezbon jamoa 2 va undan ortiq gol uradi.
  • ITM 2 2.5 – mehmon jamoa 1 yoki 0 ta gol uradi.

Аziatskiy gandikap nima? aziatskaya fora, Osiyocha gandikap yoki osiyocha fora

Аziatskiy gandikap (aziatskaya fora) (Osiyocha gandikap yoki osiyocha fora) – aziatskiy totalga aynan oʼxshash, faqat ikkita yondosh raqamdan iborat boʼladi. Boshqacha aytganda, 2 ta yondosh foraga 2 xissa stavka qoʼyishdir. Stavkaning bir qismi bukmeker tomonidan qaytarilishi mumkin, ikkinchi qismi esa oʼynaladi, yoki yutqaziladi. Bu haqida batafsil misollar berib video joylaymiz.

Mana shular totalizatorda stavka uchun asosiy yo’nalishlar edi. Qolgan yo’nalishlar boshqacha nomlanishi mumkin, lekin ishlash prinsipi biz ko’rib chiqqan tushunchalar asosida tuzilgan. O’ylaymanki, Siz sportga pul tikish bo’yicha bugun ko’p ma’lumotga ega bo’ldingiz. Sizga yana qaysi bukmeker va totalizator terminlari tushunarsiz? Qanday savolingiz bo’lishidan qat’iy nazar, ularni izoh sifatida ushbu maqola tagida qoldiring. Hech qaysi savol javobsiz qolmaydi.

Maqolani do'stingizga yuboring. Pastdagi tugmaga bosing

Izohlar soni: 21ta

  1. ADMIN HISOBNI TOLDIRISH UCHUN KAMIDA 2000 RUBL DIVOTUDI HALI HAM SHUNCHAMI
    BIR OY OLDIN QATEDIZ JAHON CHEMPIONATI OTIB KETI

  2. Salom admin men ko’рdan beri qidirgan ma’lumotlarimni berdingiz. Kattakon raxmat sizga

  3. Admin gap yoq iloji bolsa forex haqida malumot bersanggiz

  4. 1xbet saytiga pul kiritish uchun qaysi elektron kasheloklardan foydalaniladi

  5. Еринмай тшунтирибсиз узиям маколага гап булиши мумкун эмас аммо менда бир савол тугилди Россияда юрган ларга хам шу сайтни яни 1xbet ни маслахат берасизми? Йо бошка бироз тшуниш соддарок булган сайтлар хам борми?

  6. Yutgan pul qaerga tushadi masalan uzcard orqali pul tikilgan bolsa

  7. Buni uzbda uynasa biz qinunga zid ish qilgan bulmaymizmi

  8. Кеча хоккейда голлар 4.5 дан катта буладига тикувдим голлар 5 та булди лекин ютказдинг курсатди. Шунга нима дейсиз?

  9. Админ агар иложи буса телеграм еки бошка ижтимоий тармоклардан мен бн алокага чиколмисзми маколангизни 5 марта укиб чикдим лекин мен сурамокчи буганнарсалар йукда. Шунга телеграмданми менга езсангиз скриншот килингган расмлани ташаб сиздан сурардим. Тел номерим:8210 3107 5312

  10. Bonusni olish uchun 1depozitga hisobga 10mingsumdan kup pul tuwirsa boldimi yo bir milion tuwuriw keremi

  11. Uzcarddan qanaqa qlp 1xbetka pul tuwuriw mumkun etvoringlar iltimos

  12. Aziatskiy fora haqida ham toliq malumot bersez.
    Aziatskiy da ozgina qiynalyabman

  13. Garov tikilgan natijalarni qanday uzgartirsa buladi

  14. Admin rahmat sizga ma’lumotlar uchun!
    1xbetda hisobni uz card orqali to’ldirsa va yechib olsa bo’ladimi?
    Oldindan rahmat

  15. Uzbda minimum pul chiqarish sumasi qancha men 40 k.f kupon yutib 500 mln qildim lekin chiqarib bo’lmayabdim. Nima uchun Admin

  16. Oldin pul chiqarib kòrgansizmi? Chiqarsa bòladi

  17. Assalomu aleykum barchaga. Admin pul tikish uchun bankdan karta ochish zarurmi.

  18. Total ko’p 2.5 ga stavka qilsa o’yin 4:1 yoki 4:2 . 5:2 hisobda o’yin tugasa yutuq xisoblanadimi yo’q

Sizga maqola yoqmadimi? Bu ma'lumot eskirganmi? Savollaringiz bormi? - barchasini izoh orqali qoldiring.

Добавить комментарий для Emir Отменить ответ

Sizning email manzilingizni hech kim ko'rmaydi.

*