Telegramda pul topish sirlari. Qancha daromad olish mumkin?

Assalomu alaykum hurmatli do’stlar, uzoq vaqtlik tanaffusdan so’ng Sizni Telegramda pul topish sirlari nomli maqolasi bilan hursand qilmoqchiman.

2015 yilning sentyabr oylarida Telegram asoschisi Pavel Durov endilikda messenger orqali ko’plab xabarlarni yuborish uchun kanal ochish imkoniyatini taqdim etdi.  Boshlanishiga bu funksiyaga unchalik ham e’tibor qaratishmadi, lekin 2016 boshlariga kelib, Telegram-kanallar mashxur bo’lib ketti. Biz taniqli kanallar qancha pul topishiga qiziqib ko’rdik va ularni qatoriga qanday qilib kirish mumkinligi haqida gapirib bermoqchimiz.

Telegramda pul topish nimadan boshlash kerak

Hammasi qanday boshlangandi?

2016-yil boshlarida mashxur Twitter-bloggeri Mixail Kafanov «qiziqarli maqolalar» nomli kanalini ishga tushirdi. Qiladigan ishi oddiy edi: har kuni kechasi noutbukda o’tirib, maqolalarni saralab, kanalga har xil mavzudagi eng yahshi maqolalarni qo’yardi. Boshida uning kanaliga faqat do’stlari obuna bo’lishdi, keyinchalik uni umuman tanimaydigan odamlar ham kela boshlashdi.

Kanal juda tez o’sib bordi va telegramning mashxur kanaliga aylandi. Tez orada avtorga Internetda reklama berishning yangicha usuli topilganini eshitgan reklama beruvchilar murojaat etishdi. O’sha vaqtda kanal obunachilari soni 10 mingtaga yetganda Kafanov bir reklama uchun narx qo’ydi — 8 000 rubl.

Birinchi oyda u yahshi smartfon xarid qilishga yetadigan pul jamg’arganini bildirdi. Yahshi smartfon u paytlar 50-60 ming rubl turar edi. Demak, reklamadan yahshi daromad olgan.

Telegramda pul topish sirlari kunuz kanali haqida

O’zbekistonda Telegramda pul topish mumkinmi?

O’zimizni o’zbekistonlik kanallarga kelsak, kun.uz saytining rasmiy kanaliga 160  mingdan ortiq odam obuna bo’lgan. Kafanovni kanalida esa hozir 36 mingga yaqin odam bor. Farqni qarang! 160 ming qayerdayu 36 ming qayerda, 4 baravar ko’proq odam. Bu bilan bizda Telegram foydalanuvchilari ko’pligi va faol ekanliklariga amin bo’lamiz. Ahir bejizga, telegramdagi foydalanuvchilar soni bo’yicha dunyo reytingida 3-o’rinni O’zbekiston olmadi.

Men bir yigitni bilaman, yoshi 17-18 da, latifalar7 kanali avtori (admin), 2 yil avval shu yigit kanalida 70 mingdan ortiq odam bor edi, kun.uz kanalida esa 60 ming ham chiqmas edi. U qiladigan ishi qiyin emasdi, kanal nomidan bilgan bo’lsangiz yangi latifalar qo’yib borardi. U shunchaki qayerdandir tayyor latifani olib kanaliga qo’yar va pulni oqib kelishini tomosha qilib yotardi.

Bir kuni Latifalar7 adminiga reklama qo’yish istagida ekanimni, reklama narxi qancha bo’lishini so’raganimda, bitta post 40 ming so’m deb aytdi. Narxni belgilashni bilmasdi. Chunki ko’pchilik reklama narxini kanaldagi odamlar sonidan kelib chiqib belgilaydi. Shunda ham bolakay yahshi daromad olardi. Menimcha u hozir kanalini sotib yuborgan, chunki qidiruv orqali topa olmadim. Demak Telegramda nafaqat reklama qo’yib, balki kanalga odam yig’ib, soni ko’paygach, sotib pul ishlasa ham bo’ladi.

Telegramda Reklama berishni 2ta usulga bo’lishimiz mumkin

1-usul. Masalan Siz bir kanalga reklama bermoqchisiz, ya’ni o’zingizni kanalni reklama qilib, odam jamlamoqchisiz. Hisob-kitob qanaqa bo’ladi? Admin Sizni reklamani joylaydi va undan o’tgan har bir obunachi uchun 100 so’mdan pul oladi. Faraz qiling, Sizda katta 50 mingta odamlik kanal bor va Sizdan kanalingizga reklama qo’yishni iltimos qilishyapti:

  • Siz reklama beruvchi kanalini reklama qildingiz
  • Reklama beruvchi kanaliga Sizdan 10 mingta odam o’tdi
  • Reklama beruvchi Sizni cho’ntagingizga 1 mln so’m solib qo’ydi. 10 000 * 100 = 1 mln
  • Bir kunda bitta reklama uchun 1 mln topayapsiz

2-usul.  Siz reklama berish qoidalarini o’zgartirdingiz va 2-usul orqali ishlab ko’rmoqchisiz. Chunki Sizga reklama bergan odam kanaliga Sizni kanaldan odamlar o’tishi qiyin masala, yana 10 minga?! Shuning uchun Siz umumiy qilib, obunachilar qancha o’tishidan qat’iy nazar bitta post narxini belgiladingiz. Post narxi sizni kanaldagi odamlar soniga qarab belgilanadi. Masalan 50 mingta odam bor bo’lsa, har biri uchun 10 so’mdan olasiz. Bu narxni o’zingiz belgilaysiz, kanalingiz obro’si va boshqa omillarga qarab bu narx balandroq bo’lishi mumkin. Hammasi kanalingiz va reklama beruchi odam kanali mavzusiga bog’liq. Hisob-kitob qilaylikchi:

  • Siz reklama beruvchi taqdim etgan postni o’zingizni kanalga joyladingiz
  • Reklama beruvchi kanaliga Sizdan qancha odam o’tdi endi buni ahamiyati yo’q
  • Siz post uchun 500 ming so’m oldingiz. 50 000 * 10 = 500 ming
  • Bir kunda bitta post qilganingiz uchun 1 mln topayapsiz. Endi kuniga 3-4 ta reklama tushib tursa zo’r bo’lar ediya?

2-usulga kun.uz sayti qo’ygan ushbu reklamani misol qilib olamiz

Telegramda pul topish sirlari kunuzdagi reklama

Bu yerdagi raqamlar quyidagilarni anglatadi:

  1. Kanal nomi
  2. Reklama berayotgan kanal nomi — mebellar
  3. Reklamani ko’rgan odamlar soni — 24k (k = ming)
  4. Reklama bergan kanalga obuna bo’lish uchun ssilka

Telegramda pul topish?  Rostanmi?

Ha, yuqorida keltirgan misolim hazil ham, yolg’on ham emas, hammasini real hayotdan, o’zimizni mahalliy kanallardan olib aytayapman. Endi Sizda savol tug’iladi: Bu nimasi? 50 mingta odamni katta holamnikidan olib kelamanmi? Qanday qilib odam yig’ishni o’rgat!

Tez kunlarda Sizga qanday qilib odamlarni jalb etishni, nafaqat telegramda, balki instagram va boshqa odam yig’ish mumkin bo’lgan ijtimoy tarmoqlar haqida ma’lumot beraman. Shuningdek:

  • Sizga reklama berishlarini kutib o’tirmasdan, atigi 1000 ta odami bor kanalda ham oyiga $500-$1000 pul topish sirlarini,
  • odamlarni ushlab turishni,
  • statistika olib borishni,
  • postlarni qanday joylashni,
  • post joylashda nimaga e’tibor berishni va boshqa juda kerakli ma’lumotlarni beraman.

Ishonavering, nima deyotganimni yahshi bilaman va bunga Siz ham amin bo’lasiz. Qachonki, kanalingizdan olgan birinchi $100 cho’ntagingizga kelib tushganda, «ha, bilimdonlar.com admini baraka topsin» — deb, bir eslab qo’yasiz.

Buning uchun bizni telegram kanalimizga obuna bo’ling va yangiliklarni kuzatib boring, tag’in yangi Telegramda pul topish sirlari 2-qism nomli maqolamizdan quruq qolib ketmang!

pul ishlash ru sayti telegram kanaliga obuna bolish

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
6 Izoxlar
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
6
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x