Telegramni o’chirish. Akkauntni butunlay o’chirib yuborish

Telegramni o’chirish juda ham oson ish, lekin bir narsani unutmang: shu asnoda Siz yozishgan barcha xabarlar (chatlar) ham o’chib ketadi, chatda almashgan video, rasm va boshqa fayllar esa telefoningizga yuklab olgan bo’lsangiz saqlanib qoladi, aks holda ular ham o’chadi. Telegram akkauntni butunlay o’chirib yuborishdan avval yaxshilab o’ylab ko’ring, balki Sizga juda muxim xabar yuborishgandir va uni saqlab qolmaganingizga qattiq afsuslanib qolarsiz. Nima qilayotkanimni o’zim yaxshi bilaman, telegramni o’chirish qarorim qat’iy desangiz, quyidagi kichik qo’llanmani Siz uchun tayyorladik.

Telegram qaysi qurilmaga, iPhone, Android yoki kompyuterga o’rnatilgan bo’lmasin, uni o’chirib tashlash yo’li bitta, u ushbu qo’llanmada yoritilgan.

  1. Istalgan brauzer orqali ushbu manzilga o’tamiz — TELEGRAMNI O’CHIRISH SAHIFASI  ssilkaga bosing. Quyidagi sahifa ochiladitelegramni o'chirish sahifasi
  2. Biz qizil ramkaga olgan maydonga telefon raqamingizni kiriting va «Next» tugmasiga bosing.
  3. So’ngra telefon raqamingiz ulangan Telegram akkauntga xabar yuboriladi, shuni unutmang, xabar SMS tarzida yuborilmaydi, to’g’ridan to’g’ri Telegramga boradi. Bizga xabarda faqatgina yuborilgan kod zarur. U quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
    Telegram akkuntni o'chirish
  4. Qizil ramka ichiga olingan kodni boya kirgan sahifamizda kerakli joyga yozamiz va «Sign In» tugmasini bosamiz. Shunday yoziladi:
    Telegramdan akkauntni butunlay o'chirish
  5. Agar kodni to’g’ri kiritgan bo’lsangiz keyingi punktga o’tamiz, noto’g’ri bo’lsa 1-punktga qayting. Ochilgan oynaning eng pastki qismiga tushamiz va «Done» tugmasini bosamiz:
    telegramda akkaunt o'chirish sahifasi
  6. Keyingi sahifada Telegramni o’chirish oqibati nimalarga olib kelishi haqida bizni ogohlantirishadi. Ohirgi qadam  «Yes, delete my account» tugmasini bosamiz:
    telegram udalit akkaunt qilish
  7.  Barchasini to’g’ri bajargan bo’lsangiz, Sizni akkaunt muvafaqqiyatli o’chirilgani haqida xabar ko’rsatiladi:
    telegram o'chirish

Mana endi Siz Telegramda yo’qsiz. Maqolamiz Sizga yordam bergan bo’lsa juda hursandmiz. Telegram messenjeri orqali nafaqat muloqot qilish, balki pul ishlash ham mumkin. Agarda Siz yana qaytadan akkaunt ochish niyatingiz bo’lsa, albatta pul ishlash haqidagi maqolamiz o’qib chiqing — Telegramda pul ishlash asoslari

Bizni sayt Internet orqali pul topishga mo’ljallangan bo’lib, bu yerda ko’plab maqolalarni topishingiz mumkin. Jumladan —

Saytimizda muntazam ravishda yangi daromad olish usullari berib boriladi, yangiliklardan quruq qolmaslik uchun albatta Telegram kanalimizga obuna bo’ling. Hali o’chirib tashlamagan bo’lsangiz albatta 😉

3 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
15 Izoxlar
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
Mahbuba Pardaboyeva
3 месяцев назад
Muni
2 месяцев назад

+77006693695

Muni
2 месяцев назад
Ответить на  Muni

+77006693695

Shaxzod
2 месяцев назад

+998882238343

Durdona
2 месяцев назад
Lochin
2 месяцев назад

+79052301296

Умид
2 месяцев назад
sanginovabbos4@gmail.com
1 месяц назад
Durdona 883890927
1 месяц назад
Azico
1 месяц назад

931982294

Azico
1 месяц назад

+77006693695

shohrux
28 дней назад

telegram akauntimga boshqa kishi kirib gmail urnatib ogan gmailni uchurib tashash kerak gmail maniki emas

abdugofur
18 дней назад

akkauntdan sherigini chiqarish usuli

Ikromiddin
5 дней назад

Telegram

Maqsudxon
23 часов назад
15
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x