Telegramni o’chirish juda ham oson ish, lekin bir narsani unutmang: shu asnoda Siz yozishgan barcha xabarlar (chatlar) ham o’chib ketadi, chatda almashgan video, rasm va boshqa fayllar esa telefoningizga yuklab olgan bo’lsangiz saqlanib qoladi, aks holda ular ham o’chadi. Telegram akkauntni butunlay o’chirib yuborishdan avval yaxshilab o’ylab ko’ring, balki Sizga juda muxim xabar yuborishgandir va uni saqlab qolmaganingizga qattiq afsuslanib qolarsiz. Nima qilayotkanimni o’zim yaxshi bilaman, telegramni o’chirish qarorim qat’iy desangiz, quyidagi kichik qo’llanmani Siz uchun tayyorladik.
Telegram qaysi qurilmaga, iPhone, Android yoki kompyuterga o’rnatilgan bo’lmasin, uni o’chirib tashlash yo’li bitta, u ushbu qo’llanmada yoritilgan.
- Istalgan brauzer orqali ushbu manzilga o’tamiz — TELEGRAMNI O’CHIRISH SAHIFASI ssilkaga bosing. Quyidagi sahifa ochiladi
- Biz qizil ramkaga olgan maydonga telefon raqamingizni kiriting va «Next» tugmasiga bosing.
- So’ngra telefon raqamingiz ulangan Telegram akkauntga xabar yuboriladi, shuni unutmang, xabar SMS tarzida yuborilmaydi, to’g’ridan to’g’ri Telegramga boradi. Bizga xabarda faqatgina yuborilgan kod zarur. U quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
- Qizil ramka ichiga olingan kodni boya kirgan sahifamizda kerakli joyga yozamiz va «Sign In» tugmasini bosamiz. Shunday yoziladi:
- Agar kodni to’g’ri kiritgan bo’lsangiz keyingi punktga o’tamiz, noto’g’ri bo’lsa 1-punktga qayting. Ochilgan oynaning eng pastki qismiga tushamiz va «Done» tugmasini bosamiz:
- Keyingi sahifada Telegramni o’chirish oqibati nimalarga olib kelishi haqida bizni ogohlantirishadi. Ohirgi qadam «Yes, delete my account» tugmasini bosamiz:
- Barchasini to’g’ri bajargan bo’lsangiz, Sizni akkaunt muvafaqqiyatli o’chirilgani haqida xabar ko’rsatiladi:
Mana endi Siz Telegramda yo’qsiz. Maqolamiz Sizga yordam bergan bo’lsa juda hursandmiz. Telegram messenjeri orqali nafaqat muloqot qilish, balki pul ishlash ham mumkin. Agarda Siz yana qaytadan akkaunt ochish niyatingiz bo’lsa, albatta pul ishlash haqidagi maqolamiz o’qib chiqing — Telegramda pul ishlash asoslari
Bizni sayt Internet orqali pul topishga mo’ljallangan bo’lib, bu yerda ko’plab maqolalarni topishingiz mumkin. Jumladan —
- Instagram, facebook, vkontakte orqali,
- Captcha kiritib,
- va boshqa usullar orqali pul topishingiz mumkin
Saytimizda muntazam ravishda yangi daromad olish usullari berib boriladi, yangiliklardan quruq qolmaslik uchun albatta Telegram kanalimizga obuna bo’ling. Hali o’chirib tashlamagan bo’lsangiz albatta 😉
pardaboyevamahbuba8@gmail.com
+77006693695
+77006693695
+998882238343
asttyaaii77@gmail.com
+79052301296
madinaabduganieva966@gmail.com
sanginovabbos4@gmail.com
asttyaaii77@gmail.com
931982294
+77006693695
telegram akauntimga boshqa kishi kirib gmail urnatib ogan gmailni uchurib tashash kerak gmail maniki emas
akkauntdan sherigini chiqarish usuli
Telegram
maqsudxonamirov73@gmail.com