
Websum haqida: Websum milliy to’lov tizimida ro’yxatdan o’tish
Internetda ishlagan pullarni qanday yechamiz – degan savollar juda ko’p berilayotgani tufayli, bugun Sizlarga “Websum haqida: Websum milliy to’lov tizimida ro’yxatdan o’tish” nomli maqolamiz taqdim etmoqdamiz. Bu maqolamizda Siz Websum to’lov tizimi haqida, unga pul tashlash va pulni yechish, hamda Websum orqali boshqa elektron pullarni harid qilish, masalan, Websum orqali Webmoney yoki QIWI sotib olishni o’rganasiz.
WEBSUM – elektron to’lov tizimi bo’lib, u orqali foydalanuvchilar Internetda maxsulotlarini tezda xarid qilishlari, telefon yoki Internetga pul to’lashlari, web-saytlari uchun hosting sotib olishlari, qorinlari ochib qolsa ovqat buyurtma qilishlari va yana ko’plab xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Websum bilan ishlaydigan servislar kun sayin oshib bormoqda. Websum haqida va boshqa ma’lumotlarni tizimning saytida olishingiz mumkin.
Barcha xisob-kitob WEBSUM (WSM) to’lov birligida amalga oshiriladi. WSM to’lov birligi – O’zbekiston milliy valyutasi so’mining ekvivalenti hisoblanadi, 1 so’m 1 WSM ga teng. (1 WSM = 1 so’m)
Websum milliy to’lov tizimida ro’yxatdan o’tish juda ham oson
Yuqoridagi ssilkaga bosgach, Websum saytida ro’yxatdan o’tish sahifasi ochiladi. U yerda 2ta variant bor: yuridik shaxslar uchun va jismoniy shaxslar uchun. Agarda uyali aloqa, internet va boshqa ko’plab to’lovlarni oshirish uchun Websum hamyon ochayotgan bo’lsangiz, jismoniy shaxsni tanlab ro’yxatdan o’ting
Keyingi sahifada, Sizdan o’zingiz haqingizdagi ma’lumotlar kiritishingiz so’raladi. Barchasini to’liq ko’rsating. Unutmang! Ma’lumotlar to’g’ri bo’lishi kerak, aks xolda to’lovlarni amalga oshira olmaysiz, tashlagan pulingiz esa kuyib ketishi mumkin. Eng muxim maydonlar – bu familiya, ism va pasport ma’lumoti. Rasmda barcha ma’lumotlar qanday kiritilishi ko’rsatilgan
Barcha ma’lumotni ko’rsatib, “Зарегистрировать” tugmasini bosganingizdan so’ng, agar barchasi to’g’ri bo’lsa, quyidagicha sahifaga yo’naltirishadi. U yerda Sizning ID, ro’yxatdan o’tish muvaffaqiyatli kechgani va E-mail pochtangizga kirib uni tasdiqlashingizni kerakligi haqida xabar ko’rsatiladi. ID raqamni biror yerga yozib qo’ying. Chunki saytga kirish, xisobingizni to’ldirish va boshqa Websum foydalanuvchilaridan pul qabul qilish uchun Sizga ID kerak bo’ladi
Ro’yxatdan o’tganingizni tasdiqlash uchun ko’rsatgan E-mail manzilingizni tekshiring. Tasdiqlash tugmasiga bosing
E-mailga kirib ro’yxatdan o’tganingizni tasdiqlaganingizdan so’ng, saytga tashrif buyurishingiz mumkin. Buning uchun saytning o’ng tarafidagi “Войти” tugmasini bosamiz. Keyingi sahifada ro’yxatdan o’tganimizda olgan ID‘ni va parolni kiritamiz
ID va parol to’g’ri ko’rsatilgan bo’lsa, Sizni Websumning asosiy sahifasiga yo’naltirishadi. U yerda barcha to’lov turlari ko’rsatib qo’yilgan. Endi to’lovlar amalga oshira olish uchun o’z shaxsingizni tasdiqlashingiz kerak. Buning uchun saytning o’ng tomongi menyusida “верификация” tugmasiga bosing
Verifikatsiyadan o’tish uchun, ya’ni shaxsingizni tasdiqlash uchun saytga o’z pasportingiz nusxasini yuborishingiz kerak. Pasportning ikta sahifasi yuboriladi: Asosiy (rasmingiz ko’rsatilgan) va manzilni tasdiqlash (propiska) sahifalari. Buning uchun “выбрать файл” tugmasiga bosing va pasportingizni skanerlangan rasmini tanlang, “согласен” maydoniga galochka qo’ying va “отправить” tugmasiga bosing
Barcha ma’lumotlar muvaffaqiyatli yuklanib, saytga yuborilgach, sayt raxbariyati Siz yuborgan pasport nusxasi va Siz kiritgan ma’lumotlarni solishtiradi. Agarda barcha ma’lumot to’g’ri kiritilgan bo’lsa, Sizga “Верифицирован” tasdiqlangan statusi beriladi.
O’ylaymizki bu jarayonlarni amalga oshirish Sizga hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi. Agarda biror nima tushunarsiz bo’lsa Video darsligimizni ko’ring yoki izoh orqali savolingizni qoldiring.
Keyingi Websum haqida’gi maqolamizda Qanday qilib Websum orqali Webmoney, Qiwi, Yandex Money va boshqa ko’plab elektron pullarni xarid qilish haqida ma’lumot beramiz.
Pasport bolmasa nima qilamiz
Qiyin masala :)
Ota-onangizni pasportidan foydalaning! Qiyinmasu !?
Asalomalekum oka bit ta iltimos bor oka websumga qande pul tushuraman oka websumda pul ishlashni orgating iltimos oka oldindan kotta rahmat
Assalom alaykum. Websum tizimi o’zini bankrot deb e’lon qildi. Maslahatim biz bergan usullarda pul ishlang. Hammasida ham emas, yaqinda yangi super usulni o’rgatamiz. U usul orqali ishlab topgan pulingizni plastik kartaga tushirib olishni ham o’rgataman!
Assalomu aleykum hurmatli admin mavzuni qisqa va tushunarli qilib yoritib beribsiz saytingizga gap yo’q ishlaringizga omad saytingiz faoliyatiga rivoj tilayman
Voleykum assalom! Sizga ham e’tibor uchun rahmat. Tez kunda Sizni ham maqolalaringizni ko’ramiz degan umidim bor :)
Pasportni telefonda rasmga olib jo’natsa bo’ladimi? 1-2 marta jo’natib ko’rdim bo’lmayapti. Iltimos javobini tezroq yozsangiz oldindan rahmat
yaxshiroq tel bo’lsa bo’ladi.
Webmoneyda wmr koshelyokdan wmz koshelyokka pul otkazsa boladimi?
Ha bo’ladi
Ha albatta
Wm.exchanger.ru
telefon zo’r baribir bo’lmayaptida
Салом. Вебсум оркали Вебманейга пул уткизса буладими
websumda kecha verifikatsiyadan o’tdim hisobimda 15000 WSM bor Ucellga 5000 pul tashlashga bossam Запрос на платеж не прошел попробуйте проверить введенные данные. Payment system balance is low7012016-07-03T06:01:17.714+05:00 shunaqa yozuv chiqyapti. Iltimos biladiganlar yordam beringlar
Ucellga tashlanadigan balanceda pul qomapti. Bu juda kam uchraydigan xolat. Dushanba kuni urinib ko’ring
Hop rahmat pul tushirsa bo’ladimi o’zi. Ularni hisobida pul tugagan demoqchimisiz
WEBSUM TIZIMI JUDAYAM QULAY IWLANGAN EKAN VA TUSHUNISH HAM JUDA OSON AYNIQSA QISHLOQ JOYLARDA JUDAXAM AS QOTADI PAYNET QIDIRIB YURISH SHART EMAS LEKIN UMS VA UZMOBILE GSM GA PUL TO’LAB BOLMASLIGI YOMON EKAN TEZ ORADA BU KAMCHILIKLARNI YO’Q QILISHSA KERAK
SALOM, WEBSUMDAN WEBMONEY KASHELOGGA PUL O’TKAZISH MUMKINMI? AGAR ILOJI BO’LSA KO’RSATIB O’TSANGIZ??
WSWM.RU
SALOM ADMIN RASM FORMATINI QANAQILIB KICHILASHTIRSA BOLADI
Photoshop orqali qilsangiz bo’ladi. Google’ga : “Как изменить размер фото ?” deb yozing va keyin darslar chiqadi.
Salom admin keshirasiz men clix sense dan registatsiya qilol mayapman yordam bering iltimos zip posted code diydimuu
savolni noto’g’ri bo’limda beribsizda
Salom! Admin nega anchafan beri hech maqola chiqarmay qoydingiz? iltimos savolimga javob bersangiz
Salom! Ta’til olgan edim. Shu kunlarda yangi maqolalar kiritishimiz kerak
Xurmatli admin! Webmoneydan websumga pul o’tkazish mumkinmi?
WSWM.RU
Rahmat Asadbek !
Xurmatli admin! Webmoneydan Websumga pul o’tkaziw mumkinmi?
albatta mumkin. wswm.ru saytida bor edi
Salom admin.Saytni tuzib yaxshi ish qlibsizlar sizlarga katta rahmat saytilani rivojlanishini tilab qolaman.Meni savolim quyidagicha1. Payeer.com saytidan pulimni websum.uzga o’tkazsam bo’ladimi va bu qanday bajariladi batafsil malumot bering iltimos 2.Webmoneyda pasport malumotlarini soravotdi pasport malumotlarini kirgisam hech qanday noxush voqealar ro’y bermaydimi bu xavfsizmi JAVOBINGIZ UCHUN OLDINDAN RAHMAT!!!
PAYEERdan uzcardga o’tkazish, adashmasam uzpay.me saytida bor. Pasport ma’lumotlariga kelsak, webmoney to’lov tizimi Sizning ma’lumotlarni hech qanday yomon maqsadda ishlatmasliklariga kafolat beradilar
Salom admin websum.dan webmoney.ga davlat narxida utkazsa bulmaydimi
Websumdagi login parolni unutib qoldim. Yordam beringlar завыли парол ni bosib pochtani kiritdim hech narsa kelmadi
websumdan foydalanmang
Web sumda ваш ID orniga nima yozaman
salom tanga. kayfiyatlar qanaqa? wmzdan websumga yoki qiwiga pul utkazish xaqida ham yozing.
Assalomu aleykum admin mening bita savolimga javob bervorsayiz qaysi elikton kashelokdan bankdan pul olsa buladi javob uchun oldindan kotta rahmat hurmat bilan suhrob
Assalomu aleykum. Saytingiz juda zòr. Savolimga javob bersangiz xursand bòlardim. Internet orqali pul ishlamagan bòlsam-u, lekin uzcarddan hamyonimga pul òtkazib wmztashkent.com saytidan naqd qilib olsam bòladimi. Javobingiz uchun rahmat
Assalom alaykum! Albatta bo’ladi
ADMIN WEBSUM YANA ISHGA TUSHIBDIMI
Menimcha to’liq emas
websum qachon aktiv xolatda ishlaydi
Xabarimiz yo’q
ruyxatda utdim lekin ishlamayapdi
admin vebsum iwlavoti
Qanday qilib payeer koshelyokga pul tashasa boladi?
https://wmztashkent.com/
Assalomu alaykum hurmatli admin. Saytingizga maqola yozib beradiganlar kerakmasmi?
Telefonda ham Websum ochsa bo’ladimi?
Ikkita rasmni bir qilib yuboring!