Xitoy bilan biznes boshlash uchun nima kerak? Xitoydan uskunalar, posilka, tovar, texnika va boshqalar

Oxirgi paytlarda Xitoy bilan biznes qilishga qiziquvchilar soni ortib borayotgani va saytimiz foydalanuvchisi iltimoslariga ko’ra ushbu maqolani tayyorladik. Maqolani e’tibor bilan, choyni damlab, oyoqni cho’zib va bemalol o’qib chiqing. Bu yerdagi gaplar Sizga kelajakda juda as qotishi mumkin.

Xitoydan keladigan tovarlarni sotishning 4ta siri: Xitoy bilan biznes boshlash

Xitoy bilan biznes 1-rasmXitoy tovarlari haqidagi gap nafaqat hammani og’zida yuribdi, balki ular bizni kundalik hayotimizga kirib o’rnashib bo’lishgan va ularga bo’lgan talab kun sayin oshib bormoqda. Agar Siz umringiz davomida biror marotaba ham savdo-sotiq ishlari bilan shug’illanmagan va Xitoy tovarlari haqida, faqatgina iste’molchi sifatida bilsangiz ham, Sizda baribir Xitoy bilan noldan biznes boshlash imkoniyati bor. Bu shunday bizneski, qulay atmosferada, ya’ni o’zi uyida o’tirgan xolda oyiga 5 000 000 so’mgacha pul topishga ulgurish mumkin. Rosa yolg’on gapirayotganga o’xshayman, shundaymi?

Kerakli ma’lumotlar va bilimga ega bo’lsangiz, bu boshqa bizneslardan ancha osonroq, ko’pchilik shug’illana oladigan biznesdir. Lekin bu yo’lni tanlagan hamma biznesmenni ham omadi kelavermaydi. Bunga sabab nima? Nega Xitoydan tovar olib-sotish orqali hamma biznesmen oson pul topib ketolmaydi? Xitoy bilan biznes boshlash osonmi yo qiyin?

Odamlar bor quvvatini keraksiz narsalar haqida bosh qotirishga sarflashadi, chunki ularning Xitoy bilan biznes boshlash haqida bilimlari yetarli emas.

Ko’proq qanday muammolarga duch kelish mumkin?

  • Biznes-g’oyaning yo’qligi;
  • Nimadan boshlashni bilmaslik, omadsizlikki yo’liqishdan va «boshlasammi yo boshlamasammi» — deb qo’rqish;
  • Katta sarmoya ajratmasdan ham pul ishlash mumkinligini bilmaslik;
  • Boshlangan biznesdan juda kam daromad olish;
  • Yahshi natija beradigan sxemalarni bilmasdan Xitoydan tovarlar buyurtma qilib ishlash.

Xitoy bilan noldan biznes boshlash uchun nima kerak?

  1. Rivojlanish extimoli katta bo’lgan soxani to’g’ri tanlash;
  2. Xitoydan tovarlar bilan ishlashda biznes modelini to’g’ri tanlash;
  3. Foyda keltiradigan tovar tanlash;
  4. Yahshi natijaga erishish uchun qiyinchiliklar doim bo’lishiga tayyor turish va ularni yengib o’tish.

Alibaba Group Aliekspress bilan biznes

Siz avvalgi Aliexpress haqida. Aliekspressdan qanday xarid qilinadi? Aliekspressda tovar sotib olish — nomli maqolamiz orqali Aliexpress bilan yahshi tanishgan edingiz. Endi Xitoy bilan biznes, ya’ni Aliexpress bilan biznes qilishni o’rganamiz.Xitoy bilan biznes 4-rasm

Biznes bilan shug’illanmoqchiman, Xitoydan, Aliekspress Internet magazinidan ulgurji narxda tovar buyurtma qilib, uni O’zbekistonda qimmatroqqa sotmoqchiman. Shunday qilsa bo’ladimi? Men qayerdan tovar uchun sertifikat olishim mumkin… — degan gaplarni har kuni bo’lmasada, ko’p eshitaman.

Gap shundaki Xitoyning Aliekspress nomli Internet magazini (savdo rastasi) mavjud bo’lib, u yerda har qanday tovarni topish mumkin. Bu Internet do’kondan arzon narxda Xitoy maxsulotlarini ko’pchilik sotib oladi. Keyin bu maxsulotlarni yahshi reklama qilib, o’zimizda sotib yuborishga harakat qilishadi, masalan olx.uz sayti orqali. Bu niyatni amalga oshirish qanchalik haqiqatga yaqin? Bu Xitoy bilan biznes sanaladimi? Keling buni taxlil qilib ko’ramiz.

Aliekspress bilan biznes qilishni bir necha yo’li bor. Har bir yo’lni qanchalik real ekanini ko’rib chiqamiz.

Men ali-expressdan tovar buyurtma qilaman, keyin uni O’zbekistonda sotaman.

Aliekspressda biznes qilishni niyat qilgan odam hayoliga albatta shunday fikr keladi. Bir qarashda bu juda oson — Ali-expressda, Xitoydan tovar buyurtma qil va O’zbekistonda uni sot.

Xitoy bilan biznes Xalqaro pochtaBu sxema ish beradiganga o’xshaydi, lekin bir narsani unutmaslik kerak, xalqaro pochta jo’natmalaridagi posilka va tovarlaga qo’yiladigan limit bor va u anchagina katta (oyiga 1000 yevro / kishi boshiga), lekin bojxona qonun-qoidalari ko’ra: tovar faqat shaxsiy iste’mol uchun bo’lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda: o’zi va oilasi uchun buyurtma qilish mumkin, lekin sotish uchun mumkin emas.

Nima bo’lsa bo’ldi — deb tavakkal qilishingiz va aliekspressdan tovar zakaz qilishingiz mumkindir, u holda bu qanday biznes bo’ldiki, har gal tovar buyurtma qilayotib: tovarim bojxonadan o’tarmikan? Nega buncha narsani buyurtma qilganimni so’rashmasmikan — deb havotir olsangiz.

Bunday hayollar bilan uzoqqa boradigan va daromad olib keladigan Xitoy bilan biznes qurib bo’lmaydi, ozgina pul ishlab olish mumkin, lekin biznes emas. Agar Sizni bu uslub qoniqtirsa, u holda olg’a, lekin bir kuni bojxona albatta Sizning ko’plab sonli posilka’laringizga qiziqishi aniq.

Ko’pincha shunday savollar paydo bo’ladi: u xolda qanday qilib odnoklassniki, vkontakte va facebookdagi guruhlar raxbarlari tovarlarni olib-sotmoqdalar? Javobim quyidagicha: ular aliekspressdan tovar sotib olishga yordam berayotgan bo’lishlari mumkin — bu boshqa ish, tovarni olib-sotishayotgan bo’lsa — bu boshqa ish.

Birinchi xolatda — bu oddiy, pullik yoki tekin xizmat, ikkinchisi esa — noqonuniy, katta tavakkal bilan qilinadigan ish va buni maslaxat bermagan bo’lar edik.

Xitoy tovarlarini ali-expressdan zakaz qilib sotadigan magazin ochsam, qayerda va qanday qilib tovarlarim uchun sertifikat olsam bo’ladi?

Hech qayerda va hech qanday! Agar Siz aliekspressdan tovar oladigan bo’lsangiz, u uchun sertifikat olish degan narsani butunlay unuting. Xitoy sotuvchilari, xatto ishlab chiqaruvchilar ham, ko’pgina xollarda «sifat sertifikati» nima ekanligini bilmaydilar. Aliekspressda kichik sotuvchilar ishlashadi, ularning ko’pchiligi uchun ali-expressda tovar sotish — bu biznes emas, kichik daromad keltirib turadigan oddiy bir hobbi.

Ali-expressdagi ko’pchilik sotuvchilar quyidagi sxema bo’yicha ishlaydilar: zakazni olishgach, o’zlaridagi birorta arzonroq do’kon yoki fabrikadan zakaz qilingan maxsulotni sotib oladilar va sotib oluvchiga posilka jo’natishadi. Bu yerda qanday sertifikat haqida gap borishi mumkin?

Mayli tovar Ali-ekspressdagi, sertifikatga ega birorta yirik sotuvchidan xarid qilindi deylik. Bu O’zbekistondagi biznesmenga nima beradi? Sertifikat axir Xitoyniki va Xitoy qonun-qoidalariga asoslangan xolda berilgan va faqat Xitoy uchun mo’ljallangan bo’lsa.

Xitoy bilan biznes 2-rasmBizda tovar sotish uchun, o’z qonun va standartlarimizga asoslangan sertifikatga ega bo’lish kerak. Ali-expressdan kelgan tovar uchun xujjat olishni deyarli iloji yo’q. O’zbekistonga pochta jo’natmalar orqali tovar olib kelish va bu partiyani oldi-sotdi uchun yo’naltirish — bu qonunga xilof va tovaringizni konfiskatsiya qilishlariga yoki jarima to’lashga olib kelishi mumkin.

Agarda qandaydir tasodif bilan Siz zakaz qilgan tovarlar bojxonadan eson-omon o’tib ketsa ham, bizda bu arzimagan 10-15ta maxsulot uchun sifat sertifikati olish Sizga juda qimmatga tushishi mumkin va bundan hech qanday mantiq topib bo’lmaydi, hamda bunday sertifikatni shunchaki olib ham bo’lmaydi.

Aliekspressdan tovar zakaz qilayotib sifat sertifikatini butunlay esdan chiqarsangiz ham bo’ladi. Ular yo’q va bo’lishi ham mumkinmas!

O’zbekistonda Internet-do’kon ochmoqchiman, ko’p zakazlar olib ularni aliexpressdan buyurtma qilmoqchiman.

Bu ishingiz endi biznesga o’xshadi, bu xolatda bojxona qonun-qoidalarini buzmagan xolda ish yuritish mumkin (albatta tovarni o’z manzilingizga buyurtma qilmasangiz). Bu sxema qachonki sotuvchi (Siz) tovarni sotuvga qo’ysangiz, unga kimdir zakaz bersa va pulni to’lasa, Siz uni aliexpressdan buyurtma qilsangiz va yuboriladigan manzil sifatida xaridor manzili ko’rsatilsa — bu dropshipping deb ataladi.

Bunday sxema AQSHda o’ylab topilgan, anchadan buyon juda ko’plab sotuvchilar tomonidan usha dunyoga taniqli AQSHning eBay Internet do’konida ishlatilib kelinmoqda. Dropshipping — bu juda foydali va barcha uchun qulay.

Bunday tizimda ishlaydigan Internet-do’kon ochganingizdan keyin Sizda juda ko’p qulayliklar paydo bo’ladi, barcha tovarlarni ulgurji savdogar (ishlab chiqaruvchi) yuboradi, Siz esa katta partiyadagi tovarlarni xarid qilib, ularni omborda saqlashga, qadoqlash va uni kerakli manzilga jo’natishingizga xojat bo’lmaydi. Qiladigan ishingiz — faqatgina mijoz topish. Xaridor ham tovarni to’g’ridan to’g’ri ulgurji savdogardan oladi. Xitoy bilan biznes qilish oson.

Aliexpressga qaytamiz. Boshlang’ich biznesmenlar ko’pincha so’rashadi: mening mijozim tovar qayerdan va qancha narxga kelganini ko’rmaydimi? Javob quyidagicha: ko’rmaydi! Klient ko’radigan narsa — tovar Xitoydan yuborilgani bo’lishi mumkin. Aliekspress sotuvchilari hech qachon posilkaga invoys solishmaydi. Invoys — bu magazin nomi, tovar haqida ma’lumot, soni, narxi, dostavka narxi va xaridning to’liq narxi.

Aytgancha, Amerika va Yevropa Internet magazinlari doim posilka ichiga invoys soladilar. Ali-ekspress sotuvchilari hech qachon bunday qilmaydilar.

Demak, bu usul orqali pul topsa bo’ladi, eng muximi, Aliekspressda sifatli va arzon narxda maxsulot sotadigan, yahshi qadoqlaydigan va tez yuboradigan ishonchli sotuvchilarni topish. Agarda Siz har gal har xil sotuvchidan tovar zakaz qilsangiz, Siz oladigan daromaddan, muammolaringiz ko’proq bo’ladi va Xitoy bilan biznes Sizga bosh og’riq olib kelishi mumkin.

Har gal maxsulot buyurtma qilayotganimda, tovarni yetkazish uchun boshqa pochta adresi va boshqa odam nomini ko’rsatishim mumkinmi?

Ha, mumkin! Aliekspress barcha xaridorlariga bu imkoniyatni beradi va ushbu gaplarni aytadi ham: yangi-yangi mijozlarni toping, zakaz qiling, biz esa Siz istagan adresga tovarni yuboramiz. Aliekspress xaridorni, tovarni yetkazish uchun adreslariga chegara qo’ymaydi, har bir zakaz vaqti yangi adres va yangi mijoz nomi yozilishi mumkin.

Ali-expressdan xarid qilishda yordam ko’rsatish

Xitoy bilan biznes 3-rasmAli-ekspress orqali pul ishlashning yana bir usuli bor — bu qandaydir sabablarga ko’ra Aliekpressdan zakaz qilishga qo’rqadigan yoki zakaz qila olmaydigan odamlarga yordam berish. Bu qanchalik g’alati ko’rinmasin, lekin bunday odamlar oramizda bor va bunday odamlarga yordam beradigan gruppalar soniga qaraganda, bunday odamlar juda ham ko’p.

Bundan daromad olish sxemasi juda oddiy: Siz odnoklassnikida (facebook, vkontake) guruh ochasiz yoki shunga o’xshash birorta saytda ali-expressdan xarid qilmoqchi bo’lganlarga yordam berishingizni aytasiz. Eng yahshi usul, qarindosh, qo’ni-qo’shni va boshqa tanishlarga yordam berib, aliexpressni reklama qilib, o’zingizga kelgan tovarlarni ko’rsatib va boshqa usullarni qo’llab yordam bersangiz bo’ladi. Odamlar Sizga xarid qilmoqchi bo’lgan tovarini ssilkasini beradi va zakaz uchun pullarni Sizga beradi, hamda Sizning daromadingizni ham ( bu odatda tovarning 10-15 foizi narxi bo’ladi). Masalan, tovar $100 bo’lsa u odam Sizga $115 berishi kerak (15% Sizni foyda). Siz esa qo’rqmasdan tovarni zakaz qilasiz va uni mijozni adresiga jo’natasiz. Xitoy bilan biznes — hammasi oddiy!

Siz hech qanday qonunni buzmayabsiz, o’zingizdan bir so’m ham tikmayabsiz, Sizga tovar uchun hech qanday sertifikat ham kerak emas, chunki Siz hech narsa sotmayabsiz, shunchaki bir odamga yordam bermoqdasiz. Bu usulning birgina yomon tarafi (ko’pchilik aynan shuning uchun bu usulni uncha yoqtirishmaydi), o’z Internet magazini orqali sotgan kabi narxni istagancha belgilay olmaysiz, xizmat haqqingiz uncha baland bo’lmaydi, maksimum, o’n besh foizlar bo’lishi mumkin. Agar foizingiz juda baland bo’lsa, Siz bilan hech kim ishlamaydi.

Xizmat haqqidan tashqari, yana foyda olish uchun ali-expressdagi sotuvchidan skidka (chegirma) so’rash mumkin.

Aliexpress orqali pul ishlashni yana bir varianti bu — keshbek tizimida ro’yxatdan o’tish va har bir buyurtma qilingan maxsulotdan yetti foiz pulni bonus sifatida qaytarib olish. Bu haqida va bu yerdagi Sizga tushunarsiz bo’lgan barcha usullar haqida keyingi maqolalarimizda batafsil yozamiz.

Oxirgi gapimiz shuki, hammasi juda oddiy ko’ringani bilan, aliekspressda Xitoy bilan biznes u darajada oddiy emas va noto’g’ri yondashish tufayli boshlang’ich biznesmenlar nafaqat daromad quruq qolishlari, balki bir qancha muammolarga duch kelishlari mumkin.

Agarda Siz sabr bilan Xitoy va Xitoyning ali-express nomli Internet magazini bilan ishlash asoslarini tushunib olsangiz, u holda Siz yahshigina daromad olsangiz bo’ladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
6 Izoxlar
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
6
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x